Reja: O'zbekistonning o'z istiqlol va demokratik taraqqiyot yo'lining besh tamoyili hamda ularning amaliy samaralari. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-tarixiy, ma'naviy- axloqiy asos-manbalari


O'zbekistonda jamiyat rivoji va demokratik tsivilizatsiya


Download 215 Kb.
bet8/10
Sana07.05.2023
Hajmi215 Kb.
#1440060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1548922318 73915

O'zbekistonda jamiyat rivoji va demokratik tsivilizatsiya
Eng avvalo, «tsivilizatsiya» tushunchasining mohiyati xususida to'xtaylik. Tsiviilizatsiya ma'lum xalq va mamlakati yoki region hududida ro'y bergan ko'tarilish, yuksalishdir. Tsivilizatsiyalar ko'pincha tarixning burilish nuqtalarida sodir bo'ladi. Jamiyatning barcha sohasida jiddiy rivojlanish ro'y berib, taraqqiyot progressiv yo'nalish kasb etadi. Shuning uchun ham «tsivilizatsiya» va «progress» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi. Ular bir-birini to'ldiradi, biri ikkinchisiga manba bo'lib xizmat qiladi.
Tsivilizatsiya yoki progress ro'y berishi uchun birinchi navbatda xalq qullikdan, mutelikdan, qaramlikdan xalos bo'lib, erkinlikka chiqishi kerak. Kushonlar davri tsivilizatsiyasi yoki Somoniylar davri, Temuriylar davri tsivilizatsiyasi degandek, har qanday tsivilizatsiya davrida inson o'z qobiliyati va iste'dodini erkin rivojlantirish uchun katta imkoniyalarga ega bo'ladi. Tsivilizatsiyada barcha odamlar, xalqlar ishtirok etadi. Masalaning bu tomonini izohlar ekan, Islom Karimov shunday yozadi: «Har qanday tsivilizatsiya ko'pdan ko'p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir».23
O'zbek xalqi, O'zbekiston xalqlari erkinlikka chiqqandan so'ng iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy sohalarda jiddiy yangilanish, rivojlanish uchun sharoit yaratildi. «Bizning ajdodlarimiz, xalqimiz qadim-qadimdan o'troq yashagan, millatimizning iligi o'troq madaniyat sharoitida qotgan O'zbek xalqining iligi to'q, baquvvat…».24 Prezidentning bu gapi bejiz aytilmagan. O'zbek xalq tarixiy rivojlanish davomida juda ko'p tsivilizatsiyalarning ijodkori bo'lgan. Mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbekistonda yangi tsivilizatsion vaziyat qaror topa boshladi. Bunga bir tomondan erkinlikka chiqqan odamlarda qobilyat va iste'dodlarning gurkirab rivojlanish bo'lsa, ikkinchi tomondan Prezident Islom Karimovning chinakam xalqparvar siyosati sabab bo'ldi. Doktorlar Levitin va Karlayllarning teran tahlil va mazmunga ega bo'lgan «Islom Karimov – yangi O'zbekiston Prezidenti» nomli kitobida quyidagi fikrlar O'zbekistonning kelajagi buyukligidan dalolat beradi. «Tasavvurimizcha, - deb yozadi mualliflar, - O'zbekiston dunyo misolida alohida tsivilizatsiyaviy imidj kuchayishi, tsivilizatsiyaviy o'z-o'zini anglashning o'sishi bilan ish ko'rayotir».25 Bu e'tirofda, birinchidan, O'zbekistondagi taraqqiyot mezonlariga chetdan turib, xolisona baho berilmoqda, ikkinchidan, bu taraqqiyotning milliy o'ziga xosligining mohiyati ochib berilmoqda. Islom Karimov o'zbek xalqining mentaliteti xususda fikr yuritar ekan, “lof tuyulsa ham, aytishim kerak: bizda ona zaminga mehr alohida e'tiqod darajasiga ko'tarilgan”26, deb takrorlaydi.
Sharq donishmandi, deb nom olgan, dunyo tanigan adib Chingiz Aytmatovning quyidagi e'tiroflari uzukka ko'z qo'ygandek haqqoniy va ulug'vor jaranglaydi. “Evropa uyg'onishi uchun Vizantiya qanchalar muhim rol o'ynagan bo'lsa, Osiyoning uyg'onishi uchun o'zbeklar ham shunchalik muhim rol o'ynagan”.27 Bu fikrlar qisqa, ammo juda teran va yuksak mazmunga ega. Jahon xalqlariga bu fikrni eslatish O'zbekistonning obro'siga obro', hurmatiga hurmat qo'shadi.
O'zbekistonda qaror topayotgan yangi demokratik tsivilizatsiya mustaqillik tafakkurini shakllantirish bilan bevosita bog'liq.

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling