Reja: O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi


Download 258.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi258.18 Kb.
#1287874
  1   2   3


Mavzu: Yoshlarga oid davlat siyosati 
Reja: 
1. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi. 
2. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning nazariy - huquqiy asoslari. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi 
bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni haqida. 
1. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid 
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunida yoshlarga beriladigan ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy-huquqiy kafolatlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, bu qonunning 
qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan tashkiliy 
tadbirlarni ham ko‘zda tutdi. Qonunning 1-moddasida “Yoshlarga oid siyosat 
O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustivor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi 
yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari 
yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir,” 
deb yozib qo‘yilgan. 
O‘zbekistonda qurilayotgan fuqarolik jamiyati, hayotimizga kirib kelayotgan 
modernizatsiya jarayonlari va islohotlar samarasi eng avvalo yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirishga qaratilgan. Globallashuv jarayonida demokratik nuqtai-nazardan 
yangilanayotgan, o‘zgarayotgan hayot yoshlarimizni o‘ziga xos sinovdan o‘tkazmoqda. 
Jamiyatning kelajagi yoshlar bilan bog‘liq va ular taraqqiyotning asosiy kuchi 
hisoblanadi. O‘z navbatida yoshlarimiz ham ilm-fan va boshqa sohalarda erishayotgan 
yutuqlari bilan davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka munosib javob 
bermoqdalar. 
Shu 
bois 
mamlakatimizda 
jamiyatni 
demokratlashtirish, 
modernizatsiyalash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida 
yoshlarning o‘rni kuchayib bormoqda. Yoshlarga doir olib borilayotgan davlat siyosati: 
bu borada mavjud qonunchilik, yangi qarorlarning qabul qilinishi va islohotlarning 
amalga oshirilishi mustahkam kuchli tayanch bo‘lmoqda. O‘zbekistonda yoshlarga 
mamlakatning kelajagi sifatida e’tibor berilib, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun 
qulay sharoitlar yaratib kelinmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga 
asoslanadi: 
— 
millati, 
irqi,
tili, 
dini, 
ijtimoiy 
mavqei, 
jinsi, 
ma’lumoti 
va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; 


— yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; 
— milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy 
aloqasi; 
— yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin 
tanlab olishlariga kafolat berish; 
— jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va 
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; 
— huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligini ta’minlash. 
Yoshlarga oid davlat siyosati yuqoridagi qoidalarga binoan o‘z mazmunini doimiy 
takomillashtirish, muntazam ravishda o‘z e’tiborini jamiyat hayotining eng murakkab 
jihatlariga qaratish yo‘nalishlarida keng rivojlantirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodga qaratilgan davlat siyosatining bosh 
tamoyillari davrga hamohang tarzda takomillashib, o‘z mazmunini boyitib hamda ichki 
sur’atini namoyon etib bormoqda. Buning natijasida yoshlarga oid davlat siyosatining 
amalga oshirilishi sohasida O‘zbekiston Respublikasida quyidagi vazifalar belgilandi: 
— respublika hududida yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy 
va tashqiliy asoslarini belgilash; 
— yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va 
ta’minlash; 
— yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish; 
— yoshlarga oid davlat siyosati sohasida Respublikada kompleks va aniq maqsadli 
dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish
— yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan moliyaviy 
mablag‘larni tasarruf etish; 
— respublika yoshlarining manfaatlarini O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari 
doirasida ifodalash; 
— respublika hududida yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini 
huquqiy jihatdan tartibga solish; 
— respublika yoshlarining, yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va tashqiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; 
— hamma huquq sub’ektlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida 
yoshlarga nisbatan belgilab qo‘yilgan majburiyatlariga rioya etishlarini nazorat qilish, 
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid siyosatni shakllantirish hamda amalga 
oshirishning boshqa masalalari. 


Yuqorida belgilangan vazifalar asosida mamlakatda ta’lim sohasini bosqichma-
bosqich, aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda isloh qilish bo‘yicha uzoqni ko‘zlagan 
dasturlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Chunki jamiyatning kelajagi yoshlarning 
tarbiyasi va ta’lim olishlari, oliy insoniy qadriyatlarni o‘zlashtirishlari, ijtimoiy faoliyatga 
tayyorligi bilan belgilanadi. Umummilliy dasturlar doirasida o‘tgan davr mobaynida 
yurtimizdagi ta’lim muassasalari: maktablar, litsey va kollejlarning zamonaviy moddiy-
texnik va o‘quv bazasini shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
yangi standartlar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish borasida 
ko‘lami va ma’no-mazmuniga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya natijasida yoshlarga har tomonlama 
g‘amho‘rlik ko‘rsatilmoqda. Masalan, Oliy o‘quv yurtlariga shartnoma asosida o‘qishga 
qabul qilingan yoshlarga imtiyozli kredit olib o‘qishlarini davom ettirayotganlari 
va muddatli harbiy xizmatni o‘tab imtiyozli ball yordamida Oliy o‘quv yutlariga o‘qishga 
kirayotgan yoshlarni ta’kidlash o‘rinli. Yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirish 
ular bilan ishlashning eng muhim yo‘nalishi va ularni jamiyatning ijtimoiy faol qismi 
sifatida tarbiyalashning bosh omili bo‘lib qolmoqda. Bu o‘rinda ma’naviy va jismoniy 
barkamol avlodni voyaga etkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat 
miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni 
izchil va qat’iyatlilik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida 
turganini yana bir marotaba ta’kidlab o‘tmoq lozim. Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya 
qilish jismoniy, aqliy, axloqiy jihatdan o‘sishini va O‘zbekiston xalqining manfaatlari 
yo‘lida ijtimoiy kamol topishini ta’minlash uchun yosh fuqarolar va ularning oilalariga 
beriladigan davlat kafolatlarini o‘z ichiga oladi. 
Fuqarolik jamiyati ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy 
tazyiqlardan holi bo‘lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi 
munosabatlar majmuidan iborat ekanligi hamda fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun 
oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi, yoshlarning ijodiy 
salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga keng imkoniyat yaratilgan. 

Download 258.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling