Reja: O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston


Download 258.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana23.03.2023
Hajmi258.18 Kb.
#1287874
1   2   3
 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi 
bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni haqida. 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib 
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2020-yil 30-iyundagi so’zlagan nutqida quyidagilarni 
PF ga ilova qilgan: 
O‘zbekistonda 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak 
natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida 
“Mard o‘g‘lon” davlat “Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, 
ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga 
qaratilgan tizimli ishlar amalga mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. 
Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning 
axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni 
targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta 
muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va 
yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar 


o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy 
ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy 
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator muammolar saqlanib qolmoqda. 
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar 
sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini 
samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 27-dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida 
belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — 
hududlar, vazirlik, idora va tashkilotlar kesimida yoshlar siyosati samaradorligini baholab 
borish va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilash
mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosati 
samaradorligini ta’minlash choralarini ko‘rsin; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish 
agentligi direktori — yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni 
nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni 
hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qo‘llab-
quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institutsional tizimini joriy etsin; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va 
tuman (shahar) hokimlari — yoshlar muammolarini o‘rganib, ularning hal etilishiga 
ko‘maklashsin, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha 
qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar 
yuzasidan har oyda kamida bir marotaba tegishli xalq deputatlari Kengashlari 
sessiyalarida hisobot berib borsin. 
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.” 
Xulosa 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘tgan yillar ichida O‘zbekiston Respublikasida 
yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha huquqiy baza shakllantirilib, yoshlar 
tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va ta’minlovchi iqtisodiy va huquqiy mexanizm 
yaratilgan. Umuman olganda, mamlakatimizda xalqimizga xos yuksak ma’naviy
qadriyatlar va eng yaxshi an’analar ruhida kamol topayotgan, Vatanimiz taqdiri, uning 
kelajagi va ertangi kuniga mas’ullik tuyg‘usini teran anglaydigan, davlatimiz rahbari 
tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida 
hayotimizning barcha jabhalarini isloh qilish va yangilash bo‘yicha tobora jadallashib 


borayotgan ishlarga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida o‘qishda, ishda katta yutuqlarga 
erishishga intilayotgan barcha yigit-qizlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. 
O‘zbekistondagi yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri iqtidorli yoshlarni 
ilm-fanga keng jalb etishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat 
stipendiyalariga o‘qishda va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar 
sazovor bo‘lmoqda. Shuningdek, bir qator maxsus stipendiyalar ta’sis etilgan. Yoshlar 
salohiyatini rivojlantirish borasidagi bunday g‘amxo‘rlik o‘z samaralarini berayotir. Bu, 
jumladan, har yili o‘tkaziladigan Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va 
loyihalar yarmarkasida yosh olimlar va talabalar tomonidan taqdim qilinayotgan istiqbolli 
yangiliklar soni tobora ortib borayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar: 
1. 
Www.muxlis.uz
 
2. 
Www.news.uzreport.uz
 sayti 
3. 
Www.uza.uz
 
4. 
Www.Fikr.uz
 
5. 
Www.Uzedu.uz
 
6. 
https://lex.uz/ru
 sayti. 

Download 258.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling