Reja: O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi


 Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati


Download 258.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi258.18 Kb.
#1287874
1   2   3
2. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati 
Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati yoshlar ijtimoiy-
siyosiy faolligining fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim omil sifatidagi o‘rni va 
ahamiyatini tahlil etishda eng avvalo, unga oid bo‘lgan ilmiy kategoriyalarni o‘rganish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xususan, bunda “faollik”, “siyosiy faollik”, “ijtimoiy- siyosiy 
faollik”, “huquqiy faollik”, kabi siyosiy-huquqiy kategoriyalarning mazmun va 
mohiyatini hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalarini o‘rganish muhim 
ahamiyat kasb etadi. “Ijtimoiy-siyosiy faollik” tushunchasini tadqiq etishda uning asosiy 
birikmasi hisoblangan “faollik” atamasini tahlil qilish lozim bo‘ladi. “Faollik” 
tushunchasi shu darajada keng mazmun kasb etganki, ayrim hollarda undan foydalanish 
izoh talab etadi. Bundan tashqari, “faol” atamasi harakatchan, serg‘ayrat, rivojlanuvchi 
degan ma’nolarni anglatadi. “Faollik” tushunchasi asosan “faoliyat” tushunchasining 


sinonimi sifatida ham qo‘llaniladi. Insonning faolligi atrof muhitni o‘z ehtiyojlari, 
qarashlari, maqsadlariga muvofiq o‘zgartirish qobiliyati sifatida alohida mazmun-
mohiyat kasb etadi. Tegishli adabiyotlarda shaxs faolligining bir qator belgilar bo‘yicha 
farqlanishi haqida so‘z boradi1. Bu boradagi yondashuvlarni umumlashtirgan holda 
faollikning quyidagi shakllarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: “faollik” va “faoliyat” 
tushunchalarining mohiyatan yagonaligidan dalolat beruvchi faoliyat shakli sifatidagi 
faollik; insonda o‘z ichki munosabati vujudga kelgan, uning individual tajribasi aks etgan 
faoliyat sifatidagi faollik, atrof muhitni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat sifatidagi 
faollik; shaxsiy ahamiyatga molik faoliyat: insonning o‘z shaxsiyatini namoyon etish 
ko‘rinishidagi faolligi hamda o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro ta’sirga kirishish 
mahsuli sifatidagi faollik. 
Bundan tashqari, iqtisodiy faollik, g‘oyaviy faollik, madaniy faollik kabi tushunchalari 
mavjudligini o‘zi uning yo‘nalishlari, sohalari xilma xil ekanligini bildiradi. Faollik 
sohalari insonlar, shaxslar yoki muayyan ijtimoiy guruh qatlamlar faoliyati bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ajralib qolmagan. Faollik ana shu ijtimoiy qatlamlar, xususan 
yoshlar ongi, dunyoqarashi, xulq-atvori, hayotiy maqsad va intilishi ularning milliy 
g‘oyaviy qiyofalari bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Shunda yoshlar faolligi, faol 
yoshlar, yoshlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy faol yoshlar atamasi ishlatiladi. 
Faollik muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning jamiyat va davlat, ishlariga 
munosabati, unga to‘g‘ri yondashuvi, mas’uliyat hissi, fuqarolik tuyg‘usi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Faollik ayni paytda o‘zlikni anglashni ham ifodalaydi. 
Shuningdek, “ijtimoiy-siyosiy faollik” atamasi haqida gap ketganda shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy faollikni keng tushunish, unda huquqiy normalarga 
rioya qilishni ko‘rish bilangina cheklanmaslik siyosiy faollik mohiyatini, uning bu 
hodisani ijtimoiy faollikning boshqa turlaridan farqlash imkonini beradigan asosiy 
belgilarini yaxshiroq anglab etish uchun imkoniyat beradi. Siyosiy faollikning ijodiy 
jihati uning xususiyatlari tizimida uyushqoqlik, batartiblik, barqarorlik kabi qismlari yoki 
sifatlari bilan bir qatorda alohida o‘rin egallaydi. “Ijtimoiy-siyosiy faollik” deganda, 
ijtimoiy foydali (ijobiy), ongli, iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy faoliyat tushuniladi. Ijtimoiy 
faollikning boshqa bir turi - siyosiy faollik ham amalda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bundan tashqari, “huquqiy madaniyat” tushunchasidan kelib chiqib, siyosiy faollikka 
yoshlarga tabiatan xos bo‘lgan siyosiy-huquqiy xususiyat sifatida yondashish mumkin. 
Bu siyosiy-huquqiy xususiyat huquqiy va siyosiy muhit bilan insonning o‘zaro aloqasi 
jarayonida shakllanadi hamda uning siyosat va huquqiy tartibga solish sohasida faol ish 
olib borish qobiliyatini ifodalaydi. Shuning uchun ham siyosiy-huquqiy faollik - bu 
faoliyatning qizg‘inlik va ayni vaqtda yoshlarning huquqiy madaniyati va siyosiy 
madaniyati darajasini aks ettiruvchi omil sifatida amal qiladi. Bu haqida “huquqiy 
bilimlarsiz huquqiy madaniyat bo‘lishi mumkin emas”1deb, aytilgan. Shuningdek, 
yoshlar siyosiy-huquqiy faolligi shakllanish jarayonining mazmuni o‘z ichiga 
quyidagilarni qamrab oladi: 1) huquqni bilish (informatsion jihat); 2) huquqqa bo‘lgan 


munosabat (nisbiy jihat); 3) qonuniy xulq-atvorga qarab mo‘ljal olish (tartibga solish 
jihati); 4) o‘z qonuniy xulq-atvorining zarurligini anglab etish (kognitiv jihat). 
Bundan tashqari, yoshlar deganda mamlakat aholisining eng yosh va tez o‘zgaruvchan 
va saloxiyatini tashkil etuvchi, o‘zining ijtimoiy tarkibi jixatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan 
qatlam tushuniladi. Ular ijtimoiy hayotda, shunchaki oddiy kuzatuvchi sifatida ishtirok 
etmasliklari uchun, ular avvalo faoliyatda bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Faoliyat orqali 
yoshlar o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini anglab boradilar. Ijtimoiy- siyosiy faollik 
nuqtai nazaridan yoshlarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra shartli ravishda ikki 
guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1. Siyosiy-ijtimoiy faol yoshlar. 2. Siyosiy-ijtimoiy 
hayotdan uzoq, faol bo‘lmagan yoshlar. 
Shuningdek, “siyosiy faollik” tushunchasini keng va tor ma’nolarda talqin etish 
mumkin. Keng ma’noda uni yoshlarning davlat va jamiyat qurilishi, O‘zbekistonda 
amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati, mas’uliyati nuqtai nazaridan talqin etish 
mumkin. Tor ma’noda, uni siyosiy ishtiroki va siyosiy munosabatlar nuqtai-nazaridan 
yoshlarni jamiyatning siyosiy hayotida bevosita yoki bilvosita munosabatini ifoda etadi. 
Yoshlarni, bugungi kunda shartli ravishda “siyosiy faol” va “faol bo‘lmagan” guruhga 
bo‘lish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Siyosiy o‘zgarishlarni aniq idrok etgan; 2. 
Demokratik jarayonlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan; 3. Qonunlar qabul qilish, uni 
hayotga tadbiq etishda befarq bo‘lmagan; 4. Mustaqillikni mustahkamlash, Vatan, el-yurt 
va xalqning taqdiri va istiqboli uchun qayg‘urayotgan; 5. Muayyan siyosiy partiya yoki 
ijtimoiy xarakatlar bilan o‘z faoliyatini bog‘lagan, shunga ehtiyoj sezgan; 6.ijtimoiy 
zararli illatlar ko‘rinishlari bilan murosa qilolmaydigan yoshlarni siyosiy faol qatlam
Hozirgi kunda ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga sodiq, bilimli, samarali mehnat 
qilishga qodir fuqarolar, ayniqsa, yoshlar jamiyatning eng asosiy kuchiga aylanib 
bormoqda. Shuning uchun ham XXI asr-intellektual bilimlar asrida inson kapitaliga 
investitsiyalar yo‘naltirishni ustivor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlardagina yuksak 
taraqqiyotga erishish mumkin. Shuningdek, bilimli jamiyatgina tahdid va muammolarni 
engib o‘tishga qodir bo‘ladi. Shu tufayli ham mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 
zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish va yuksak malakali kadrlarni tayyorlash ijtimoiy, 
iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning asosiy omiliga aylandi. Xususan, O‘zbekistonda 
ta’lim islohotlariga asosan, MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib, akademik litsey va 
kasb-hunar kollejlari joriy etilgani katta ahamiyatga egadir. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining tamoyillaridan biri - “o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, 
ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash”2 
milliy siyosatning asosiy qismi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasini 
rivojlantirish, isloh etishga yo‘naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 
10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 
foizdan ortiqni tashkil etishi mazkur sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolat 
beradi. Shuningdek, yuksak malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar yuzasidan 
Prezidentimiz I.A.Karimov “Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimiz, 


ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatmizning yangilanishi hayotimizning taraqqiyoti 
va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimiz samarasi, taqdiri - bularning 
barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli 
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz 
anglab etmoqdamiz”, deb ta’kidlaydi. 
Ayniqsa, bugungi kunda-mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinxona tus olgan 
hozirgi nozik, qaltis sharoitda tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga 
ega”1. Albatta ushbu fikr o‘z vaqtida aytilgan bo‘lib, haqiqatdan ham yoshlarni jismoniy 
barkamolligi bilan bir qatorda ma’naviy sog‘lom, komil insonlar qilib tarbiyalash har 
doim dolzarb hisoblanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid 
siyosatning konstitutsiyaviy asoslari mamlakat yoshlarining huquq va erkinliklarini 
ta’minlab berishni ko‘zda tutadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda o‘tgan asrning 90 
yillarining boshlarida 20 mln.dan ortiq O‘zbekiston aholisining qariyb 42,9 foizini 
mehnat yoshiga etmaganlar tashkil etgan. O‘tgan yigirma yil davomida mamlakatimiz 
aholisi 1,4 barobar ko‘paygan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur ko‘rsatkich ham yuqori - 
32,1 foizdan ortiqni tashkil etadi. Umuman, 30 yoshgacha bo‘lganlar, ya’ni yoshlar 
bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 64 foizdan ortig‘ini, aholining o‘rtacha yoshi esa, 
26,9 yoshni tashkil etmoqda.2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1990 yil 
20 iyunda tashkil etilgan konstitutsiyaviy komissiya oldiga Konstitutsiyada nafaqat 
hozirgi, balki kelajak avlod manfaatlarini ham ifoda ettirish eng muhim vazifalardan biri 
sifatida qo‘yilgan. Bundan tashqari, asosiy qonunimizning 40 - moddasida har bir inson 
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
Mamlakatimizda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi yiliga ikki marta tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘zbekiston 2011 yilda “Bolalarni asraylik” halqaro tashkiloti 
tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat reytingida o‘sib kelayotgan yosh avlod 
salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan davlatlar orasida 9 - o‘rinni 
egalladi. 
O‘zbekistonda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish, ular o‘z 
huquq va erkinlarini anglab etishida huquqiy tarbiyaning o‘rni kattadir. Yoshlarni 
huquqiy tarbiyalash, jamiyatimizning ijtimoiy qadriyati sifatida unga nisbatan ijobiy 
munosabatni shakllantirish muhim vazifadir. Bu borada mamlakatimiz rahbari Islom 
Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “Aholining huquqiy tarbiyasini tubdan yaxshilash, uning 
huquqiy madaniyat darajasini oshirish, huquqiy axborotning keng maydonini yaratib 
berish - huquqiy davlatning qaror topishida muhim yo‘nalishdir”2. Davlatimiz rahbari 
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda lozim 
bo‘lgan vazifalarni belgilab berar ekan, “Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal 
rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p 
jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liq”3 ekanini 
alohida ta’kidlaydi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
“2012-2015 yillarda umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy savodxonlikni 


oshirish, huquqbuzarlikni oldini olish, bu sohada o‘zaro axborot almashish tizimini 
takomillashtirish” bo‘yicha 2012 yil 17 yanvardagi qo‘shma qarori tasdiqlangani 
e’tiborga loyiqdir.Mamlakatmizda amalga oshirilib kelinayotgan demokratik islohotlar 
o‘zining yangi sifat bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi paytda, jamiyatimiz yoshlari 
manfaatlarini yanada kuchliroq darajaga chiqarishga qaratilgan maqsadlar ham belgilab 
olinmoqda. 
Bundan tashqari, davlatning keng qamrovli islohotlar asosidagi siyosatini amalga 
oshirish jarayonida yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini shakllantirish masalasini 
ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etishga ehtiyoj tug‘ilishi tabiiydir. Prezidentimiz Islom 
Karimov ta’kidlaganlaridek: “...aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan 
yoshlarimizning hali-beri echilmagan muammolariga e’tiborimizni jalb etish, ularni 
hayotimizda 
haqiqatan 
ham 
hal 
qiluvchi 
kuchga 
aylantirish 
masalasi 
jamoatchiligimizning diqqat markazida turishi shart”2, deb ta’kidlagan. Chunki 
mamlakatimizda asosiy ijtimoiy demografik ahamiyat kasb etuvchi yoshlarni davlat 
siyosatining faol sub’ektiga aylantirish masalasi ustivor vazifa hisoblanadi. Yoshlarning 
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish har qanday davlat oldida turgan eng ustivor 
vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda yoshlarning ma’naviy-axloqiy 
qiyofasini shakllantirish zaruriyati har doim mavjud. 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Hammamizga teran bir haqiqat 
ayon bo‘lishi kerak - biz yurtimizning ertangi rivoji yo‘lida qanday chuqur o‘ylangan 
dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni 
yaratmaylik, buning uchun qanday ko‘p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini 
amalga oshiradigan, ro‘yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo‘lsa, yuqori 
malakali ishchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun ma’suliyatni o‘z 
zimmasiga olishga qodir bo‘lgan etuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, o‘ylaymanki, hech 
xato bo‘lmaydi”. 
XXI asr - raqobat keskin tus olayotgan bir davrda yoshlarni har tomonlama bilimli, 
yuqori malakali kadrlar qilib etishtirishni taqozo qiladi. Raqobat asri to‘g‘risida 
davlatimiz rahbari aniq - ravshan ta’kidlagan edi, “Bunday sharoitda inson kapitaliga 
yo‘naltiriladigan investitsiya va qo‘yilmalarning o‘sishini, hozirgi zamonda demokratik 
taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda 
eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan 
avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o‘zining asosiy ustivor yo‘nalishlari qatoriga 
qo‘yadigan davlatgina o‘zini namoyon eta olishi mumkin”. 
Xulosa qilib aytganda, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyat ijtimoiy-
siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan Prezident Islom Karimovning 
asarlari va chiqishlaridagi fundamental fikrlar O‘zbekiston yoshlarining kelajakda yuksak 
malakali, ma’naviy va ahloqiy etuk, o‘z Vatani uchun vijdonan xizmat qilishga qodir 
bo‘lgan fuqarolar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 


Yoshlar tashkiloti tushunchasi - yoshlarni jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zining 
munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish va ularning faolligini 
oshirishni maqsad qilib qo‘ygan tuzilma sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan bir qatorda, 
“yoshlar harakati” tushunchasi esa yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy manfaatlarini 
ro‘yobga chiqarish maqsadida tuzilgan tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi.Bundan 
tashqari, 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid 
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi” qonunning 17-moddasida yoshlar 
jamg‘armalari faoliyatining asosiy mohiyati va yo‘nalishi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy, texnikaviy, madaniy va boshqa ijodiy faoliyatni, 
xalqaro 
hamkorlikni 
rivojlantirish, 
yoshlarning 
muammolarini 
hal 
etishga 
ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat - jamoat yoshlar 
jamg‘armalari tashkil etiladi2, deb belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, yoshlar ishlari bilan 
shug‘ullanuvchi tashkilotlar jamoat birlashmalari sifatida ishtirok etadilar. Shuningdek, 
yoshlar jamoat birlashmasining ustavi (nizomi, boshqa asosiy hujjati) da a’zo 
bo‘luvchining yoki qatnashchisining yoshi chegaralab qo‘yilgan (30 yoshgacha) bo‘lishi 
kerak. Yoshlar jamoat birlashmasidagi 30 yoshdan katta a’zolar (qatnashchilar) ko‘pi 
bilan yoshlar jamoat birlashmasiga kirganlar jami sonining 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi 
kerak1. Yoshlarning jamoat birlashmalari yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish 
bo‘yicha davlatning kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqishida 
qatnashadilar. 
Yoshlar tashkilotlari - O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni qo‘llab- quvvatlash, 
ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida nodavlat-notijorat tashkilotlar 
tuzilgan. Chunki Respublikamiz aholisining 64 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Shu 
sababli Respublikamizda yoshlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida O‘zbekiston bolalar jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar tashkiloti, “Kamolot” 
yoshlar ijtimoiy harakati, “Farzandim jigarbandim jamoat birlashmasi”, “Sen yolg‘iz 
emassan” respublika jamoat bolalar jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya 
jamg‘armasi, O‘zbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga 
ko‘maklashuvchi xayriya jamg‘armalari tuzilgan. Shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni quyidagi guruhga 
ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Davlat g‘amho‘rligidagi nodavlat notijorat yoshlar tashkilotlari: - “Kamolot” yoshlar 
ijtimoiy harakati; - “yoshlar muammolari” instituti, - “Bunyodkor” yoshlar tele klubi; - 
“Zakovat” yoshlar intelektual klubi; - “Etakchi” yoshlar markazi; - “yoshlar ijodiyoti” 
saroyi; - “Kamalak” tashkiloti. 
2. Fond va jamg‘arma shaklidagi yoshlar tashkilotlari: - O‘zbekiston “Bolalar sportini 
rivojlantirish” jamg‘armasi; - O‘zbekiston sa’nati va madaniyati jamg‘armasi “Fond 
forum”; - “Sog‘lom avlod uchun hayriya” fondi; - “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi; - 
yosh iqtidorli olimlarni qo‘llab quvvatlovchi “Iste’dod” jamg‘armasi.


3. Siyosiy partiyalar tarkibiga kiruvchi yoshlar qanotlari. - O‘zbekiston “Adolat” SDP 
ning yoshlar qanoti; - O‘zbekiston “Xalq” demokratik partiyasining “Istiqbol” yoshlar 
qanoti; - O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish partiyasi “yoshlar qanoti”; -
O‘zbekiston Respublikasi “Liberal demokratik partiyasi” yoshlar qanoti. 
4. Kasaba uyushmalari tarkibidagi “yoshlar Kengashlari” - O‘zbekiston Respublikasi 
Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining “yoshlar kengashi”; - Viloyat, tuman, 
shaharlardagi hududiy organlar tarkibidagi “yoshlar Kengashlari”. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar 
tashkilotlarini tuzilishi jihatidan ikkinchi tasnifi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: - yoshlar harakatlari va guruhlariga mos bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik 
yirik tashkilotlar. Bunday guruh vakillarining asosiy maqsad va vazifalari bo‘lishi bilan 
birga faoliyatlarini keng ko‘lamda tashkil etgan holda, yoshlarning barcha muammolarini 
bartaraf etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. - yoshlarni ijtimoiy himoya qilishga 
qaratilgan markazlar, klublar, maslahatxonalar va boshqalar kiradi. Yosh olimlar 
assotsiatsiyasi, iqtisodiy ta’lim berishga asoslangan yoshlar yutuqlari, cheklangan 
imkoniyatlarga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari, yoshlar axborot 
maslahatxonalari kabi tashkilotlar. - “yosh rahbarlar” klubi, “Fidoiy” yoshlar klubi, yosh 
olimlar ilmiy kengashlari va boshqalar. Ushbu yoshlar tashkilotlarining turkumlanishi 
yoshlar tashkilotlari tuzilishi, mazmuni va mohiyatini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. 
Yoshlar tashkiloti tushunchasiga aniqlik kiritadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston 
Respublikasida mavjud siyosiy partiyalar tarkibida faoliyat olib borayotgan yoshlar 
qanotlarining yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda o‘z imkoniyatlarini etarli 
darajada ishga solmayotganini kuzatish mumkin. Lekin shunga qaramasdan partiya 
yoshlar qanotlari tomonidan yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar mavjud. 
Siyosiy partiyalar tarkibidagi yoshlar qanotlari mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama 
barkamol va jismoniy etuk inson qilib tarbiyalashda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Bu borada 
yoshlar qanotlari tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar yoshlarga oid 
davlat siyosatining bir qismi sifatida e’tirof etish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi1, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi2, 
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi3 
qonunlar yoshlarga oid huquqiy normalar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasidagi bola huquqlariga oid normalari 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh 
assambleyasining 44-sessiyasida qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi 
Konvensiya mohiyatiga to‘liq mos keladi4. Mazkur Konvensiyani O‘zbekiston 
Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya qilgan. Ushbu konvensiyaning maqsadlari 
uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir yosh, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan barcha 
hatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki 
xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar vakolatlari, 
bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlashga birinchi darajali e’tibor beriladi. 


- 41-moddada: “har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat 
tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”; 
- 45-moddada: “Voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning 
huquqlari davlat himoyasidadir”;
- 64-moddada: “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va 
tarbiyalashga majburdirlar”;
- 66-modda: “Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota- onalari xaqida 
g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”;
-117-moddada: “O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari 
saylash huquqiga egadirlar” kabi me’yorlar belgilab qo‘yilgan1. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari asosida 
qabul qilingan qator qonun hujjatlarini ikki guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi guruhga 1991-2002 yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari. Mazkur davrda 
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi 
(1991), “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi (1992), “Ta’lim to‘g‘risida”gi (1992 yil, 
1997 yil yangi tahrirda) “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (1997) qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasiga, 1992 yilda Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi. 
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning “Respublika yosh ijodlarini davlat 
tomonidan qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” (1992) “O‘zbekistonda ta’lim 
olayotgan yoshlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (1993), “O‘zbekiston 
Respublikasining yosh mualliflariga eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlari uchun Davlat 
mukofotini topshirish to‘g‘risida”(1993), “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining 
“Kamolot” jamg‘armasi to‘g‘risida” (1996), “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholini 
huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini 
takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” (1997), 
“Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab - quvvatlash to‘g‘risida”gi (1999) 
farmonlari e’lon qilindi. 
Ikkinchi guruhga 2001 yildan hozirga qadar qabul qilingan qonun hujjatlarini kiritish 
mumkin. Mazkur bosqichda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (2008), 
“Voyaga etmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari 
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga qo‘shimcha kiritish haqida” (2009), “Voyaga 
etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi 
(2010) qonunlar qabul qilindi. 2008 yilda “Ishga qabul qilish uchun kichik yosh 
to‘g‘risida”gi hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini ta’qiqlash va yo‘q qilishga 
doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi konvensiyalar ratifikatsiya qilindi. Voyaga 
etmagan va yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularni yanada kengroq qo‘llab quvvatlash 


maqsadida yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti (2006), “Kelajak ovozi” respublika 
tanlovi (2006) ta’sis etildi, “Voyaga etmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga 
tarbiyaga olish (potranat) to‘g‘risida” gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi 
(2007), “yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab - quvvatlashga doir qo‘shimcha 
chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon (2007) imzolandi, shuningdek, O‘zbekistonda 
bolalar farovonligini ta’minlash bo‘yicha harakat dasturi (2007), Bolalar musiqa va sa’nat 
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada 
yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va kodekslardan tashqari, bu 
sohada 22 qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 ta farmoni va 11 ta qarori, 
Vazirlar Maxkamasining 41 ta qarori, 32 ta idoraviy-me’yoriy hujjatlar mavjud ekanini 
ko‘rsatdi1. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga 
asoslangan, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi 
normativ - huquqiy hujjatlar tizimi 150 dan ortiq qonun hujjatlaridan tashkil topganini 
e’tirof etish mumkin. 
 yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni tashkiliy-moddiy jihatdan 
ta’minlash; 
 yoshlarga doir qonunchilikda va hukumat tomonidan belgilangan chora- 
tadbirlarni yangilanish va islohotlar jarayoniga mos ravishda bosqichma- 
bosqich amalga oshirish; 
 yoshlar siyosatini yurituvchi nodavlat tuzilmalari tarmog‘ini kengaytirish va 
takomillashtirish, ularning yoshlar tarbiyasidagi faoliyatini kuchaytirish;
 mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning 
faol ishtirokini ta’minlash, O‘zbekistonning buyuk kelajagini qurish yo‘lida 
yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini to‘laroq namoyon etishlari uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish;
 yoshlar muammolarini hal etishga ularning o‘zlarini ko‘proq jalb etish, ularda 
tashkilotchilik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
 yoshlarni siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish 
mexanizmlarini takomillashtirish. 
O‘zbekistonda zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish va yuksak malakali kadrlarni 
tayyorlash ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning asosiy omiliga aylandi. “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturiga” asosan amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar dunyo 
xamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Agar bu islohotlar MDH davlatlari 
orasida birinchi bo‘lib amalga oshirilgani e’tiborga olinsa, ta’lim tizimida akademik 
litseylar va professional kollejlar joriy etilgani olamshumul ahamiyatga ega ekani ayon 
bo‘ladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tamoyillaridan biri - “o‘quvchi yoshlarni 
Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda 
bo‘lish ruhida tarbiyalash”1 milliy siyosatning o‘zagiga aylandi. 2001 yil 30 mayda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” 
yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi qarori, 


shuningdek, 2002 yil 31 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi qarori, 2004 yil 4 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro hayriya 
jamg‘armasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori yoshlarni jismoniy 
barkamol bo‘lib etishishida asosiy rol o‘ynaydi.2004 yil 9 iyulda “2004-2009 yillarda 
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora- 
tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon 
qilindi. Mazkur farmoyishda umumiy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish ko‘zda tutilgan 
bo‘lib, asosiy diqqat va e’tiborni ta’lim muassasalarining binolarini kapital 
rekonstruksiyalash, maktablarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, maktablarni 
o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-uslubiy 
materiallar bilan ta’minlash, ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standartlari va 
dasturlarini takomillashtirish, maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash 
masalalariga qaratish lozimligi alohida qayd etildi2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy 
dasturi” yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini 
belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini 
ta’minlashga xizmat qiladi. 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasida bola 
huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat 
notijorat tashkilotlarining ishtirokiga oid norma kiritilgan. Ushbu normalarning kiritilishi 
yoshlar tashkilotlari vakolatlarini kengayishiga sabab bo‘ldi. 
2008 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy 
rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasini qarori, 2008 yil 13 oktyabrdagi “Bolalarning 
sa’nat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish 
bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi, 2001 yil 26 
iyuldagi “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari 
berish to‘g‘risida”gi qarorlar yoshlarga oid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar sifatida 
e’tirof etiladi. 2010 yil 28 iyuldagi “Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining tadbirkorlik 
faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi prezidentining farmoni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari 
bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalbetish uchun qulay shart-sharoit yaratish 
maqsadida qabul qilingan. 
Yosh tadbirkorlar manfaatlarini ximoya qilish, imtiyozli mikrokreditlar olishda 
ko‘maklashish, yaratilayotgan keng imkoniyatlar bilan ularni tanishtirish, uy mehnati va 
kasanachilikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 2008 yildan buyon 
“Mikrokreditbank” hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi hamkorligida “yosh 


tadbirkor-yurtga madadkor” loyihasi o‘tkazilib kelinmoqda. Harakat tomonidan loyiha 
doirasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkorlarga boshlang‘ich sarmoyani 
shakllantirish uchun eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan 500 barobarigacha 
bo‘lgan miqdorda, 2 yilgacha bo‘lgan muddatga 3-6 foizli imtiyozli mikrokreditlar 
olishda amaliy yordam ko‘rsatiladi. Xususan, “Mikrokreditbank” tomonidan yosh 
tadbirkor va kollej bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan kreditlar miqdori 
yildan yilga oshib borgan. Jumladan, 2010 yilda 3,6 mlrd.so‘m, 2011 yilda 5,5 mlrd so‘m 
2012 yilda 10,1 mlrd.so‘m. Miqdoridagi mikrokreditlar yosh tadbirkorlarga ajratilgan1. 
“Kamolot” YOIH tomonidan yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash va 
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda vaqtincha ishsiz 
yurgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida yoshlarni ishga joylashishlariga 
ko‘maklashadigan “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalari tashkil etilgan. 
Yosh tadbirkorlar uchun mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tartibga 
soluvchi me’yoriy hujjatlar, banklarda kredit siyosatining asosiy talablari, kreditni 
qaytarish jadvali ustida ishlash, naqd pul oqimi jadvalini tuzish, korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakllari, o‘z ishini ro‘yxatdan o‘tkazish muammolari, biznes reja yozish 
talablari, buxgalteriya hisoboti asoslari, korxona faoliyatini moliyaviy tahlili mavzularida 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 

Download 258.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling