Reja: O‘zbekistonda uchraydigan tuproq xillari. Ekologik muamolari


Download 69 Kb.
bet1/4
Sana19.10.2023
Hajmi69 Kb.
#1709931
  1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonda uchraydigan tuproq xillari va muamolari




Reja:

  1. O‘zbekistonda uchraydigan tuproq xillari.

  2. Ekologik muamolari.

  3. O‘zbekistonda uchraydigan tuproq xillari va ularning ekologik muamolari.


1. O‘zbekistonda uchraydigan tuproq xillari.
Qizilqum va boshqa qumli choʻllarda keng tarqalgan. Yuqori qatlami zich emas, baʼzi joylarda yupqa qatlam hosil qiladi. Yuza qatlamining qalinligi qariyb 5 sm. Bu qatlamda temperatura yoz kunlari 70-800 gacha koʻtariladi va sutka davomida keskin oʻzgarib turadi. Yuza qatlami himoya vazifasini oʻtab quyi qatlamdagi namni saqlab turadi. Choʻl qum tuproqlarida gumus miqdori juda kam-0,2-0,5% dan oshmaydi. Choʻl qum tuproqlari mexanik tarkibining xususiyati shundan iboratki, bu tuproqlarning tarkibida mayda chang (0,25-0,05 mm) va yirik chang (0,05-0,01 mm) fraksiyalari koʻp. Bu tuproqlarda deyarli sho'rlanish boʻlmaydi.
Oʻzbekistonning choʻl qismida, Amudaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo va boshqa daryolarning qadimy allyuvial tekisliklarida, Zarafshon va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Har xil darajada shoʻrlangan. Tarkibida karbonatlar miqdori koʻp (8-10 %). Gumus 0,3-0,8 %. Sugʻoriladigan taqir tuproqdagi mavjud agroirrigatsion qavat dehqonchilik agrotexnikasi, yerga solingan mahalliy oʻgʻit, shuningdek, suvning loyqallik darajasiga qarab 30-40 sm dan 1–2 m gacha qalinlikda boʻladi. Agroirrigatsion qavat rangi, mexanik tarkibi, qovushqoqligi va kimyoviy xossalari bir xil boʻlgan yaxlit gorizont hosil qiladi. Bunday tuproqlar Buxoro viloyatida, Qarshi va Sherobod choʻllarida uchraydi. Taqir tuproqlarning vujudga kelishi allyuvial tekisliklarning choʻlga aylanishidagi birinchi bosqichidir.
Mamlakatning qumli choʻllaridagi pastqam tekisliklarda, qadimiy qurilgan allyuvial va proyuvial-allyuvial tekisliklarda tarqalgan. Loy tuproqdan tarkib topgan, vaqt-vaqti bilan suv bosib turadi, oʻsimlik qoplami deyarli boʻlmaydi. Suv bugʻlanib ketgandan keyin taqir yorilib oʻsimlik oʻsmaydigan qatqaloq poʻstloqqa aylanadi. Taqirli maydonlar surqoʻngʻir tuproqlar orasida uchraydi, qadimiy allyuvial tekisliklarda esa taqirlar tuproq majmuasining asosiy qismlardan biri. Taqirli tuproqda gumus miqdori taqir tuproqqa nisbatan koʻproq (0,5-1,0 % gacha), biologik jihatdan ham faolligi sustroq boʻlib, tuproq bilan geologik tuzilmalar chegarasida turadi.
Choʻl zonada gurut suvlari 1–3 m chuqurlikda boʻlgan joylarda (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshonning quyi terrasalari va Amudaryo deltasida) rivojlangan. Oʻtloqi allyuvial keltirmalariga oʻxshash. Biroq koʻpincha chim qavati bilan qoplangan boʻladi. Oʻtloqi tuproqlar namlikning oz-koʻpligiga qarab oʻtloqi allyuvial (daryo vodiylari boʻylab) va oʻtloqi soz (proyuvialdan tuzilgan togʻ etagi tekisliklarida) tuproqlarga boʻlinadi. Tarkbida gumus koʻpincha 2% dan ortiq. Oʻtloqi soz tuproqlar baʼzan Oʻzbekistonning bo'z tuproq mintaqasi va choʻl zonasida tarqalgan. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo va boshqa daryo vodiylarida, shuningdek Soʻx, Isfara, Margʻilonsoy, Aravonsoy, Oqboʻra kabi soylar terrasalarining pastqam yerlarida, qurib qolgan koʻl va qoldiq daryo oʻzanlarida uchraydi. Bu joylarda yer osti suvlari yuza (1 m dan kam) joylashganligidan tuproqda nam koʻp, tuproqning yuqori qatlami gleylashgan. Gumus miqdori 2-3 %. Sho'rxoklar choʻl zonasi tuproqlari orasida va boʻz tuproq mintaqasining quyi qismida, daryo vodiylari yoki togʻ etagi tekisliklari shleyflarida koʻpincha hozirgi vohalarda keng tarqalgan. Tarkibida suvda oson eriydigan har xil tuzlar (xlorid sulfat, karbonat va sh.k.) mavjud. Tuzlarning eng koʻp qismi tuproqning yuqori qatlamida boʻladi. Ular sizot suvlarining koʻtarilib bugʻlanishi natijasida toʻplanadi. Sho'rxok tuproqlar morfologik koʻrinishi jihatidan qatqaloq, mayin va qora boʻladi. Shoʻrxok tuproqlarning meliorativ holati yaxshilangach ekin ekish mumkin.
Choʻl zonasidagi sugʻoriladigan vohalarda (Buxoro, Xorazm, Markaziy Fargʻonada, Qoraqalpogʻiston va boshqa joylarda) asosiy maydonni egallagan. Ular taqir voha, botqoq-voha tuproqlari bilan birga uchraydi. Zarafshon, Amudaryo vodiylarida yirik vohalari 2-3 ming yillardan beri mavjud. Shu muddat davomida bu yerda qalinligi 2–3 m li agroirrigatsion gorizont vujudga kelgan va tabiiy tuproqni koʻmib yuborgan. Oʻtloqi-voha allyuvial tuproqlarning agroirrigatsion gorizonti bir xil koʻkish-boʻz rangli, antropogen qoʻshimchalar aralashgan. Haydalma qatlami ancha zich. Tarkibida 1-1,3 % gumus bor. Choʻl iqlimi sharoitida va namlanish rejimiga koʻra oʻtloqi-voha tuproqlari shoʻrlanishga koʻproq moyil. Tuproq shoʻri drenaj yordamida mumtazam yuvib turiladi.[ Tuproqning eng muhim xususiyati uning unumdorligidir. Tuproq unumdorligining turlari ularning paydo bo’lishi, sizlarga tuproqshunoslik kursidan ma‘lum. Bu yerda shuni qayd etish kerakki, har bir tuproqning paydo bo’lish jarayoni uning bevosita (genezisi) bilan bog’liq. Demak tuproq rivojlanishi va evolyutsiyasi jarayonida uning unumdorlik darajasi o’zgarib turadi. Ayniqsa uning o’zgarishi inson faoliyati ta‘sirida tezroq kechadi. Bizning vazifamiz ana shu o’zgarishlarni inson uchun zarur bo’lgan tomonga burish, tuproq unumdorligini nafaqat saqlab qolish, balki uni takroriy ishlab chiqish, ko’paytirish yo’llarini qidirib topishdir.
Birinchi tuproqshunos olimlardan V.R.Vilyams bo’lib, tuproq unumdorligining ilmiy jihatdan asoslangan formulasini yaratgan. U shunday deb yozgan edi: “Tuproq unumdorligi, uning o’simliklarini yer hayotiy omillari bilan u yoki bu darajada ta‘minlash qobiliyatidir...,” “Bir vaqtda har ikkala bir-biriga teng va almashtirib bo’lmaydigan o’simliklarning hayot omillari bilan maksimal ehtiyoj miqdoriga ta‘minlash qobiliyatidir”. Tuproqning bu xususiyati, uning yer yuzasidagi boshqa jinslardan to’laligicha ajratib, unga tabiiy mustaqil tana sifatida qarash imkonini beradi.
V.R.Vilyams ta‘rifiga ko’ra tuproq unumdorligi degan tushunchani tuproqning o’simliklarga zarur miqdordan suv va ozuqalarga bo’lgan talablarini, butun o’suv davri davomida ayni bir vaqtda va maksimal darajada qondirish qobiliyati degan ma‘noda tushunish kerak.
V.R.Vilyams bunday sharoitga asosan, strukturali tuproq javob bera oladi deb hisoblaydi va tuproq unumdorligining saqlashning yagona yo’lini o’t-dalali almashlab ekish bilan bog’laydi. Dehqonchilikni jadallashtirishni tuproqqa tushayotgan og’irlik bu g’oyaning ahamiyatini kamaytirmaydi va aksincha, oshiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi intensiv dehqonchilik rayonlarida bu holatni hisobga olmaslik tuproq unumdorligining kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproq unumdorligi tushunchasiga tuproqning o’sishi va rivojlanishi ta‘minlovchi yana bir qator xususiyatlarini tuproq havosi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va shu kabilarni ham qo’shish kerak. Bu qo’shimchalar madaniy o’simliklarning tuproqqa bo’lgan talabini chuqur o’rganish natijasida kiritiladi. Bundan tashqari dehqonchilikda o’simliklarni tuproqqa uning unumdorligiga bo’lgan talabi yanada oshib ketadi.
Tuproq unumdorligi, uning kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalari orqali namoyon bo’ladi. Shuni qayd qilish kerakki, qishloq xo’jalik o’simliklarining hosildorligi, butunlayicha tuproq unumdorligiga bog’liq emas. Ba‘zi olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, (I.S.SHatilov, T.N.Kulavokskaya va b), madaniy o’simliklar hosilining uchdan bir qismi iqlim sharoiti, agrotexnik tadbir, shuningdek yetishtirilayogan navlarning xususiyatlari va boshqalar bilan bog’liq.
Sug’orish jarayonida tuproq unumdorligi omillarining roli bir qadar oshadi. Chunki suv va ozuqa tartiblari, o’simliklarning vegetatsiya davrida ayrim bosqichlarni o’tishi kabi qator omillarni ma‘lum darajagacha boshqarish imkoniyati yaratiladi.
SHu naqtai nazardan qo’yida sug’oriladigan tuproqlar unumdorligini tashkil qiluvchilarning ba‘zi birlarini ko’rib chiqamiz.
Tuproqning organik moddalari uni tuproq hosil qiluvchi jinslardan farqlaydigan asosiy ko’rsatkichidir. Chirindi tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida katta rol o’ynaydi. Sug’oriladigan tuproqlarning chirindi tartibi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda qo’riq yerlardan farqli o’laroq organik moddalardan, organik moddalarning tuproq profilida yo’qolishi, qayta hosil bo’lishi va taqsimlanishi yuzaga keladi. Masalan, tipik bo’z tuproqlarda chirindining eng ko’p miqdori, profilning yuqori qismdagi chimli qatlamga to’g’ri kelib 2,0 - 2,5 % ni tashkil etadi va pastki qatlamlarda keskin kamayadi. Bo’z voha tuproqlarida esa, chirindi miqdori sug’orish boshlangandan keyin chirindili qatlamning pastki qatlamlari bilan ajralishi hamda organik moddalarning mineralizatsiyalanish jarayonining ortishi tufayli sezilarli darajada kamayadi. Lekin ma‘lum bir vaqtdan so’ng, oldingi vaqtdagi tipik bo’z tuproq (hozirgi davrda bo’z vohaning) yuqori qatlami o’simlik qoldiqlari miqdori oshishi va ularning mineralizatsiyalanish sur‘atining o’sishi natijasida yana ma‘lum bir chegaragacha chirindi bilan boyiydi. Bo’z voha tuproqlarida organik moddalar miqdori haydalma qatlamda (30-35 sm) 1,2-1,5 % ni tashkil etsa, u optimal chirindi miqdoridir. Shu bilan birga chirindi bilan boyigan qatlamlar qalinligi 1-1,5 m ga yetadi. Chirindining 1 m li qatlamdagi umumiy miqdori gektriga 100-180 t ga yetadi. Shu bilan birga chirindining sifat tarkibi ham o’zgaradi. Chirindining tuproq profilida taqsimlanish va miqdori sug’oriladigan tuproqlarni mustaqil tip sifatida ajratishning asosiy sabablaridan biridir.
SHuni qayd etish kerakki, tuproq unumdorligi nafaqat undagi chirindining umumiy miqdori bilan belgilanib qolmaydi, aksincha tuproqning yuqori qatlamidagi va har yili o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida yangilanib turadigan “musaffo”, “faol” chirindi bilan belgilanadi. Chuqur qatlamlardagi chirindining inertligi 1954 yilda M.A. Orlov va undan keyin qator olimlarning paxta o’simligi bilan o’tkazgan tajribalarda ko’rsatib berildi.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling