O’zbekiston xalq demokratik partiyasi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishligini belgilaydi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori, deb biladi.
Xalqimizning mustaqillik va ozodlik, tenglik va adolat, tinchlik va totuvlikka azaliy intilishlari partiyamiz mafkurasining tabiiy sarchashmalaridir. U xalqimizga hamisha xos bo‘lgan va bugun ham uning mentalitetini belgilaydigan hamjihatlik, jamoaviylik printsiplariga tayanadi.
Adolat sotsial demokratik partiyasi
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashga; Respublikada kechayotgan islohotlarning jadallashuviga, huquqiy, demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishga; jamiyat hayotining barcha jabhalarida ijtimoiy adolat g‘oyalarini qaror toptirishga; aholining kam ta’minlangan ehtiyojmand qatlamlari uchun zarur ijtimoiy muhofazani taьminlashga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
“Adolat” SDP ning ijtimoiy asosi – o‘rtahol va ehtiyojmand aholi tabaqalari bo‘lib, partiya ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini namoyon etishga intiladi. Aholining kam taьminlangan qatlamlarini ijtimoiy muhofaza etishga ko‘maklashadi, ijtimoiy adolat tamoyillariga qat’iy amal qilib, ularning manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiladi.
O’zbekiston ekologik partiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |