Reja: O’zi yurar strelali kranlar 2
O’zi yurar strelali kranlar
Download 287.4 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobilь kranlari.
O’zi yurar strelali kranlar
: qurilish montaj, yuklash-tushirish ishlarida foydalaniladi. Ularni yaxshiligi, uzatmalarni aloxida ekanligi. Bu unga bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda keng imkoniyat yaratadi. Yuritish moslamalariga qarab: avtomobil kranlari , damlanuvchi g’ildirakli, maxsus avtomobillar shassisiga o’rnatilgan, zanjirli, qisqa shassili, traktorlar va pritseplarga o’rnatilgan bo’ladi. Uzatmalariga qarab bir yoki ko’p motorli bo’ladi. Ko’p motorli kranlar dizelь yoqilg’ili, elektrli , dizelь-elektrli, gidravlik, va umumlashgan bo’ladi. Xizmati va strela jixozlariga qarab: strela uzunligi o’zgarmaydigan va o’zgarib turuvchi , teleskopli talablarda ishlab chiqariladi. Masalan MKG-25BR- zanjirli montaj krani, minoraligacha bo’ladi, strela jixozlari va zanjirli xarakatga ega, yuk ko’tarish cheg arasi 25 t. Avtomobilь kranlari. Avtomobil kranlarining yuk ko’taruvchanligi 4; 6,3; 10; 16 t bo’ladi. Ular ikki yoki uch o’qli avtomobil shassisiga o’rnatiladi. Ularni barcha uzatmalari dvigatelь orqali boshqariladi. Uzatish moslamalariga qarab: mexanik, gidravlik, elektrli bo’ladi. Yukni ko’tarilish balandligi, og’irligiga qarab yordamchi oyoqchalar va ularsiz ishlay oladigan ko’rinishda tayyorlanadi (3.12-rasm). Asosiy streladan tashqari kranlarga: yordamchi qo’shiluvchi strelalar, gusьka strela , minora strelali, shuningdek suyuqlik bilan ishlovchi kranlar teleskopli suriluvchi strelali qismlar qo’shimcha o’rnatilishi mumkin. Mexanik uzatmalarda xarakat oraliq uzatmalari sistemasi orqali ishchi mexanizmlarga uzatiladi. SHu sababli kranning ishchi xarakati tezligi uzatmalar korobkasi va dvigatelning aylanish tezligi orqali sozlanib turiladi. Mexanizmlarni boshqarish (mufta, to’xtatish moslamasi) xavo sistemasi orqali (dvigateldan xarakat oluvchi xavo kompressori yordamida) tartibga solinadi. Bundan tashqari gidravlik tarzda ishlovchi teleskopik strelali kranlar xam ishlatiladi. Asosiy ish jixozlaridan biri teleskopik strela (1) bo’lib, xarakatlanuvchi va xarakatlanmaydigan sektsiyalardan iborat bo’ladi. Xarakatlanuvchi sektsiya gidrotsilindr (2) yordamida ikki tomonlama ta’sir etish bilan amalga oshiriladi. Strelaning qulochini olish masofasini orttirish maqsadida qo’shimcha strelacha (gusьka) ulanadi.Strelaning qiyaligi burchagi ikkita paralel ta’sir etuvchi gidrotsilindr (3) orqali bajariladi. Yukni ko’tarish va tushirish yuk lebedkasi bilan bajarilib , u gidromo-tordan (10), reduktor (8), baraban (9) va me’yoriy yopiq to’xtatgichdan iboratdir. Aylanish mexanizmi (7), gidromotordan (6) reduktor (4), valning chiquv qismiga o’rnatilgan shesternyadan iborat. Burilish mexanizmini ushlab turish, to’xtatgich (5) (tormoz) orqali bajariladi. Gidravlik xaydagich (11) xarakati avtomobilь dvigatelidan (14 uzatilib, uzatmalar korobkasi (13) va quvvatini saralovchi (tanlab-belgilovchi) reduktor orqali (12) amalga oshiriladi. Uzatmalar sistemasi va uni boshqarishda qo’shma jarayonlarga ruxsat: yukni ko’tarish va tushirish , strelani ko’tarish va tushirish oqali, platformani burilishi bilan, teleskopik strelaning sektsiyalarini chiqishi va kirishi ; strelani ko’tarish va tushirish; kran sektsiyalarini kirishi va chiqishi platformani burilishi bilan; platforma burilishi strelaning sektsiyalarini chiqishi va qaytishi bilan ruxsatnomalar asosida boshqariladi. Download 287.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling