Reja: O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g’risida»gi qonuni
O‘lchov vositalarining tekshiruvi va kalibrovkasi
Download 301,71 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasodifiy xatolik
O‘lchov vositalarining tekshiruvi va kalibrovkasi.
Tekshirishdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslarning akkredasiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish xuquqi berilishi mumkin. O‘lchov vositalarini kalibrlash xuquqi yuridik shaxslarning akkredasiya qilingan metrologiya xizmatlariga, akkredasiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga) berilishi mumkin. Olingan natijalarimizda doimo qandaydir xatolik mavjud bo‘ladi. O‘lchov xatoliklari ularning kelib chiqishi va xarakteriga ko‘ra doimiy va tasodifiy xatoliklarga bo‘linadi. Doimiy xatolik deb o‘zgarmas bo‘lib qoluvchi xatolikka yoki takroriy o‘lchanganda ma’lum qonuniyat bo‘yicha o‘zgarib boruvchi xatolikka aytiladi. Masalan, sotuv do‘konlarida qandaydir xatolika ega bo‘lgan toshlar ishlatiladi. Bu xatolikni uni tekshiruvdan o‘tkazayotganimizda topishimiz mumkin. Lekin, ko‘p mahsulotlarni tortishda bu xatolikka tuzatishlar kiritilmaydi. Demak, doimiy xatolik ro‘y berilishiga ruxsat etilar ekan. Kelib chiqish sababi turlicha bo‘lgan doimiy xatoliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ‐ uskunaviy xatolik; ‐ o‘lchov qurilmasini noto‘g‘ri o‘rnatilgandagi xatolik; ‐ tashqi ta’sir natijasida yuzaga keladigan xatolik; ‐ o‘lchov usulining xatoligi; ‐ sub’ektiv xatolik. Tasodifiy xatolik deb bir xil kattalikning takroriy o‘lchovlarda tasodifiy ravishda o‘zgaradigan xatolikka aytiladi. Tasodifiy xatolik ham doimiy xatolik kabi natijalardan chiqarib bo‘lmaydi. Tasodifiy xatolikni o‘lchov natijalariga ta’sirini ko‘rilayotganda asosiy maqsad alohida kuzatuvlar natijasi xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Agar o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatini «a» orali ifodalasak, quyidagicha tenglikni yozishimiz mumkin: ∆, = Xi - a bunda, Xi - « i » dagi kuzatuv natijasi; ∆, - tasodifiy xatolik. Download 301,71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling