Reja: O`zbekistonning ma`muriy-hududiy bo`linishi va iqtisodiy rayonlarini shakllanishi
Download 84 Kb.
|
14. O\'zbekistonning iqtisodiy rayonlari.
Iqtisodiy tamoyil - shu iqtisodiy rayoninig ixtisoslashgan tarmoqqa ega ekanligi, uning xo`jaligi kompleks holda rivojlanishi, ixtisoslashgan tarmoqlarni uzoq vaqt xom ashyolar bilan ta`minlaganligida aks etadi. Xududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni mamlakatning boshqa qismlarida ishlab chiqariladigan hududi shuningdek mahsulotdan arzonroqqa tushishi, ko`proq ishlab chiqarish imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy rayonlashtirishda milliy tamoyil ham O`zbekiston singari ko`p millatli mamlakat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki O`zbekistonda 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Shulardan 76 foizini o`zbeklar tashkil etadi. Bir qator millat vakillari (qoraqalpoqlar, qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar va b.) ayrim hududlarda tup-tup bo`lib yashaydilar. Iqtisodiy rayonlarga ajratilayotgan paytda shu millat va elatlar manfaatiga zid ish qilmaslik kerak. Ularning an`anaviy xo`jalik tarmoqlari, milliy madaniyatlari rivojlantirishga e`tibor berish kerak. Milliy chegaralar, boshqa millat vakillari yashaydigan hududlarning chegaralari iqtisodiy rayonlar chegarasiga mos kelishi kerak. Iqtisodiy rayonlashtirishda ma`muriy chegaralarni ham hisobga olish lozim. Tumanlar, viloyatlar to`la bir iqtisodiy rayon ichida bo`lishi kerak. Iqtisodiy rayonlarning chegaralari ma`muriy chegaralarga mos bo`lishi shart. Bular ma`muriy tamoyil deb yuritiladi. Iqtisodiy rayon xalq xo`jaligining rejali va mutanosib rivojlanishi iqtisodiy qonuniyatlar ta`sirida taraqqiy etmoqda. Ammo har bir iqtisodiy rayon o`zining yetakchi asosiy xo`jalik tarmoqlarigi ega. Bu xo`jalik tarmoqlari iqtisodiy rayonning asosiy qiyofasini, ravnaqi va mamlakat iqtisodiyotidagi ro`lini aks ettiradi. Iqtisodiy rayonlashtirish - mamlakat hududining xalq xo`jaligi rivoji nuqtai nazaridan iqtisodiy qismlariga - rayonlarga ajratish deb tushunilishi mumkin. Iqtisodiy rayonlashtirish mamlakatning hududiy - iqtisodiy tarkibini aks ettiradi. Undagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Bu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning ma`lum tarmoqlar bo`yicha ixtisoslashgan rayon doirasidagi va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Rayonlashtirishning asosiy omillaridan biri transportdir. Dunyodagi barcha davlatlarda milliy, siyosiy va ma`muriy-hududiy bo`linish rayonlashtirishni amalga oshirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Iqtisodiy rayonlashtirish mamlakat hududiy mehnat taqsimoti, ayrim joylarning o`zlashtirish darajasi, aholi zichligi transport vositalarinig qay darajada rivojlanganligi, yirik shaharlar yoki iqtisodiy markazlarning bor yo`qligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling