Reja: O'zbekistonning o'z istiqlol va demokratik taraqqiyot yo'lining besh tamoyili hamda ularning amaliy samaralari. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-tarixiy, ma'naviy- axloqiy asos-manbalari


Mustaqillik tafakkurining asosini quyidagilar tashkil etadi


Download 215 Kb.
bet9/10
Sana07.05.2023
Hajmi215 Kb.
#1440060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1548922318 73915

Mustaqillik tafakkurining asosini quyidagilar tashkil etadi:
- O'zbekiston istiqboli va istiqloli haqida qayg'urish;
- o'zining va o'z xalqining, Vatanning qadru-qimmatini, or-nomusini anglab, uni halol qilish;
- yuksak g'oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og'ushida mehnat qilib, iste'dodi, bor imkoniyati, kerak bo'lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishdir.28
Islom Karimov qaror topayotgan yangi tsivilizatsiyaning manbalarini birma-bir izohlab beradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
Birinchidan, bizda buyuk tarix va buyuk ma'naviy meros bor.
Ikkinchidan, mamlakatimizning bexisob er osti va er usti boyliklari, tabiati, iqlimi bor.
Uchinchidan, mehnatkash, g'ayratli, bunyodkor xalqimiz bor.
To'rtinchidan, mamlakatimizning, xalqimizning intellektual salohiyati, aqliy boyligi.29
O'tkazilayotgan islohotlar respublika fuqarolarining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi va fidoyilarinin namoyon etishda ularga yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Tobora ko'proq kishilar iqtisodiy mustaqillik ko'rsatmoqdalar, o'z kuchlari, qobiliyatlari va bilimdonliklarini foydali suratda qo'llash yo'llarini izlamoqdalar. Shu tariqa yangi demokratik tsivilizatsiya tobora ko'zga yorg'inroq tashlanib bormoqda. Mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini aniq-ravshan ta'riflab berish, uni amalga oshirishning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish Prezident Islom Karimov zimmasiga katta og'ir mas'uliyat yuklagan edi. Yurtboshimiz bu mas'uliyatni sharaf bilan uddaladi. Islom Karimovning birinchi ilk asari “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” asari noyob, tengi yo'q hayotiy qo'llanmadir. Prezident Respublikamiz taraqqiyot yo'lini, nafaqat, nazariy ishlab chiqdi, balki shu bilan birga uni amalga oshirish uchun sabot bilan kurash olib bordi. Bu yo'ldagi og'ir sinovlar, qiyinchiliklar, to'siqlar orqada qoldi. Endilikda O'zbekiston butun jahon hamjamiyati tan olgan, porloq kelajak sari dadil olg'a ketayotgan mamlakatdir. Prezident ishlab chiqqan besh tamoyil hali uzoq yillar rivojlanish dasturi bo'lib xizmat qiladi. «O'zbek tsivilizatsiyasi” degan tushuncha tarixda muhrlanib qoladi.

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling