Reja: O`zbekistonning ma`muriy-hududiy bo`linishi va iqtisodiy rayonlarini shakllanishi


Toshkent iqtisodiy rayoni xo`jaligi geografiyasi


Download 84 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi84 Kb.
#1520545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14. O\'zbekistonning iqtisodiy rayonlari.

Toshkent iqtisodiy rayoni xo`jaligi geografiyasi. Toshkent iqtisodiy rayoni ma`muriy jihatdan Toshkent viloyatidan iborat bo`lib, uning maydoni 15.6 ming km2, aholisi 5.5 mln. (2000 yil). U respublikaning shimoliy-sharqiy qismida, Surxondaryoning irmoqlari Chirchiq va Oxangaron daryolari okib o`tadigon vodiylarni egallaydi. Uning iqtisodiy geografik urni juda qulay. Bu qulaylik avvalo iqtisodiy rayonni Farg`ona vodiysi, Mirzachul va Zarafshon voxalari chorraxasidaligida, yana ham kattaroq qamrovda qaralsa, O`zbekistonning chorvachilik, paxtachilik tarkib topgan hududlarini Hamdo`stlikning Yevropa qismi, Qozog`iston hamda Sibir bilan bog`lanadigan temir yo`llarning Toshkent iqtisodiy rayoni ustidan o`tganligidadir. Shular tufayli Toshkent iqtisodiy rayoni o`ziga tutash hududlarni bir-biriga iqtisodiy bog`lovchi tugun hisoblanadi. Toshkent geografik urniga hos qulayliklar e`tiborga olinib O`zbekistonning poytaxti 1930 yilda Samarqanddan Toshkentga ko`chirildi. Poytaxtning shu shaharga ko`chirilishi bilan iqtisodiy rayonning iqtisodiy geografik o`rni yana ham yaxshilandi. Rayon yer yuzining tuzilishi (tog`, tog` oldi, daryo vodiysi va tekislik)ning xilma-xilligi hamda sanoatning yuksalganligi qishloq xo`jaligi tarmoqlari tarkibiga jiddiy ta`sir etgan.
Rayonning tekislik qismi dengiz satxidan 250-450 metr balandga joylashgan Chirchiq va Oxangaron vodiylaridan iborat. Bu vodiylarning Sirdaryo tomon 100 km dan ortiq masofada bir maromda pasayib borishi sug`orib dehqonchilik yuritishni osonlashtiradi. Shu tufayli bu yerlardan uzoq zamonlardan buyon xo`jalik maqsadlarida foydalanib kelinadi. Endilikda tekisliklarning tabiiy ko`rinishi butkul o`zgargan. Tog` va tog` oldilarida yillik yogin miqdori 500-700 mm. Yog`inning bahorda ko`p bo`lishi ekinlarni, ayniqsa mevali daraxtlarni sug`ormay o`stirish imkonini beradi. Tog`lardagi oqib tushayotgan daryolardan faqat daraxtlarni sug`orishdagina emas, balki elektr quvvati olishda ham foydalanilmoqda. O`tmishda tog`lardagi o`rmonlardan palapartish foydalanib, ular nes-nobud qilingan. Natijada uzoq yillar davomida qaror topgan tabiat unsurlarining o`zaro aloqalariga jiddiy putur yetkazgan-endilikda tog` yon bag`irlarida kun ilishi bilanoq qorlar erib, yomg`ir suvlariga qo`shilib, sel hosil bo`lmoqda. Shuning uchun seldan saqlaydigan inshoatlar va suv omborlari barpo qilinmoqda. Iqtisodiy rayon suv bilan yaxshi ta`minlangan. Suvga bo`lgan ehtiyojni asosan Chirchiq, Oxangaron daryolari qondiradi. Chirchiq daryosi Oxangaron daryosiga nisbatan sersuv va elektr quvvati imkoniyatlariga boy.
Iqtisodiy rayondagi Obikor maydonlarining 70 % ga yaqinini Chirchiq daryosi sug`oradi.
Chirchiq daryosi sug`orishdan tashqari Toshkent, Chirchiq, Yangi yo`l kabi yirik shaharlarning aholisini ham, ulardagi sanoat korxonalarini ham suv bilan ta`minlaydi. Chirchiq suvidan yanada samarali foydalanish maqsadida uning yuqori oqimida sig`imi 2 mlrd. Kub m. Bo`lgan Chorvoq suv ombori barpo etilgan.
Iqtisodiy rayonning ko`p qismida o`simliklarning o`sish muddati 200 kundan ortadi. Quyosh radiatsiyasi esa 4000-5000 darajaga yetadi. Iqlim sharoiti o`rta pishar paxta yetishtirishga, sabzovot ekinlaridan yiliga 2-3 marta, bedadan 4-5 marta xosil olishga imkon beradi, Shu bilan birga bahor va kuzda ba`zan kunlar to`satdan sovib ketib, mevali daraxtlar, xatto paxta ham sovuqdan zarar ko`radi.
Qazilma boyliklarning xilma-xilligi jihatdan birorta rayon Toshkent iqtisodiy rayonga teng kelolmaydi. Rayonda oltin, mis, qo`rg`oshin, marmar, shisha, ko`mir, oxaktosh konlari hamda boshqa konlar bor. Bu konlar aholi zich joylashgan hamda qishloq xo`jaligi rivojlangan nohiyalar yaqin ekanligidan iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Rayonning o`zida neft va gaz boyliklari yuk, ular Buxoro-Navoiy va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlaridan keltiriladi.
Angren ko`mir xavzasi Toshkent iqtisodiy rayonidagi emas, balki butun Markaziy Osiyoda ham eng yirik ko`mir koni hisoblanadi. Ko`mir qatlamlari yer yuziga yaqin joylashgan va qatlamlar orasida alyuminiy, sement va keramika ishlab chiqarishda xom ashyo bo`la oladigan gilmoya ko`p uchraydi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling