Reja: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi


Download 133.92 Kb.
bet5/18
Sana27.03.2023
Hajmi133.92 Kb.
#1300107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1. Mavzu. O’zbekiston Respuublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha

5. Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta'limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo.etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o'quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag'batlantiradi, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste'molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo'lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o'zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o'z talablarini qo'ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo'lida uzluksiz ta'lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.

  1. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o'zbek xalqining milliy turmush tarzi va ma'naviy-axloqiy an'analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «ma'rifatli inson» tushunchasi qo'llanilib kelingan bo'lib, u o'zida keng ma'noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma'rifatli bo'lish o'zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o'rin tutuvchi omil sanaladi. Ma'rifatlilik — faqatgina bilim va malakaga ega bo'lish emas, ayni vaqtda chuqur ma'naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo'ladi.
Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o'zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog'lanib ketgan.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida o'ziga xos, takrorlanmas, tarixiy an'analarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga to'la javob bera oiadigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Har qanday faoliyat, ayniqsa, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lsa, aniq belgilangan maqsad asosida amalga oshiriladi. SHu bilan birga faoliyat o’zida ustuvor tamoyillarni ham ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati ham muhim, ahamiyatli tamoyillarga asoslanadi. Respublikaning ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilar: (“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.)

  • ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;

  • o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo`nalishini: akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish;

  • ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.

Davlat siyosatining ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi.


  1. Download 133.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling