Reja: O‘zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati fanini o‘qitishning dolzarb masalalari. Media va axborot savodxonligi (mas)tushunchasining mohiyati masning asosiy afzalliklari. Tayanch tushunchalar


Download 53.62 Kb.
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi53.62 Kb.
#1024900
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Media 1 mavzu

1-mavzu: Media va axborot savodxonligi - raqamlashuv davrining asosiy talabi


Reja:

  1. O‘zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati

fanini o‘qitishning dolzarb masalalari.

  1. Media va axborot savodxonligi (MAS)tushunchasining mohiyati

  2. MASning asosiy afzalliklari.

Tayanch tushunchalar: Media, axborot, madaniyat, demokratiya, jahon axboroti, OAV, Gryunvald deklaratsiyasi
O‘zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati fanini o‘qitishning dolzarb masalalari.
O‘zbekiston jahon axborot makoniga shiddat bilan integratsiyalashmoqda.
Mamlakat fuqarolari bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan to‘plangan
ma’lumot va axborotlarni cheksiz ravishda olish imkoniyatiga ega. Biz oladigan va
foydalanadigan axborotning sifati bizning hayotiy tanlovimizga, ijtimoiysiyosiy faoliyatimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugun axborot muhitidagi
islohotlar, matbuot bilan hamkorlik “munosabatlarining ustuvor jihatlarini
to‘g‘ri belgilash”ga va ommaviy axborot vositalari (OAV) “faoliyati ustidan
nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmlari, axborot manbalarining yopiqligini,
shuningdek, tahririyatlarga hokimiyat organlari va ma’muriy tuzilmalar
tomonidan bo‘layotgan ma’lum darajadagi bosimlarni bartaraf qilish”ga
qaratilgan. Shu o‘rinda parlament tomonidan “ijro hokimiyati organlari
faoliyatining, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, davlatning ichki
hamda tashqi siyosatining ochiqligi va oshkoraligi”ni ta’minlaydigan bir qator
qonunlarni qabul qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2014-yil 5-may
kuni respublikamizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun milliy axborot
makonining yanada shaffof bo‘lishiga, uning kengayishiga hamda global axborot
makonida O‘zbekiston imijining, milliy kontent mazmuni, shakli va
usullarining boyishiga xizmat qilishi shubhasiz.
So‘nggi yigirma yil davomidagi texnika va texnologiyalar taraqqiyoti OAV,
axborot manbalari va axborot etkazib beruvchilari (kutubxonalar, arxivlar,
Internet va b.) faoliyatining beqiyos kengayishiga olib kelib, fuqarolarga uning
ulkan hajmidan foydalanish va almashinish imkonini yaratdi. Pirovard natijada,
fuqarolar ushbu axborotning ishonchli ekanligini baholash, o‘z fikrini erkin
aytish borasidagi huquqlarini to‘laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega
bo‘lmoqda. Shuning uchun ham kun tartibiga fuqarolarning media va axborot
savodxonligi(MAS)ni ta’minlashdek dolzarb masala ko‘ndalang qo‘yilmoqda.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida ko‘rsatilishicha,
“Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqiga ega; ushbu
huquq o‘z e’tiqodiga to‘siqsiz tarzda sodiq bo‘lish hamda axborot va g‘oyalarni har
qanday vositalar bilan har qanday davlat chegaralaridan qat’iy nazar izlash, olish
va tarqatish erkinligini o‘zida mujassam etadi”. Mazkur huquqning amalga oshishi
mediata’lim bo‘yicha 1982-yilda qabul qilingan Gryunvald deklaratsiyasi bilan
ham belgilanadi. Unda siyosiy va ta’lim tizimlari fuqarolarda kommunikatsiya
fenomeni tushunchasini rivojlantirishda va ularning OAV va (an’anaviy va yangi)
kommunikatsiyalarda ishtirok etishini rag‘batlantirish ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur
holat 2005-yilda qabul qilingan Aleksandriya deklaratsiyasida o‘z rivojini topib,
unda media va axborot savodxonligi insonning butun hayoti davomida oladigan
ta’lim asosi sifatida belgilab berilgan. Deklaratsiya axborotni samarali
ravishda izlash, baholash, undan foydalanish va barcha sohalarda shaxsiy,
ijtimoiy, kasbiy va ta’lim maqsadlariga erishish uchun uni yaratish
imkoniyatlarini taqdim etishda MASning ahamiyatini ifoda etadi. MAS raqamli
axborot va raqamli texnologiyalar dunyosida barcha xalqlarning ijtimoiy
faolligini oshirishga undovchi insonning asosiy huquqlaridan biridir.
Media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar va Internet)
butun dunyoda mavjud axborotning to‘laligidan kelib chiqqan holda insonlarga
qaror qabul qilishga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, ular jamiyat o‘zi haqidagi
haqiqatni bilishi, aholi bilan bo‘ladigan muloqotni qo‘llab-qo‘vvatlovchi va shu
orqali u bilan birlashgan holda maqsad sari borishi mumkin bo‘lgan vositadir.
MAS insonning raqamlashtirilgan axborot va raqamli texnologiyalar olamidagi,
barcha xalqlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ko‘mak beruvchi olamdagi
bazaviy huquqi hamdir.
Media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar va Internet)
barcha mintaqalarda axborot to‘laqonligini nazarda tutgan holda insonlar qaror
qabul qilishida muhim vosita sifatida tan olingan. Bundan tashqari, ular
hokimiyat o‘z faoliyati xususidagi haqiqatni bilishida, aholi bilan muloqotni
qo‘llab-quvvatlashida va bu orqali belgilangan maqsadlar tomon borishida kuchli
vosita rolini o‘ynaydi.
Ommaviy kommunikatsiya va axborot kanallari insonning hayoti davomida
bilim olishga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham nafaqat bo‘lajak
jurnalistlar, balki barcha fuqarolar ham media va boshqa axborot xizmatlari
(kutubxonalar, arxivlar, Internet va boshq.) qay tarzda ishlashi va ularni qay
tarzda to‘g‘ri baholash lozimligini bilishi zarur. Media va axborot
savodxonligining vazifasi esa aynan ushbu bilimlarni foydalanuvchilarga
etkazib berishdan iboratdir.
Media va axborot savodxonligi o‘zida quyidagi asosiy tushunchalarni qamrab
oladi: (a) demokratiya an’analarida rivojlanayotgan jamiyatda media,
kutubxona, arxiv va boshqa axborot xizmatlarining funksiyalari; (b) OAV va
axborot xizmatlari mazkur funksiyalarni samarali ravishda amalga
oshirishi uchun shart-sharoitlar; shuningdek, (v) taqdim etilayotgan kontent
va xizmatlar vositasida mazkur funksiyalarni bajarilish sifatini
baholash usullari.
Mazkur tushunchalar, o‘z navbatida, foydalanuvchilarga
kommunikatsiya va axborot kanallari bilan ongli ravishda o‘zaro munosabat
o‘rnatishga imkon yaratadi. Media va axborot savodxonligi orqali olinadigan
bilim fuqarolarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishi lozim bo‘lib, ularga
media va boshqa axborot etkazib beruvchilardan yuqori sifatli xizmat
ko‘rsatilishini talab qilish uchun zamin yaratadi.
Boshqa mediaga nisbatan OAV mazkur tizimda kattagina joyni egallaydi.
Ular serqirra axborot oqimlari tizimini o‘zida namoyon etadi. Alohida institut
sifatida OAV o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiradi. Global axborot jamiyati
shakllanayotgan davrda media va axborot savodxonligi milliy taraqqiyot, har bir
fuqaroning mamlakat kelajagi uchun ijtimoiy faolligi va mas’uliyati oshishini,
aholining demokratlashtirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlovchi
muhim omildir.
Mazkur o‘quv qo‘llanma mamlakatimiz va xorij tadqiqotchilarining sa’y harakatlari natijasi bo‘lib, radio, televidenie, internet, gazeta, kitoblar,
elektron arxivlar va kutubxonalar umumiy bir platformadagi
konvergensiyasining zamonaviy tendensiyalariga tayangan tarzda tayyorlandi. U
media va axborot savodxonligiga ega bo‘lgan mass-media sohasidagi mutaxassislar
malakasini oshirishga yordam beradi, degan umiddamiz. Qo‘llanma ta’lim olish
jarayonining asosiy sub’ektlari bo‘lgan pedagog va talabalar ehtiyojini hisobga
olgan holda tuzilgan. Chunki aynan ustoz-o‘qituvchilar millionlab yoshlarning
iqtidorini, shu jumladan, jurnalistika sohasida ham yuzaga chiqarishda asosiy
shaxs hisoblanadi. Jahonda sodir bo‘layotgan global axboriy o‘zgarishlar va ularning virtual tahdid sifatida namoyon bo‘lish xususiyatlari tobora kuchayib bormoqda. Shu bois, virtual olam muammolariga e’tibor qaratish, tub ildizlarini aniqlash va bartaraf etish hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Chunki globallashuv sharoitida virtual olamdagi axloqiy muammolarning ko‘payishi, rivojlanishi jamiyatda milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning yo‘qolib borishiga, unutilishiga, jamiyat a’zolarining ongi va dunyoqarashining zaharlanib borishiga, o‘zaro munosabatlar yomonlashishiga va shu kabi boshqa jiddiy
axloqiy muammolarga sabab bo‘lmoqda.
Dunyoning qator rivojlangan mamlakatlarida virtual olam
muammolari, jumladan, virtual axloqqa oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Tadqiqotchilar virtual muammo turlari, «real jamiyat –
virtual jamiyat», «real jamiyat – virtual shaxs», «haqiqiy shaxs – virtual
jamiyat», «haqiqiy shaxs – virtual shaxs» munosabatlari, virtual olamda
axloqiy me’yorlar, umuminsoniy tamoyillarning nazariy-metodologik
jihatlari, ma’naviy-axloqiy dunyoqarash muammolariga alohida e’tibor
qaratmoqdalar. Jumladan, American University of Paris (Fransiya)da
insonning virtual olamdagi muammolarga axloqiy munosabatini
rivojlantirish, shaxs va jamiyatga salbiy ta’sirini asoslash, Stenford
University (AQSH)da shaxsning ijtimoiy ongi shakllanishida virtual
axborot madaniyatining amaliy jihatlarini ifodalash, Seoul National
University (J.Koreya)1da virtual olam muammolarining omillari,
xususiyatlari o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda virtual olam muammolari, ularning
salbiy oqibatlarini bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Virtual olamdagi muammolar yechimiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar
asosida yondashilmoqda. Bunda, ayniqsa, yoshlarning axloqiy tarbiyasini
yuksaltirish, ularning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini
faol sub’ektiga aylanib borishi barobarida ma’naviy-axloqiy jihatdan
yuksalishiga, shaxsiy manfaatlarni emas, balki inson qadr-qimmatini ustun
qo‘yishga yo‘naltirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «... yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda
ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI
asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda».
Aynan, virtual olamdagi axloqiy tamoyillarning rivojlanishi yoshlarning
nafaqat ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, balki iqtisodiy ehtiyojlarini
qondirishga ham xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siѐsati samaradorligini oshirish va
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi
PF-5106-son Farmoni, 2017-yil 14-martdagi «Huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2883-son, 2018-yil 14-avgustdagi «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib
tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3907-son, shuningdek,
2021-yil 26-martdagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5040-son qarorlari va
mavzuga oid boshqa normativ hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi
O‘zbekiston jahon axborot makoniga shiddat bilan integratsiyalashmoqda.
Mamlakat fuqarolari bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan to‘plangan
ma’lumot va axborotlarni cheksiz ravishda olish imkoniyatiga ega. Biz oladigan va
foydalanadigan axborotning sifati bizning hayotiy tanlovimizga, ijtimoiy siyosiy faoliyatimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugun axborot muhitidagi
islohotlar, matbuot bilan hamkorlik “munosabatlarining ustuvor jihatlarini
to‘g‘ri belgilash”ga va ommaviy axborot vositalari (OAV) “faoliyati ustidan
nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmlari, axborot manbalarining yopiqligini,
shuningdek, tahririyatlarga hokimiyat organlari va ma’muriy tuzilmalar
tomonidan bo‘layotgan ma’lum darajadagi bosimlarni bartaraf qilish”ga
qaratilgan. Shu o‘rinda parlament tomonidan “ijro hokimiyati organlari
faoliyatining, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, davlatning ichki
hamda tashqi siyosatining ochiqligi va oshkoraligi”ni ta’minlaydigan bir qator
qonunlarni qabul qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2014 yil 5 may
kuni respublikamizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun milliy axborot
makonining yanada shaffof bo‘lishiga, uning kengayishiga hamda global axborot
makonida O‘zbekiston imijining, milliy kontent mazmuni, shakli va
usullarining boyishiga xizmat qilishi shubhasiz.
So‘nggi yigirma yil davomidagi texnika va texnologiyalar taraqqiyoti OAV,
axborot manbalari va axborot yetkazib beruvchilari (kutubxonalar, arxivlar,
Internet va b.) faoliyatining beqiyos kengayishiga olib kelib, fuqarolarga uning
ulkan hajmidan foydalanish va almashinish imkonini yaratdi. Pirovard natijada,
fuqarolar ushbu axborotning ishonchli ekanligini baholash, o‘z fikrini erkin
aytish borasidagi huquqlarini to‘laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega
bo‘lmoqda. Shuning uchun ham kun tartibiga fuqarolarning media va axborot
savodxonligi (MAS)ni ta’minlashdek dolzarb masala ko‘ndalang qo‘yilmoqda.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida ko‘rsatilishicha,
“Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqiga ega; ushbu
huquq o‘z e’tiqodiga to‘siqsiz tarzda sodiq bo‘lish hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vositalar bilan har qanday davlat chegaralaridan qat’iy nazar izlash, olishva tarqatish erkinligini o‘zida mujassam etadi”. Mazkur huquqning amalga oshishi
mediata’lim bo‘yicha 1982-yilda qabul qilingan Gryunvald deklaratsiyasi bilan
ham belgilanadi. Unda siyosiy va ta’lim tizimlari fuqarolarda kommunikatsiya
fenomeni tushunchasini rivojlantirishda va ularning OAV va (an’anaviy va yangi)
kommunikatsiyalarda ishtirok etishini rag‘batlantirish ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur
holat 2005-yilda qabul qilingan Aleksandriya deklaratsiyasida o‘z rivojini topib,
unda media va axborot savodxonligi insonning butun hayoti davomida oladigan
ta’lim asosi sifatida belgilab berilgan. Deklaratsiya axborotni samarali
ravishda izlash, baholash, undan foydalanish va barcha sohalarda shaxsiy,
ijtimoiy, kasbiy va ta’lim maqsadlariga erishish uchun uni yaratish
imkoniyatlarini taqdim etishda MASning ahamiyatini ifoda etadi. MAS raqamli
axborot va raqamli texnologiyalar dunyosida barcha xalqlarning ijtimoiy
faolligini oshirishga undovchi insonning asosiy huquqlaridan biridir.
Media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar va Internet)
butun dunyoda mavjud axborotning to‘laligidan kelib chiqqan holda insonlarga
qaror qabul qilishga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, ular jamiyat o‘zi haqidagi
haqiqatni bilishi, aholi bilan bo‘ladigan muloqotni qo‘llab-qo‘vvatlovchi va shu
orqali u bilan birlashgan holda maqsad sari borishi mumkin bo‘lgan vositadir.
MAS insonning raqamlashtirilgan axborot va raqamli texnologiyalar olamidagi,
barcha xalqlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ko‘mak beruvchi olamdagi
bazaviy huquqi hamdir.Media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar va Internet)barcha mintaqalarda axborot to‘laqonligini nazarda tutgan holda insonlar qaror qabul qilishida muhim vosita sifatida tan olingan. Bundan tashqari, ular hokimiyat o‘z faoliyati xususidagi haqiqatni bilishida, aholi bilan muloqotni
qo‘llab-quvvatlashida va bu orqali belgilangan maqsadlar tomon borishida kuchli
vosita rolini o‘ynaydi.Ommaviy kommunikatsiya va axborot kanallari insonning hayoti davomida bilim olishga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham nafaqat bo‘lajak jurnalistlar, balki barcha fuqarolar ham media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar, Internet va boshq.) qay tarzda ishlashi va ularni qay tarzda to‘g‘ri baholash lozimligini bilishi zarur. Media va axborot
savodxonligining vazifasi esa aynan ushbu bilimlarni foydalanuvchilarga
etkazib berishdan iboratdir. Media va axborot savodxonligi o‘zida quyidagi asosiy tushunchalarni qamraboladi: (a) demokratiya an’analarida rivojlanayotgan jamiyatda media,kutubxona, arxiv va boshqa axborot xizmatlarining funksiyalari; (b) OAV vaaxborot xizmatlari mazkur funksiyalarni samarali ravishda amalgaoshirishi uchun shart-sharoitlar; shuningdek, (v) taqdim etilayotgan kontentva xizmatlar vositasida mazkur funksiyalarni bajarilish sifatini baholash usullari. Mazkur tushunchalar, o‘z navbatida, foydalanuvchilarga kommunikatsiya va axborot kanallari bilan ongli ravishda o‘zaro munosabat o‘rnatishga imkon yaratadi. Media va axborot savodxonligi orqali olinadigan bilim fuqarolarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishi lozim bo‘lib, ularga media va boshqa axborot yetkazib beruvchilardan yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish uchun zamin yaratadi. Boshqa mediaga nisbatan OAV mazkur tizimda kattagina joyni egallaydi. Ular serqirra axborot oqimlari tizimini o‘zida namoyon etadi.
Alohida institut sifatida OAV o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiradi. Global axborot jamiyati shakllanayotgan davrda media va axborot savodxonligi milliy taraqqiyot, har bir fuqaroning mamlakat kelajagi uchun ijtimoiy faolligi va mas’uliyati oshishini, aholining demokratlashtirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlovchi muhim omildir. Mazkur o‘quv qo‘llanma mamlakatimiz va xorij tadqiqotchilarining sa’y harakatlari natijasi bo‘lib, radio, televidenie, Internet, gazeta, kitoblar,elektron arxivlar va kutubxonalar umumiy bir platformadagi
konvergensiyasining zamonaviy tendensiyalariga tayangan tarzda tayyorlandi. U
media va axborot savodxonligiga ega bo‘lgan mass-media sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishga yordam beradi, degan umiddamiz. Qo‘llanma ta’lim olish jarayonining asosiy sub’ektlari bo‘lgan pedagog va talabalar ehtiyojini hisobga olgan holda tuzilgan. Chunki aynan ustoz-o‘qituvchilar millionlab yoshlarning iqtidorini, shu jumladan, jurnalistika sohasida ham yuzaga chiqarishda asosiy shaxs hisoblanadi.

Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling