Reja: Pastki ichak tutilishi nima
Download 75.95 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinikasi
- Tashxis va davo
Mekonial ilius
Yopishqoq mekoniyning (oshqozon osti bezi fermentativ yetishmovchiligi sababli) yonbosh ichak terminal qismida tiqilib qolib, tugʻma pastki ichak tutilishi klinikasini namoyon qilishiga aytiladi. Chaqaloqning mekoniysi qoʻgʻanoq suvlari, shilliq qavat sekreti, meʼda osti bez fermentlari, oʻt suyuqligi, shilliq qavat epiteliy hujayralaridan tashkil topadi.[1] sababiOshqozon osti bezi kistofibrozi (ekzokrin bezlarning faoliyati buzilishi) natijasida kelib chiqadi. Fermentlar yetishmasligi sababli – mekoniy oʻta shilimshiq, yopishqoq boʻlib qoladi. Yonbosh ichak terminal qismidan yoʻgʻon ichakka oʻta olmaydi. Kasallik irsiy xarakterda boʻlib, autosom-retsessiv ravishda avlodga oʻtadi. KlinikasiChaqaloqlar oʻz vaqtida tugʻiladi, ammo, gipotrofiya bilan. Mekoniyning turib qolishi 24-48 soat davom etadi. Qorni dam boʻladi, ichi kelmay, 2-kundan qusa boshlaydi. Palpatsiyada «xamirsimon» konsistensiyali hosila qoʻlga ilinadi. Anal teshik va toʻgʻri ichak nisbatan tor boʻladi. Irrigogrammada mikrokolon aniqlanadi.[2] Tashxis va davoQorin boʻshligʻi tasviriy (obzor) rentgenogramma qilinadi, koʻp miqdorda suyuqlik sathlari va gaz aniqlanadi. Davolash – konservativ muolajalar: fiziologik eritma, gipertorrik eritma bilan tozalovchi klizma qilinadi. Samarasi boʻlmaganda umumiy ogʻriqsizlantirish ostida, laporatomiya va ichak holatiga qarab — tomiya, ektomiya, anastomoz qoʻyish mumkin.[2] MegakolonYoʻgʻon ichakning yoki uning bir qismi kengayishi. Megakolonning turlarini birlashtiruvchi asosiy klinik belgisi qabziyat boʻlib, yoʻgʻon ichakda kengayish kuzatiladi. Megakalon kelib chiqishiga koʻra tugʻma va orttirilgan boʻladi. Tugʻma megakalon turlariga – girshprung kasalligi, idiopatik megakolon, anorektal soha tugʻma nuqsonlari. Megakalonning orttirilgan turlariga – vitamin B1 yetishmovchiligi, chagas kasalligi, toksik,[1] psixogen qabzivatlar, endokrin buzilishlar, dorivorlarning nojoʻya ta’siri, kuyish, jarohatlardan soʻng hosil boʻladigan megakolon kabilar kiradi. Bundan tashqari megakalonning funksional va mexanik xarakterdagi turlari farqlanadi. Funksional xarakterli megakolon 2 turga boʻlinadi: intramural nerv chigallari yetishmovchiligi natijasida hosil boʻladigan megakolon – girshprung kasalligi, vitamin B1 yetishmovchiligi, chagas kasalligi. Intramural nerv chigallari ta’sirlanmasidan kelib chiqadigan megakolon – idiopatik megakolon. Mexanik xarakterli megakolon – anorektal soha tugʻma nuqsonlari, anal soha kuyishi, jarohatlar natijasida hosil boʻladi. Download 75.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling