Reja: O'zbekistonda mulkchilik tizimi rivojlanishining fundamental asoslari. Xususiy mulk va uning turlari


Download 10.15 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi10.15 Kb.
#1512872
  1   2

Mavzu: Xususiy mulkchilik tarmog'ini kengaytirish mamlakatimizda iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari sifatida.

Mavzu: Xususiy mulkchilik tarmog'ini kengaytirish mamlakatimizda iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari sifatida.

Reja:

1. O'zbekistonda mulkchilik tizimi rivojlanishining fundamental asoslari.

2. Xususiy mulk va uning turlari.

3. O'zbekiston mulkchilik tizimining foaliyati mexanizmini belgilovchi me'yoriy huquqiy bazasi.

4. Yangi O’zbekistonda mulkiy munosabatlardagi iqtisodiy isloxatlar

Xususiy mulkchilik tizimiga oid tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: ―O‘tgan 2022-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.


Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma‘lum, albatta.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Masalan, 506 ta mulk kompleksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim. Xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi.


Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, anikrog‘i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta mulk bo‘lib harakatga keladi.
Mulk ob‘ekti tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar, boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi.
Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va majburiyatlari, mas‘uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun mulkiy munosabatlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik institutlari faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillaming kompleks ta‘siri belgilaydi.
Yuqorida aytilganlar asosida quyidagi ta‘rif o‘rinli: mulkchilik tizimi — jamiyatda o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos instrumental (FHO ma‘nosida), institutsional va funksional tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida MHSlari tomonidan harakatga keltiriladi Bunda davlatning siyosati mulkchilik tizimining samaradorligiga qulay mulkchilik munosabatlari muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.
O‘zbekistonda ham, mulkchilik tizimining faoliyati qonunlar bilan belgilanib tartibga solinadi. Bunda ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan. Ko‘rilgan mavzu doirasida umumiy xulosa tariqasida aytish mumkinki, zamonaviy mulk ko‘p atributli va turli omillarga ta‘sir- chan bo‘lganligi sababli, uni fuqarolik huquqkrining obyektlari sifatida qabul qilish mumkin.
O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasi 1990-yil 31-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarning ham tegishli moddalari orqali mulkchilik mexanizmi barqaror amalga oshiriladi.

Download 10.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling