Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana05.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1692406
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Muallif(lar):M.A.Masharipova
[1]

Saidjonov 
B. 
S.
2

Rahimova 
D.O 
Nashr ma`lumotlari: // Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzviylik va 
uzluksizlikni ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli va 
ahamiyati // 


Тошкент 

2015 
 
To‘plamni yuklash uchun havola:
To’plam
 
O`ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI 
RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA 
XOS XUSUSIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining 
asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, 
ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali 
raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni 
yaratadi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim – 
tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash 
jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy 
ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb 
tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish 
ishlarini 
izchil 
davom 
ettirish 
lozim 

11
Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun 
eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar 
ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va 
malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash 
shakllanadi. 
Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish , 
tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish , 
nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har 
qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab 
beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim 
turlarini 
o‘z 
ichiga 
oladi:
-maktabgacha 
ta‘lim; 
-umumiy 
o‘rta 
ta‘lim; 
-o‘rta 
maxsus, 
kasb-hunar 
ta‘limi; 
-oliy 
ta‘lim;
-oliy 
o‘quv 
yurtidan 
keyingi 
ta‘lim; 
-kadrlar 
malakasini 
oshirish 
va 
ularni 
qayta 
tayyorlash; 
-maktabdan 
tashqari 
ta‘lim. 
O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir 
bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr 
uchun 
misli 
ko`rilmagan 
rivojlanish 
sifatida 
baholash 
mumkin.
Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin , har 
qanday 
yangilik 
boshqa 
yangilikning 
kirib 
kelishiga 
turtki 
bo`ladi. 
Respublikamizda kasb – hunar kollejlari va akademik litseylar tizimini 
shakllanganligi , ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos, hatto chet 


ellarda 
tan 
olindi.
Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori 
darajada ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tarkibiy qismlarining 
funksiyalari aniq belgilangan va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli 
bajarilishini ta‘minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini 
statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash 
o‘zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‘y berishi 
mumkin bo‘lgan ba‘zi holatlarga e‘tibor bilan qarash imkonini beramaydi. 
Shu bilan birga,uzluksiz ta‘lim kasb-hunar kollejlarida amaliy ko‘nikma va 
bilimlarni berishda, oliy ta‘limning sifati ta‘minlanayotganini inobatga oladigan 
bo‘lsak, aynan ushbu kollejlarda malakali mutaxasislarni tayyorlash mumkin. Bu 
jarayonga oliy ta‘lim muassasalari mutaxasislik fanlari o‘qituvchilarini jalb etish 
bilan ikki ta‘lim turi o‘rtasidagi integratsiyani jadallashtirish mumkin. Shu bilan 
birga,oliy ta`limning zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki 
bosqichli tizimi - bakalavr va magistratura yaratilishi ta`lim tizimida yuksak 
malakali kadrlar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga amaldagi oliy 
malakali ilmiy va ilmiy –pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish 
tizimining kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta`lim 
tizimidagi o`zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida tubdan isloh qilishning 
ob`ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Yetuk qadrlarni 
tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi uzluksiz 
ta‘limning bu bo‘g‘iniga qaratilayotgan e‘tibordan ham bilib olishimiz mumkin. 
Buni quyidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar miqiyosida ham ko‘rishimiz 
mumkin: 
2011-2012 O‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga 
qat‘iy talab qo‘yildi:-birinchidan, ular zamonaviy kompyuter va axborot 
texnologiyalarini; -ikkinchidan, xorijiy tillar , ayniqsa, ingliz tilini mukammal 
bilishi kerak. Bu jihatdan o‘quv dasturlari har bir ta‘lim yo‘nalishining o‘ziga 
hosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda. 
Ma‘lumki xorijiy tilni bilish allaqachon davr talabiga aylanib ulgurdi. 
Prezidentimizning 2012yil 10-dekabrdagi ‖Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada 
takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi Qarori chet tillarini o‘rganishning 
kompleks tizimini ya‘ni uyg‘un kamol topgan yuksak ma‘rifatli, zamonaviy 
tomonidan yuksak fikrlaydigan yosh avlodni shakillantirish , O‘zbekistonning 
jahon 
ahamiyatiga 
integratsiyalashuviga 
yo‘naltirilgan tizimni yanada 
kuchaytirishni nazarda tutdi.Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini 
modernizatsiya qilish va mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash 
bo‘yicha 2011-2016- yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277 
mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi diqqatga sazovordir. 
O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli 
islohotlar dunyoning barcha davlatlari baholanmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatning 
nufuzli shaxslari bizning ta‘lim tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni 
bildirishmoqda.
Xususan, 
Dortmund 
texnika 
universiteti 
professori 
Gabriele 
Mentges 
ta`kidlaganidek,‖Mamlakatingizda iqtidorli o‘qtuvchi va talabalarni davlat 


tomonidan keng miqiyosda qo‘llab quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. 
Imtiyozli stipendiyalar va mukofotlar joriy etilgan, ko‘rik tanlovlarni muntazam 
o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan.‖
1
[2]
Ayni chog‘da o‘zbekistonlik yoshlar 
xalqaro olimpiyadalar, san‘at va madaniyat ko‘rgazmalarida hamisha yuqori 
saviyada qatnashib kelmoqdalar. Ularning hammasi mamlakat raxbarining ta‘lim-
tarbiya sohasiga qaratayotgan yuksak e‘tibori, bu borada amalga oshirilayotgan 
izchil islohatlar va kompleks chora tadbirlar samarasidir‖.Shunday iliq fikrlarni 
Rene Tollemer, Xalqaro tibbiyot akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza 
universiteti professori (Fransiya) , Lyuza Serdeyra, universiteti prorektori 
(Portugaliya) , Dayen Adachi, Vashington universiteti vitse- prezidenti 
yordamchisi (AQSh). Ushbu iliq fikrlarning bildirilishi bizning ta‘lim tizimimiz 
Jahon Hamjamiyati tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Bundan ko‘rinib 
turibdiki yurtimizda buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun 
yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun , davlat 
boshqaruvi tomonidan , zaruriy ta‘lim yo‘nalishlarini va ular bo‘yicha bilim 
oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni 
yaratish 
hamda 
boshqa 
tashkiliy 
ishlarni 
amalga 
oshirish 
lozim. 
Shunday qilib , ‖Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida mamlakatimiz ta‘lim 
tizimining 
imkoniyatlaridan 
foydalanish 

uzluksiz 
ta‘limni 
yanada 
takomillashtirish asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning 
dolzarb masalalaridan biridir. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling