Pulli vaksinatsiya.
Kelgusida nodavlat va milliy emlash kalendari asosida rejali emlash tadbirlari bilan shugʻullanmaydigan davlat tibbiyot tashkilotlarida koronavirus infeksiyasiga karshi emlashni pulli asosda oʻtkazishga ruxsat beriladi va ular bu ish bilan shugʻullanishi mumkin. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolarga sertifikat berish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritishi kerak boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligining Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga (emlash.uz) integrasiya qilinadi, emlangan fuqarolarga belgilangan shakldagi QR-kodli (matrik shtrix-kod) sertifikat beriladi.
Vaksinatsiya tavsiya etilmaydigan holatlar.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashlar quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:
Homiladorlar, 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga;
OITS (OIV) infeksiyasi bilan kasallanganlarga;
Vaksinani tarkibiy qismidagi vositalarga allergiyasi boʻlgan odamlarga;
Surunkali kasalliklarni avj olgan davri boʻlsa;
Boshqa infeksion kasalliklarni oʻtkir davri boʻlganlarga.
Vaksinatsiyaning Oʻzbekistondagi nojoʻya taʼsirlari.
2021-yil aprel oyiga qadar umumiy emlanganlar orasida yengil darajadagi nojoʻya taʼsirlar 71 holatda qayd etildi. Bular quyidagi nojoʻya taʼsirlar:
45,7 foizda tana haroratining 37,5 darajadan birmuncha oshishi;
21,2 foizda tanada ogʻriq;
14,1 foizda emlagan joyda qichishish;
11,2 foizda yengil bosh ogʻrigʻi;
6,1 foizda emlangan joyda ogʻriqning paydo boʻlishi;
2,7 foizda asabiylashish, holsizlanish, qoʻrqish kabi belgilar.
Toshkent shahrining 11 tumanida koronavirus bilan kasallangan bemorlarga moʻljallangan maxsus poliklinikalar tashkil etildi. Poliklinikalar koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatadi. Shuningdek, muassasalar zarur laborator hamda instrumental tekshiruvlar oʻtkazish va ambulator davolashni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur poliklinikalar aholiga kun-u tun xizmat koʻrsatadi. Har bir markazga 3 tadan tibbiy brigada biriktirilgan va ular tarkibidan 2 nafar shifokor hamda 2 nafar oʻrta tibbiyot xodimi oʻrin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |