Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
O`zbekiston Respublikasining
Download 184.06 Kb.
|
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
O`zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari.
O`zbekiston – BMT munosabatlari. Davlatlar va millatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni tinch yo`l – muzokaralar orqali hal etishda eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning o`rni kattadir. O`zR o`zining xohish-irodasi va taklifiga ko`ra 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O`zbekiston BMT Nizomini, xalqaro huquqiy meyorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to`la teng huquqli a‘zosi bo`ldi. 1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. Prezident I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil sentabrda bo`lgan 48- sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma‘ruzasi O`zbekistonni jahonga ko`hna va navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O`zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo`yicha bir qator takliflarni o`rtaga qo`ydi. O`zbekiston Respublikasi va BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMTning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo`yicha oliy qo`mita komissari, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg`armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, Bolalar jamg`armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo`ldi. 1993-1997 yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O`zbekistonda ko`plab xalqaro tadbirlar o`tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bo`yicha oliy qo`mitasi komissarining vakili tojik qochoqlarni yurtiga qaytarish, ularga BMTning insonparvarlik yordamini yetkazish bo`yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi. 1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo`lgan jahon sayyohlik tashkilotining «Ipak yo`li» xalqaro yig`ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O`zbekistonning mavqeini yanada ko`tardi. 1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar-kengash bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, o`zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo`llari muhokama etildi. O`zbekiston o`zining BMT ishidagi ishtirokini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va tinchlikni ta‘minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e‘tiborini qaratish imkoniyati deb biladi. O`zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag`ishlangan seminar-kengash bo`lib o`tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta‘minlash, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan takliflarini aytdilar. O`zbekiston BMTning 50 yilligiga bag`ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995 yil 22-24 oktabrda bo`lgan yubiley sessiyasida qatnashib nutq so`zladi. Prezident o`z nutqida bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta‘minlash yo`li bilangina jahon xavfsizligini ta‘minlash mumkinligi alohida ta‘kidlandi. Afg`onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash to`g`risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog`liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish, BMTning tashkilotchilik ishini faollashtirish to`g`risida bir qator takliflar ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma‘qulladilar va muammolarni hal qilishga ko`maklashdilar. 1997 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan O`rta Osiyo va Qozog`iston davlatlari Tashqi ishlari vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Unda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a‘zolari, barcha davlatlar Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish tashabbusini qo`llab- quvvatlashga va uni barpo etishga ko`maklashishga chaqirildi. 2006-yilda ushbu masala bo‗yicha shartnoma imzoladilar. 2009-yilning mart oyidan boshlab mazkur shartnoma kuchga kirdi. Bu mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlashning eng kafolatli yo`llaridan biri edi. O‘zbekistonning BMTga yo‗llagan afg`on muammosini tinch yo‗l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMT homiyligida „6+2― guruhi tashkil etildi. O‘zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo‗ldi. 1999 yilning 19-20 iyul kunlarida Toshkentda BMT homiyligida Afg`oniston bo`yicha «6+2» guruhining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda guruhga a‘zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari o`rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalari, BMT Bosh kotibining Afg`oniston bo`yicha maxsus elchisi Laxdar Braximiy ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg`onistondagi mojaroni hal etishning asosiy tamoyillari to`g`risida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. 2000-yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo‗lib o‗tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‗yicha maxsus qo‗mitasi ta‘sis etildi. 2000 yilning 8 sentabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida qatnashdi. 150 dan ko`proq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan ushbu sessiyada I.A.Karimov nutq so`zladi. Tashrif davomida Islom Karimov Nyu-Yorkda bir qator uchrashuvlar o`tkazdi. 2002 yilning 18-20 oktabr kunlari BMTning bosh kotibi Kofi Annanning yurtimizda bo`lishi O`zbekistonning bu tashkilotga a‘zo bo`lgandan keyingi va Prezidentimiz I.Karimovning BMT minbaridan so`zlagan nutqidan keyingi eng e‘tiborli voqealardan biri bo`ldi. 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‗rni mustahkamlanib, obro‗-e‘tibori ortib borayotganining dalilidir. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 2010-yil 22-sentabrda BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisida so‗zlagan nutqida Afg`onistonda tinchlik o‗rnatish bo‗yicha ilgari tanlangan yo‘l kutilgan natijani bermaganligini ta‘kidladi. O‘zbekiston tomonidan 2008-yilda taklif etilgan BMT shofeligida 6+3 muloqot guruhini tuzishini taklif etdi. Bu tashabbusning mohiyati shundaki, afg`onistonliklar o‗z mamlakati muammolarini o‗z manfaatlari, an‘analari, urf-odatlaridan kelib chiqqan holda Afg`onistonga chegaradosh 6 mamlakat + AQSH, Rossiya va NATO ko‗magida o‗zlari hal etishlari zarurligi ta‘kidlandi. O`zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik sohasida o`z an‘analariga doimo sodiq bo`lib, bu yo`ldan hech qachon og`ishmasdan ilgari bormoqda. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o`rtasida o`zaro hurmat, do`stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e‘tibor qaratilgan. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko`z qorachig`idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk bor 2017 yil 12 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qildi. Prezidentimiz nutqi xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olini. Xususan, SH.Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari o`tkazishni yo`lga qo`yish, BMTning «Ma‘rifat va diniy bag`rikenglrik» maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari bo`yicha konvensiyasini ishlab chiqish, Orolbo`yi muammosiga e‘tiborni oshirish va Afg`oniston muammosini hal etish kabi masalalarga oid 5 ta takliflarni ilgari surdi. 2020 yilga kelib bu takliflardan 4 tasi amalga oshdi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam o`tkazilmoqda. 2018 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi «Ma‘rifat va diniy bag`rikenglik» maxsus rezolyusiyasini tasdiqladi, shu yili Orolbo`yi mintaqasida insonlar xavfsizligi bo`yicha ko`p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boshladi. Ayni paytda BMTning Yoshlar huquqlari bo`yicha konvensiyasi loyihasi bo`yicha ishlar davom etmoqda, shu maqsadda inson huquqlari bo`yicha 2020 yil avgust oyida ―Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari mavzuida Samarqand forumi o`tkazildi. 2018 yil martida Toshkentda Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya tashkil etilib, uning yakunida deklaratsiya qabul qilindi. O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etdi. Jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli sessiya BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida o`tkazildi. Davlatimiz rahbari BMTda oliy minbaridagi 2-marotaba chiqishida mustaqil O`zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – o`zbek tilida nutq so`zladi. Mamlakatimiz rahbari SH.Mirziyoyev o`z nutqida mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta‘minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o`zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag`allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ularning eng muhimlari quyidagi takliflardan iborat bo`ldi: -BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari Download 184.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling