Reja; O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritish tomon yo`l tutishi. Islom Karimov-O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Download 29.04 Kb.
|
ijtimoy iqtisodiy mustaqillikgacha
Reja; 1. O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritish tomon yo`l tutishi. 2. Islom Karimov-O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti. XX asrning 80-yillari oxirida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o`z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to`planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi. 1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro`y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo`lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo`shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o`z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi. Farg’ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to`g’ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o`qiyotgan farg’onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish uyushtirib, Farg’ona voqealari haqida «noto`g’ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo`ydilar. 1989 yil 8 iyunda Qo`qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o`qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo`ldi (ularning ko`pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig’i esa yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo`lgan millatlararo to`qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o`qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo`lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o`t qo`yilib, vayron qilingan. Farg’onada uyushtirilgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral-mart oylarida Bo`ka va Parkent, 1990 yil iyunda O`sh va O`zganda ham Shunday urinishlar bo`ldi. Yovuz kuchlar o`z maqsadiga erisha olmadilar. O`zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko`rilgan Chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi. Yovuz kuchlar o`z maqsadiga erisha olmadilar. O`zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko`rilgan Chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o`zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o`zbek xalqining mustaqillik uchun bo`lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o`rinda O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil-23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I. Karimov O`zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o`rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so`m qo`shimcha mablag’ ajratildi. 1991-yilga kelib O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O`zbekiston Oliy Kengashi «O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’risida» maxsus qaror qabul qildi. O`zbekistonning o`z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyulida O`zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «O`zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo`ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O`zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o`tkazish» to`g’risida qabul qilgan qarori ham O`zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov, O`zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati O`zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isbotidir. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz o`zining ta’sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo`ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo`lmaydigan Choralar to`g’risida» qo`shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9 Q 1» (9 respublika Q Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo`lganini ko`rsatadi. “Mustaqillik davrida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi aholi xarid qobiliyati bo‘yicha 3,4 marta – 27,1 milliarddan 92,3 milliard AQSh dollariga, sanoat mahsulotlari hajmi esa 3 marotaba oshdi. 2004-yildan buyon respublika iqtisodiyoti yiliga 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. Mustaqillik davrida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning hissasi 17,6 foizdan 24 foizgacha, xizmatlar ulushi esa 33,8 foizdan 49 foizgacha o‘sdi. Avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati singari sanoatning yangi sohalari yaratildi” Mustaqillik yillarida O‘zbekiston izchil ravishda jahon xo‘jalik munosabatlari tizimiga kirib borgani ham ushbu axborot materialida qayd etiladi. 2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti tashqi ta’sirlarga nisbatan barqaror ekanligini namoyon etgani holda, Inqirozga qarshi choralar dasturining amalga oshirilishi korxonalarni modernizatsiyalash va ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi. O‘zbekiston Respublikasini mustaqillik yillarida iqtisodiy – ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi statistik to‘plam chop etildi. Mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, sog‘liqni saqlash tizimini kompleks isloh qilish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 67,2 yoshdan 73,1 yoshga uzaydi, onalar va chaqaloqlar o‘limining barqaror ravishda uch baravardan ortiq kamayishiga erishildi. Shu davrda aholi jon boshiga real pul daromadlarini, avvalo, xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar evaziga 3,7 barobar oshirish ta’minlandi. Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar aholi umumiy daromadining 47 foizini tashkil etmoqda. Daromadlarning oshishi bilan bir qatorda aholining iste’mol xarajatlari tarkibida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi, jon boshiga o‘rtacha go‘sht, sut, sabzavotlar, kartoshka, mevalar kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ko‘paydi. Sifatli nooziq-ovqat tovarlaridan foydalanish, ayniqsa, murakkab maishiy texnika, kompyuterlar, avtomobillar, shuningdek, turli xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham o‘sdi. Bunga o‘tgan yillar davomida keng turdagi iste’mol tovarlarini o‘zimizda ishlab chiqarish va maishiy xizmatlarni tashkil etish, ya’ni ularni tegishli ravishda 4,7 va 8,3 barobarga oshirish hisobiga erishildi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli ayniqsa 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining naqadar to‘g‘ri ekanini yana bir bor isbotladi. Yurtimizda o‘tgan yillar davomida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va boshqa institutsional tizimlari aynan ana shu tamoyillar negizida shakllanib, faoliyat olib bordi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor dastur va rejalari, jumladan, Inqirozga qarshi choralar dasturi ham shu asosda ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shuning hisobidan biz bugungi kunda sobiq sovet tuzumidan qolgan og‘ir illatlarning xatarli tahdidlarini yengib o‘tish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan saqlanish uchun ishonchli to‘siq va mustahkam poydevor yaratish bilan birga, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini, aholimizning hayot darajasi va farovonligi uzluksiz oshib borishini ta’minlashga erishmoqdamiz. Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi. Milliy davlatchiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan. Xorijiy davlatlarning mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan elchixonalari rahbarlari Vatanimiz istiqlolining 20 yillik bayrami arafasida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ygani ham ularning milliy an’analarimizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromi ifodasidir. Mamlakatimizda o‘tadigan umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘yish an’anaga aylandi. Shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, turli maqomdagi delegatsiyalar vakillari va boshqa mehmonlar Monument poyiga gulchambar qo‘yishi ham taomil tusini oldi. Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni, qulay investitsion muhitni shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank-moliya tizimini rivojlantirishni normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari alohida o‘rin egalladi. Bu davrda xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mamlakatimizda har tomonlama baquvvat mulk egalari sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishni ta’minlash, tadbirkorlik, avvalo kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etishni ko‘zda tutadigan qonun hujjatlarining butun bir majmuasi qabul qilindi. Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta’minlashga yo‘naltirilgan bunday va boshqa bir qator tadbirlar 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi. Bu xulosalarni tasdiqlaydigan raqamlar haqida gapiradigan bo‘lsak, og‘ir kelgan 2009 yilda mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga o‘sgani, sanoat sohasi 9 foizga, iqtisodiyotimizga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 26 foizga, shu jumladan, tashqi investitsiyalar 68 foizga oshgani, tashqi savdoning ijobiy saldosi 2,3 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etgani, o‘rtacha oylik darajasining o‘sishi 40 foizga, aholi daromadlari esa 26,5 foizga ko‘payganini ta’kidlash lozim. Mana shu misollarning o‘ziyoq biz erishgan ko‘pgina yutuqlarning yaqqol dalili bo‘la oladi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishga oid vazifalarni amalga oshirish jarayonida davlat boshqaruvi sohasi va sud-huquq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda ikki palatali parlament tashkil topishi bilan qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli bo‘lishiga erishish, o‘zaro mutanosiblik va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish, umumdavlat va hududlar manfaatlari inobatga olinishini ta’minlash, aholining ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki ko‘lamini kengaytirish uchun real imkoniyatlar yuzaga keldi Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday o‘zgarish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda eksport asosan xom ashyo yetkazib berishdan iborat bo‘lib, dunyo bozoridagi narx-navo o‘yinlariga haddan tashqari bog‘lanib qolayotgani ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan chiqaradigan jiddiy faktorga aylanmoqda. Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlarimizning natijasidir. Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor. Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga sazovordir. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p demakdir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir. Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. YAqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi. Bosib o‘tgan yo‘limizni va mamlakatimizning dunyoda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar jarayonida tutgan o‘rnini xolis va tanqidiy baholar ekanmiz, biz erishgan yutuqlarimizga mahliyo bo‘lib qolmasligimiz, ortiqcha havolanish va xotirjamlik tuyg‘usiga berilmasligimiz zarur. Bugun biz yashayotgan globallashuv va tobora kuchayib borayotgan raqobat asrida faqat chuqur islohotlar va modernizatsiya yo‘lidan tinimsiz va qat’iyat bilan rivojlanib borish natijasida o‘z oldimizga qo‘ygan istiqbolli maqsadlarga – taraqqiy topgan, farovon yashayotgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashga erisha olamiz. Download 29.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling