Reja: Pandemiya boshlanishi. Сovid 19 haqida. Cora virus kelib chiqishi


Download 78.88 Kb.
bet1/7
Sana21.11.2023
Hajmi78.88 Kb.
#1793193
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XXI asrning global muammolari. Referat


Reja:
1.Pandemiya boshlanishi.
2.Сovid 19 haqida.
3.Cora virus kelib chiqishi.
4.Pandemiyadagi holat.
5.Pandemiya oqibatlari.
6.XXI asrdagi global muammolar.


Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi Oʻzbekistonda ilk bor 15-mart 2020-yilda tasdiqlangandan soʻng tarqalishni boshladi. Ushbu ilk holat Fransiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarosida aniqlandi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida jabrlanuvchi bilan aloqada boʻlgan va ularning karantini rejalashtirilgan odamlar roʻyxati mavjud. Ushbu holatlar eʼlon qilingach, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev Qozogʻistonda favqulodda holat eʼlon qildi va zudlik bilan Oʻzbekiston bilan chegarani yopdi. Koronavirusning birinchi holatidan ikki kun oldin, Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga parvozlarni toʻxtatdi. 22-mart 2020-yilda Oʻzbekiston Toshkentdagi kompaniyalarga masofadan turib ishlashni, shuningdek himoya niqoblarini majburiy taqib yurishni buyurdi. 27-mart 2020-yilda mamlakatda birinchi oʻlim 72 yoshli ayol boʻlganligi haqida xabar berildi.
2022-yil 4-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda tasdiqlangan holatlar 198 769 tani, tuzalganlar 195 840 kishini hamda vafot etganlar 1 485 kishini tashkil etmoqda.[1][2] Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektorda davlat rahbari bosh vazir viloyat hokimlari bilan birga uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirishi boʻyicha maxsus topshiriq berdi.
Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar orasida bolalarning ulushi 2021-yil aprel holatiga koʻra, yangidan roʻyxatga olingan 206 ta bemordan 54 nafari 19 yoshgacha boʻlgan bolalardir. Bu bir kunda umumiy roʻyxatga olinganlarning 26,2 foizini tashkil etadi.
Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi iyun holatiga koʻra 7,4 million dozaga yetgan. Shundan 3,5 million dozadan ortigʻi vaksinasiya jarayonlarida qoʻllanilgan
Oʻzbekistonda 2021-yil 1-apreldan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi[6].
Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosining maʼlumotiga koʻra Oʻzbekistonda 3000 dan ortiq emlash markazlari va 800 ta mobil guruhlar tashkil etilgan. Biroq, bunga qaramay emlash darajasi past. Bu holatda Nurmat Otabekov majburiy emlash gʻoyasi bilan chiqqan va bu toʻgʻri boʻlib, bu borada Rossiya tajribasini oʻrganishni taklif qilgan[7].
2015-yil 15-martda tasdiqlangan „Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi“ sanitariya qoidalari va normalaridagi epidemiologik koʻrsatma asosida emlash jadvaliga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi yuzasidan qoʻshimcha kiritilgan.
Unga asosan:

  • 2021-yil 1-sentabrgacha 18 yoshdan katta boʻlgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;

  • 1-oktabrgacha 2-doza vaksinalari;

  • 1-noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi[8].

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdin Ismoilov fuqarolarni majburiy tarzda emlashga salbiy baho bergan va majburiy emlash mavjud qonunlarga zid ekanini aytgan[9].
Shpris taʼminoti, xavfsiz qutilar taʼminoti va boshqalar uchun respublikada 6 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar ishtirokida vaksinasiyaga tayyorgarlik koʻrilyapti. Koronavirusga qarshi vaksina olgan aholiga emlanganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi[10]. 2021-yilning iyul oyi holatiga koʻra Oʻzbekistonda 1 023 425 kishi COVID-19’ga qarshi emlangan[11]. Tibbiyot ekspertlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini Oʻzbekistondagi eng samarali vaksina deb topdiladi.

Download 78.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling