Reja: O'zbekistonning o'z istiqlol va demokratik taraqqiyot yo'lining besh tamoyili hamda ularning amaliy samaralari. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-tarixiy, ma'naviy- axloqiy asos-manbalari


- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; -


Download 215 Kb.
bet7/10
Sana07.05.2023
Hajmi215 Kb.
#1440060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1548922318 73915

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- Vatanparvarlik.19
Prezident o'zining barcha asarlari, ma'ruza va nutqlarida iqtisod bilan ma'naviyatning uyg'unligini ta'minlash vazifasini ilgari suradi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun odamlarni ma'naviy poklash, ularning dunyoqarashi va ongini yuksak ideallar asosida yangilash O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot dasturida muhim o'rin egallaydi. “Biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma'naviy o'nglash, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un bo'lishini istaymiz”20 – deb qayta-qayta takrorlaydi, Islom Karimov. “Milliy kamolot yo'lining mohiyatini ochmoqchi bo'lsak, eng avvalo, ma'naviyat va iqtisodning bir-biri bilan uzviy birligini esdan chiqarmaslik kerak, ba'zi birovlarning, - deydi Yurtboshimiz, - xadik olib, erkin bozor sharoitida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning qimmati tushib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanadi, degan fikrlari o'rinsiz”.21
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini aniqlashda, ya'ni «o'zbek modeli»ni ishlab chiqishda Prezident o'zbek xalqining tarixan tarkib topgan mentalitetini chuqur tahlil qiladi. Jumladan, o'zbek xalqiga tarixan xos bo'lgan kollektivchilik asoslari an'anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladi. Kattalarni hurmat etish, oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ochiq ko'ngillilik, millatidan qat'iy nazar odamlarga hayrixohlik bilan munosbatda bo'lish, o'zgalar kulfatiga hamdard bo'lish va boshqa mehnatsevarlik va adolatparvarlik kabi o'nlab fazilatlar o'zbek xalqi mentalitetiga xos xususiyatlardir.
Ma'naviy poklanish borasidagi vazifalar xususida to'xtar ekan, Prezident shunday deb yozadi: «Yurtiga, Vataniga muxabbat insonparvarlik tuyg'ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azali xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomilashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O'zbekistonning munosib o'g'il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning, asosiy yo'nalishini tashkil etmog'i kerak».22 Eng muhimi, kishilarning dunyoqarashi, mehnatga munosabati, mehnatdan rag'batlantirish manbalari, hayotga munosabati o'zgarmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, xalqning kelajakka ishonchi eng katta kuch, eng katta boylik, istiqlolning eng buyuk garovidir.

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling