Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T


Download 184.06 Kb.
bet3/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O`zbekiston, 1997. B. 167,325), globallashuv davrida har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog`liq ekanligi, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini yaxshi anglagan holda ish tutdi (Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat yengilmas kuch. -T.: Ma‟naviyat, 2008. B.111.).
O`zbekiston bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik tamoyiliga amal qildi. O`zi ilgari surgan ilk xalqaro tashabbuslardayoq O`zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta‘minlashga va shu orqali global barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo`shish yo`lidan borishi aniq namoyon bo`ldi. Xususan, O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish va shu orqali jahonda tinchlik va barqarorlikni ta‘minlashga qaratilgan muhim tashabbuslari qatorida BMT Bosh assambleyasining minbaridan turib, (1993 yil 28 sentabr) Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tuzish g`oyasini aytib o`tish o`rinlidir. Ushbu tashabbusni amalga oshirish bo`yicha olib borilgan xalqaro muzokaralar, tinimsiz say-harakatlar natijasida 2009 yili 21 martda mintaqadagi beshta davlat tomonidan imzolangan "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tuzish to`g`risidagi shartnoma kuchga kirdi. Bu xalqaro hujjatga binoan, mintaqa davlatlari yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik va uni o`z hududida joylashtirmaslik majburiyatini zimmalariga oldilar. Mazkur shartnomaning o`ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u Markaziy Osiyodagi beshta davlatni bir-biriga bog`lab turuvchi xavfsizlik sohasidagi eng birinchi va shu kungacha yagona fundamental shartnomadir.
Mintaqada barqarorlik va tinchlikni saqlashga yo`naltirilgan eng muhim tashabbuslardan biri sifatida Islom Karimovning qo`shni Afg`onistondagi qurolli mojaroga chek qo`yish, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga xavf solayotgan terrorizm va aqidaparastlik, noqonuniy qurol va giyohvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurashish bilan bog`liq ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy masalalarni qamrab olgan qator amaliy takliflar majmuasini aytib o`tish mumkin (Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. 4-j. -T.: O`zbekiston. 1996. B. 30-38.).
Jumladan, 1997 yili Prezident Islom Karimov Afg`oniston bilan qo`shni olti mamlakat, shuningdek, AQSH va Rossiya davlatlari ishtrokida BMT shafeligi ostida afg`on muammosini
muzokaralar yo`li bilan yechishga qaratilgan "6+2" muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida qator siyosiy-diplomatik chora-tadbirlar ko`rildi. Toshkent, Nyu-York va Afg`oniston hududida mazkur mamlakatda davom etayotgan qurolli to`qnashuvlarning ishtirokchilari bilan maxsus muzokaralar olib borildi va 1999 yilga kelib, O`zbekistonda BMT shafeligida "6+2" muloqot guruhining Afg`oniston muammosi yechimiga bag`ishlangan xalqaro anjumanini o`tkazishga erishildi. Toshkent shahrida bo`lib o`tgan ushbu tadbirda birinchi bor Afg`onistonda o`zaro nifoqlashayotgan kuchlar vakillarini umumiy muzokaralar davrasida jamlashga muvaffaq bo`lindi. Bu o`zbek diplomatiyasining tarixiy yutuqlaridan biri edi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mazkur yig`ilishda qabul qilingan "Afg`onistondagi ziddiyatni tinch yo`l bilan hal etilishining asosiy tamoyillari" to`g`risidagi Toshkent deklaratsiyasi BMTning muhim hujjati sifatida e‘tirof etilgan.
Mustaqillikning ilk davridanoq davlatimiz rahbariyati Afg`onistonda yig`ilib qolgan muammolarga o`z vaqtida e‘tibor qaratilmasa, tegishli xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, mazkur mamlakatda yuz berayotgan qonli voqealar avj olishi, oxir-oqibatda, nafaqat qo`shni davlatlarga, balki, xalqaro barqarorlikni ta‘minlashga ham salbiy ta‘sir ko`rsatishi haqida ogohlantirib keldi. Jahon hamjamiyatini afg`on muammosini hal etishga chorlovchi chaqiriqlar BMT Bosh assambleyasi majlisi minbaridan turib aytilgan paytlarda, "bu muammo O`zbekiston uchun juda dolzarbdir, lekin biz uchun juda yiroqda" degan fikrda befarq o`tirgan siyosatdonlar qattiq yanglishdilar. Terrorchi kuchlar tomonidan 2001 yil 11 sentabrda aynan BMT qarorgohi joylashgan Nyu-York shahrini larzaga solgan dahshatli terroristik tajovuz natijasida minglab kishilarning qurbon bo`lishigina ularni uyg`ota oldi.
Ushbu voqeadan keyin Afg`onistonda harbiy operatsiyalarni boshqarayotgan NATOning 2008 yil 2 aprelda Buxarestda o`tkazilgan yalpi yig`ilishida Prezident I.A.Karimov "afg`on muammosi"ni faqat harbiy kuch ishlatish yo`li bilan bartaraf etib bo`lmasligi, bu zaminda tinchlik va xotirjamlikka asosan muloqot yo`li bilan erishish mumkinligini ta‘kidladi. O`z paytida ijobiy natija bergan "6+2" muloqot guruhini "6+3" shaklida, yani mavjud voqelikni inobatga olib, ushbu guruh tarkibiga Afg`onistondagi vaziyatga bevosiga aloqador bo`lgan NATOni qo`shgan holda qaytadan ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi.
Eng muhimi, O`zbekiston o`zining taklif va g`oyalarini amaliy ishlar bilan mustahkamlab bordi. Chunonchi, mamlakatimiz Afg`onistonda yo`llar, temir yo`llar, ko`priklar qurilishida faol ishtirok etdi. Afg`oniston tarixida eng birinchi zamonaviy temir yo`l aynan O`zbekiston tomonidan "Termiz-Hayraton-Mozori-Sharif" yo`nalishida qurib bitkazildi va 2010 yili ishga tushirildi. Qo`shni mamlakat poytaxti Qobul shahrini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta‘minlay boshlagan mamlakat ham aynan O`zbekiston bo`ldi. Hozirgi kunda ham O`zbekiston mazkur qo`shni mamlakat iqtisodiy infrastrukturasini rivojlantirishga katta hissa qo`shib kelmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarda o`zaro foydali savdo-sotiq aloqalarini ravnaq toptirish, siyosat borasida ichki ishlarga aralashmaslik, yaxshi qo`shnichilik an‘analariga sodiq qolish yo`lidan bormoqda.
2018 yilning mart oyida Afg`oniston bo`yicha o`tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy Afg`oniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman bo`lganini ta‘kidlash lozim.
Konferensiya yakuni bo`yicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining yakdil pozitsiyasi ifoda etilgan ―Toshkent deklaratsiyasi Afg`onistonda tinchlik o`rnatish bo`yicha o`ziga xos Dastur bo`ldi.
Ma‘lumki, Afg`onistondagi vaziyatni barqaror etishning muhim sharti – mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklashdan iborat.
Bu borada biz Afg`onistonda transport va logistika, energetika, savdo va ta‘lim sohalarida yirik qo`shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdik.
O`zbekiston tomonidan qurilayotgan Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasi, Termiz
shahrida afg`on fuqarolarini o`qitish uchun ochilgan Ta‘lim markazi, bojxona terminaliga ham
ega bo`lgan ―Termiz-kargo logistika markazi, Mozori Sharif-Hirot va Mozori Sharif-Kobul-
Peshavor temir yo`l liniyasi loyihalari ishlab chiqilayotgani shundan dalolat beradi.
O`zbekiston rahbariyatining butun Markaziy Osiyo taqdirini hal qila oladigan darajada o`ta keskin, o`ta tahlikali vaziyatlarda ham vazminlik bilan eng maqbul qarorlar qabul qilishga qodirligini amalda tasdiqlagan yana bir mashaqqatli sinov 2010 yili 10 iyun kuni Qirg`iziston janubida yuz bergan xunrezlik va fojiali voqealar bo`ldi.
O`sha yilning 11-14 iyun kunlari qo`shni Qirg`izistonning O`sh va Jalolobod viloyatlarida o`zbek millatiga mansub fuqarolarga qarshi xunrezliklar mintaqamizda misli ko`rilmagan gumanitar halokat yuz berishiga olib keldi. Qirg`izistonning qariyb yarim million aholisi halokatli qirg`inbarotdan qutulish ilinjida o`z uy-joylarini tashlab, boshqa hududlarga qochib o`tishga majbur bo`ldi. Yuz mingdan ko`proq o`zbek millatiga mansub kishilar najot izlab O`zbekiston chegarasida to`plandi. Ularni qutqarish uchun chegarani ochishga va Andijon viloyatida qochqinlar uchun zaruriy shart-sharoitlarni zudlik bilan yaratishga to`g`ri keldi.
Chegara hududi va O`zbekistonning ichkarisida, ayniqsa, qirg`iz va o`zbek millatiga mansub aholi yonma-yon istiqomat qiladigan joylarda osoyishtalikni saqlash, mamlakatimizda kutilmaganda paydo bo`lgan yuz mingdan ortiq qochqinlar, bolalar, xotin-qizlar, qariyalarni vaqtinchalik yashash joylari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, tibbiy yordam va boshqa zaruriy narsalar bilan ta‘minlash maqsadida katta kuch, mehnat va resurslar safarbar etildi.
O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan telefon orqali muloqotida mazkur tashkilotni Qirg`iziston janubida sodir etilayotgan xunrezliklarni to`xtatish, vaziyatni o`nglash, jabrdiydalarga zudlik bilan yordam ko`rsatishga da‘vat etdi. Shu bilan birga, tomonlar o`rtasida yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan tinch yo`l bilan chiqish yo`llari, avvalo, Qirg`izistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
O`zbekiston rahbariyati xunrezlik va zo`ravonliklarni jazosiz qoldirmaslikka, bu musibat bo`yicha mustaqil xalqaro tekshiruv o`tkazish, ushbu qonli vahshiyliklarning barcha buyurtmachilari, tashkilotchilari va ijrochilarini jinoiy javobgarlikka tortishda BMT boshchiligida xalqaro hamjamiyat amaliy ishlarni bajarishi lozimligini ta‘kidladi. O`zbekiston rahbariyati qabih niyatda tashkil etilgan ushbu voqealarning yanada rivojlanishiga, shafqatsiz zo`ravonlikning avj olib, millatlararo nizodan davlatlararo mojaroga aylanishiga yo`l qo`ymaslik, tomonlar orasida o`zaro qahru-g`azabni jilovlash, ekstremizmning shiddatli tus olishining oldini olishda tezkor va keng qamrovli choralar ko`rdi. "Faqat aql-idrok, oddiy haqiqatni, ya‘ni ushbu zaminda ko`p asrlar davomida o`zbeklar va qirg`izlar yonma-yon yashab kelgani va bundan buyon ham ularning farzandlari hamda avlodlari ko`p asrlar mobaynida birga yashashini teran anglash bizga va xalqimizga mazkur fojianing Markaziy Osiyoda qarama- qarshiliklarning yangi, keng ko`lamli o`chog`iga aylanib ketishining oldini olishda muhim omil bo`ldi", deb ta‘kidlagan edi Prezident Islom Karimov.
O`zbekiston rahbari aytib o`tganidek, o`sha kunlari qirg`izlarning o`zi ham, Qirg`iziston janubida yashayotgan ko`p sonli o`zbeklar ham uchinchi kuchlar tomonidan puxta o`ylangan va uyushtirilgan aksiyaning qurboniga aylandi, deyish uchun bugun barcha asoslar bor. Qabih niyatda amalga oshirilgan bu to`qnashuvdan maqsad mamlakatda nafaqat tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish, balki O`zbekistonni ushbu vahshiyona xunrezlikka tortish, pirovard natijada, millatlararo qarama-qarshilikni ikki qo`shni mamlakat Qirg`iziston hamda O`zbekiston o`rtasidagi davlatlararo qarama-qarshilikka aylantirishdan iborat edi (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: O`zbekiston. 2011. B. 13-14.).
O`zbekiston o`zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, ushbu mintaqani barqaror taraqqiyot hududiga aylantirishga yo`naltirilgan boshqa qator tashabbuslarni ham ilgari surib, mintaqaviy masalalardan tortib, Yer shari va insoniyat taqdiriga daxldor bo`lgan ulkan vazifalarni ham jahon hamjamiyati e‘tiboriga havola etmoqda. Orolbo`yi hududidagi ekologik fojia oqibatlarini bartaraf etish, mintaqadagi transchegaraviy suv zahiralaridan oqilona foydalanish, O`rta Osiyo Fors ko`rfazi transport koridorini yaratishga
qaratilgan taklif va tashabbuslar shular jumlasidan.
Tajriba shuni ko`rsatadiki, mavjud muammolarni hal etishda asosiy rolni mintaqa davlatlarining o`zlari o`ynashlari darkor. Bu g`oya 2012 yil 10 sentabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining "Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi"da rasman e‘lon qilingan (O`zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi // "Xalq so`zi" gazetasi, 2012 yil 7 avgust.).
Ushbu Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e‘tibor qaratilgan va "O`zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog`liq" ekanligi rasman e‘tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo o`zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xom ashyo resurslarining ulkan zahiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e‘tibor obyektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari to`qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta‘kidlangan. Yirik davlatlar Markaziy Osiyo davlatlarining o`z rivojlanish modeli va siyosiy yo`lini belgilashiga ta‘sir o`tkazishga urinayotgani, mintaqada o`z maqsadlarinigina ko`zlayotgan tashqi kuchlarning o`zaro raqobati kuchayib borayotgani ko`rsatilgan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari tomonidan mintaqada olib borilayotgan o`zaro geosiyosiy raqobat inobatga olinib, "Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi davlatlarning o`zlari tomonidan yechilmog`i zarur", degan fikr bayon etilgan.
Konsepsiyada xavfsizlikka rahna solayotgan an‘anaviy va noan‘anaviy tahdidlarning turlari kengayib borayotgani, mamlakatimiz chegaralari yaqinida keskinlik va tanglik o`choqlarining saqlanib qolayotgani e‘tirof etilgan. Shu munosabat bilan ushbu hujjatda bayon etiladiki, O`zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o`zida saqlab qoladi. Konsepsiyada birinchi bor quyidagi muhim qoidalar muhrlab qo`yildi: "O`zbekiston o`zini qo`shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish maqsadida tegishli choralarni ko`radi; o`z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo`l qo`ymaydi; O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi".
O`zbekiston xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik yo`lidan borib, xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yo`li bilan hal etishga qat‘iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari o`rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-g`ayrat sarflashni o`z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Mudofaa doktrinasiga binoan, O`zbekiston jahondagi birorta ham davlatni o`zining dushmani deb hisoblamaydi, o`z harbiy qo`shinlarini faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirish, ayni vaqtda, o`z fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini o`z zimmasiga oladi, o`zini o`zi mudofaa qilishdek muhim hayotiy huquqini amalga oshiradi, davlatning harbiy qudrati va mudofaa qobiliyati oqilona zarurat darajasida bo`lishini ta‘minlaydi, xorijiy davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirib boradi.
Bunday oqilona siyosat butun dunyoda qurolli mojarolar borayotgan bugungi davrda umumbashariy tinchlikni saqlash yo`lida milliy darajada tashlangan muhim qadamlardan biri bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Yana shuni ham ta‘kidlash kerakki, hozirgi zamonda dunyo hamjamiyatiga izchil integratsiyalashuvni ta‘minlashda, eng avvalo, harbiy kuch emas, balki oqilona siyosat va diplomatiya, aql-idrok, fikr-mulohaza hamda izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiy salohiyat xal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Tashqi savdo va iqtisodiy aloqalar. Jahon tarixidan ma‟lumki, globallashuv davrida mustaqil taraqqiyot yo`liga kirgan hech bir mamlakat o`z qobig„iga o`ralgan, xalqaro hamjamiyatdan ajralgan holda rivojlana olmaydi. O`zbekiston ham bundan mustasno emas, Prezident Islom Karimov "Iqtisodiyotimizning kelajagi uning jahon xo`jaligiga qo`shilishiga bog„liq", deb ta‟kidlagan edi (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-
j. -T.: O`zbekiston, 1996. B. 248.). Bunga erishishning muhim shartlaridan biri sobiq mustabid tuzumdan qolgan yopiq, ma‟muriy buyruqbozlik asosida ishlaydigan iqtisodiyotni ochiq, bozor munosabatlari negizida rivojlana oladigan butunlay yangicha

Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling