Reja: Parallel to'g'ri chiziqlar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1094445
  1   2   3   4
Bog'liq
4.5 fazoda2 chiziq



4.5. IKKI TO'G'RI CH IZIQNING O'ZARO JOYLASHUVI 
Reja: 
1. Parallel to'g'ri chiziqlar 
2. Kesishuvchi to'g'ri chiziqlar 
3. Uchrashmas (ayqash) to'g'ri chiziqlar 
4. To'g'ri burchakning proyeksiyalanish xususiyatlari 
5. Chizmalarda ko'rinishlikni aniqlash 
Tayanch iboralar va tushunchalar 
Parallel chiziqlar, kesishuvchi chiziqlar, uchrashmas chiziqlar, konkurent 
nuqtalar. 
Ikki to'g'ri chiziqning o'zaro vaziyatlari 
Ikki to'g'ri chiziq fazoda o'zaro parallel, kesuvchi yoki ayqash vaziyatlarda bo'lishi 
mumkin. 
1. Parallel to'g'ri chiziqlar 
Ta’rif. Agar ikki to’g’ri chiziq bir tekislikka tegishli bo'lib umumiy 
kesishuv nuqtasi bo'lmasa yokicheksiz uzoq (xosmas) nuqtada kesishsa, ular o'zaro 
parallel to'g'ri chiziqlar
 deyiladi. (35-rasm) 
Parallel proyeksiyalarning xossasiga asosan parallel to'g'ri chiziqlarning bir 
nomli proyeksiyalari ham o'zaro parallel bo'ladi, ya'ni a
||b bo'lsa, uholda 
a'
||b',a"||b" va a′"||b'" bo'ladi. 


Fazodagi umumiy vaziyatda joylashgan parallel to'g'ri chiziqlarning ikkita 
bir nomli proyeksiyalari o'zaro parallel bo'lsa, ularning uchinchi proyeksiyalari 
ham o'zaro parallel bo'ladi.
1
35-rasm 
Ammo to'g'ri chiziqlar biror proyeksiyalar tekisligiga parallel va ularning 
shu tekislikdagi proyeksiyalari berilmagan bo'lsa, u holda yuqorida keltirilgan shart 
bajarilmaydi. Masalan, W tekislikka parallel bo'lgan profil to'g'ri chiziq 
kesmalarning bir nomli gorizontal va frontal proyeksiyalari (r
1
va r
2
) ning o'zaro 
parallel bo'lishi yetarli bo'lmaydi (36-rasm). Bunday hollarda to'g'ri chiziqlarning 
profil proyeksiyalarini yasash va ularning paralleligini tekshirish zarur. 
Shuningdek, bu to'g'ri chiziqlarning o'zaro vaziyatini profil proyeksiyalaridan 
foydalanmasdan ham aniqlash mumkin. 
Buning uchun: 
• to'g'ri chiziq kesmalarining bir nomli proyeksiyalarining nisbatlari tengligini 
aniqlaymiz. Kesmaning biror, masalan, D', D" nuqtasidan ixtiyoriy (o'tkir burchak 
ostida) parallel chiziqlar o'tkazib, D'1=A'B' va D"2=A"B" kesmalarni qo'yiladi 
(36- rasm). So'ngra 1 va 2 nuqtalarni С
′ va C" bilan tutashtiramiz. Agar C'1=C"2 
1
R. Xorunov “ Chizma geometriya kursi” O’qituvchi nashriyoti 1997 yil 29-bet 


bo'lsa bu to'g'ri chiziqlar o'zaro parallel bo'ladi. Aks holda bu to'g'ri chiziqlar 
uchrashmas to'g'ri chiziqlar ekanligini isbotlanadi; 
• to'g'ri chiziq kesmalarining bir nomli nuqtalarini o'zaro kesishadigan qilib to'g'ri
chiziqlar bilan tutashtiramiz (37- rasm). Agar chiziqlarning kesishish nuqtasining 
E' va E" proyeksiyalari bir bog'lovchi chiziqda bo'lsa, u holda AB va CD to'g'ri 
chiziqlar bir tekislikka tegishli va o'zaro parallel bo'ladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling