Reja: O‘zbekistonda uchraydigan tuproq xillari. Ekologik muamolari
Tuproqda chirindi to’plashda ozuqa elementlarini roli
Download 69 Kb.
|
o\'zbekistonda uchraydigan tuproq xillari va muamolari
3. Tuproqda chirindi to’plashda ozuqa elementlarini roli.
Albatta, chirindi bilan tuproq unumdorligi, tuproqdagi chirindi miqdori bilan hosildorlik o’rtasida barobar belgisini qo’yish yaramasa-da, har holda chirindi ma‘lum darajada o’simliklar ozuqa elementlari, azot, fosfor, kaliy va mikroelementlarning zahirasi hisoblanadi. Bundan tashqari uning tarkibida fermentlar, vitaminlar, o’stirish moddalari mavjud. Ehtimol shuning uchun ham chirindiga boy tuproqlarda mineral o’g’itlar to’laroq o’zlashtirilsa kerak. Tuproqning ekologik holati va unumdorligi mineral o’g’itlarni solish bilan chambarchas bog’liq. Bo’z tuproqlar zonasining eng unumdor tuprog’i, bo’z voha tuproqlarning tabiiy unumdorligi paxtadan 12-15 ts atrofida hosil olishni ta‘minlaydi. Shuning uchun ham O’zbekistonning sug’oriladigan tuproqlarida mineral o’g’itlarni qo’llash, agrotexnik kompleksni asosiy zarur qismidir. Mineral ozuqa elementlarining asosiylari azot, fosfor, kaliydan bo’z voha tuproqlari xuddi boshqa tuproqlar singari eng ko’p azotga muhtojdir. Hozirgi vaqtda g’o’za ekilayotgan sug’oriladigan tuproqlarning 1 gektariga 200-250 kg, ba‘zi joylarda undan ham ortiqroq azot o’g’iti ishlatiladi. Tuproqshunoslik va agroximiya instituti xodimlari (Hojiev, Risqieva) ning ma‘lumotlariga ko’ra eng yaxshi sharoitda, yerga solingan o’g’itning 40 % ga yaqinigina o’simliklar tomonidan olinadi. qolgan qismi esa tuproqni yer osti suvlarini ifloslantiradi, o’simliklarning ba‘zi bir a‘zolarida to’planib, bu o’simliklar iste‘mol qilganda, odam va hayvonlarni zaharlaydi. Fosfor va kaliyning umumiy miqdori bo’z voha tuproqlarida yetarli darajadan yuqori. Lekin fosfor birikmalarining kam eruvchanligi tufayli, fosforning tabiiy birikmalari hisobiga o’simliklar fosfor bilan ta‘minlana olmaydilar. Fosforli o’g’itlar o’ta taqchil bo’lgan paytda tuproqdagi fosfor zahiralarini mobilizatsiya qilish masalasi keskin tus oladi. Hozirgi vaqtda belgilangan fosforli o’g’itlarni solish me‘yori, bizning fikrimizcha, o’simlik talabiga qarab emas, balki tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini o’rtachadan yuqori holatga yetkazish uchun belgilanganga o’xshaydi. Toshkent va Samarqand vohalarida olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, harakatchan fosfor bilan o’rtacha, hatto kam ta‘minlangan tuproqlar gektariga 150 kg dan fosfor o’g’iti solinganda paxtadan 30 ts hosil olishni ta‘minlaydilar. Bu hol paxta o’simligi fosforli o’g’itning 15-20 % ni o’zlashtirishi bilan bog’liq. Kaliyning tabiiy zahiralari va birikmalarining suvda yetarli eruvchanligi Respublika tuproqlarini bu element bilan yetarli ta‘minlangan deyishga asos beradi. Lekin olib borilgan tadqiqot ishlari (Madraimov, Tolstova va boshqalar) shuni ko’rsatdiki, paxtachilik singari qishloq xo’jaligini intensiv tarmog’ida o’simliklar rivojlanishining bir vaqtda kaliy elementi bilan oziqlanishiga ehtiyoj sezar ekanlar. Bundan tashqari kaliy yetarli bo’lmaganda, g’o’zaning viltga va boshqa kasalliklarga chalinishi ko’chayadi, shuningdek, uning ba‘zi bir texnologik ko’rsatkichlari ham yomonlashadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda, potentsial jihatdan kaliyga boy bo’lgan bo’z voha va o’tloqi voha tuproqlarida ham kaliyli o’g’itlarni qo’llash zarurligi aniqdir. Shuningdek kaliy ning azot va fosforni o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtrishga qo’laylik yaratishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Sug’oriladigan tuproqlar unumdorligida tuproq fizikaviy xususiyatlarining ahamiyati kattadir. Tuproqning optimal zichligida o’simliklarning mineralizatsiyasi uchun qo’lay sharoit yaratiladi. Havo almashinib turadigan tuproqlarda foydali aerob mikroflora (azotbakter va ning rivojlanish sharoiti yaxshilanadi va viltni vujudga keltiruvchi zamburug’lar va boshqa kasalliklarni to’g’diruvchi mikroorganizmlarning potogen ta‘siri kamayadi. Tuproq zichligi ko’rsatgichiga ma‘lum darajada ko’proq fizik holatini ko’rsatib beradi. Agar biz chirindini butun tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida qabul qilsak, tuproq zichligi esa, butun tuproq massasining umumiy fizik holatini belgilab beradi. Sug’orish jarayoni odatda, tuproq zichligining ayniqsa haydalma qatlam ostida, lyossivat, ya‘ni loy moddalarining tuproq profili past qismlariga aralashib o’tishi bilan bog’langan. Bundan tashqari, sug’orish ta‘sirida nam va ko’p qishloq xo’jaligi qurollarining mexanik bosimi kuchli iz qoldiradi. Tuproq ularning og’irligi ostida qattiq gipslashganday bo’ladi, shuningdek, sug’orish jarayonida tuproq massasining dezagregatsiya yuzaga keladi. Shu munosabat bilan tuproqlarning zichligi optimal darajada bir muncha yuqori bo’lib 1,2-1,3 g-sm3 o’rniga 1,4-1,5 g-sm3 atrofidadir. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling