Reja: Pastki ichak tutilishi nima
Download 75.95 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atreziya turlari
- Churra
- Davolash
PITning turlariIngichka ichak atreziyasi. Mekonial ileus. Girshprung kasalligi. Dolixosigma. Anorektal soha rivojlanish nuqsonlari. Qorin boʻshligʻining ichki churralari. Ichak nayining tugʻma ikkilanishi. Atreziya turlariSosiskasimon atreziya Pardasimon-membranali (kichik qismida, ichak boʻshligʻi yupqa parda bilan bekilib qoladi) Pardasimon stenoz (pardasimon atreziyada teshik hosil boʻlsa) Fibrozli atreziya (atreziya ichak katta qismida hosil boʻladi) Sosiskasimon atreziya (ichak nayi har xil qismida buziladi) Toʻliq atreziya (mezenteral qon aylanish buzilishi sabab)[3] ChurraChurra darvozasiga (ichak tutqichining nuqsoni - tugʻma teshiklariga) – qorinparda va ichak qovuzloqlari kirib qolishi hisoblanadi va uning quyidagi turlari mavjud: Ingichka ichak tutqichi; Yoʻgʻon ichak tutqichi; Treys boylami; Charvi usti; Qovuq usti; Koʻrichak atrofi; Chuvalchangsimon oʻsimta tutqichi; Sigmasimon ichak atrofi; Vinslov teshigi; Jigar yumaloq boylami; Bachadon keng boylami; Yoʻgʻon ichak atrofi Tugʻma teshikdan – ichakning qorin pardaga oʻralgan holda qorin boʻshligʻi a’zolari kirib qolishi «chin», qorinpardasiz kirib qolishi «soxta» churralar deyiladi. DavolashChurralarni davolash operativ boʻlib, laparotomiya qilinadi, churra maxsulotlari ozod etiladi va churra darvozasi tikilib, bartaraf etiladi. Ichak ikkilanishiIkkilanishning belgilari uning joylashishi, shakli va oʻlchamlariga bogʻliq. Koʻpincha dublikatlar belgilarsiz kechadi va jarrohlik muolajasi davomida kutilmaganda topiladi. Lekin ba’zan (asosan, shilliq qavat distopiyasida) dublikaturalar bexosdan ichakdan kuchli qon ketishi bilan namoyon boʻlishi mumkin. Kistoz turi (enterokistalar) goho juda kattalashib, qisman ichak tutilishiga olib keladi. Koʻkrak qafasiga kiruvchi divertikullarda disfagiya va atelektaz, bronxoektaz va nafas buzilishlari kuzatiladi. Download 75.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling