Reja: Pandemiya boshlanishi. Сovid 19 haqida. Cora virus kelib chiqishi


Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash


Download 78.88 Kb.
bet5/7
Sana21.11.2023
Hajmi78.88 Kb.
#1793193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XXI asrning global muammolari. Referat

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash.
2020-yilning mart — iyunь oylarida to‘lash muddati tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamlar to‘lash ularni to‘lashni yangi muddatda davom ettirish to‘g‘risidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga to‘lgunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda) tanaffussiz davom ettiriladi.
Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lashni uzaytirish bilan bog‘liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining ro‘yxati karantin tadbirlari amal qilishi davrida bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va baktyeriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan to‘ldiriladi.
2020-yil 31 dekabrga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nolь stavkalari belgilandi.
2020-yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar quyidagilar belgilandi:

  • turopyeratorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar, «Uzbekistan Airways» AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari, «Uzbekistan Airports» AJ va «O‘zaeronavigatsiya markazi» DUK:

yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to‘laydi;

  • tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosda hisoblash va to‘lash huquqiga ega;

  • foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020-yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, shuningdek, ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarni qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini ko‘rish tartibi to‘xtatiladi;

  • karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi;

Mikrofirma, kichik korxona va YaTTlarga soliq organlarini xabardor qilib 2020-yil 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi byerildi:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza byermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan;


  • Download 78.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling