Reja: Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik etikadagi o`rni


Download 152.65 Kb.
bet4/6
Sana23.10.2023
Hajmi152.65 Kb.
#1717285
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik etik

Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. SHuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
K asbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:

  • m urakkab jarayonlarda;

  • noaniq vazifalarni bajarishda;

  • bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;

  • kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda


K asbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;

  • yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;

  • davr talablarini chuqur anglaydi;

  • yangi bilimlarni izlab topadi;

  • ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi

2. Pedagogik kompetentlik fanining predmeti va ob`ekti.
Dunyoga yangi ko’z bilan qayraydigan, uddabiron, ishning ko’zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o’qitish metod va usullari, texnologiyalariga juda ko’p e’tibor qaratilganligi seziladi. Ammo ana shu pedagogik usul va metodiami tushunish, ulami amaliy faoliyatda qo’llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta ’kidlash mumkin. Pedagogika fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori bu muammolardan holi emas. Muammo bu sohadagi pedagogik nazariy bilimlami amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, o ’qituvchilarda amaliyot va kasbiy faoliyat jarayonida nazariy bilimlami amaliyotda qo’llay olish mahoratining yetishmasligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Demak, ko’plab o ’qituvchiiar, pedagoglar eskirib qolgan nazariy bilimlar bilimlar bilan cheklanib qolmoqda. Ularda zamonga xos tub o’zgarishlarga mos kelish, munosib bo’lish kabi sifatlar etishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya - kompetensiya egasi bo’lish, kompetentli pedagog nomini olish masalasi hisobianadi. Kompetentlikning o ’zi pedagogda umumiy dunyoqarashning kengligi va madaniyatning yuqoriligi, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari bo’yicha kasbiy bilimlarining mavjudligi, o’z bilimlarini amaliyotda rivojlantirishga layoqatlilik, ijtimoiy va psixologik-pedagogik tadqiqotlar metodlarini bilish, pedagogik va boshqaruv ko’nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo’lishni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va ko’nikmalaming mavjudligi, shuningdek, ulami amaliy faoliyatda qo’llash va takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilanadi, ya’ni kompetentlik - bu faqatgina o’zlashtirilgan bilimlar va tajribalaming mavjudligi va salmoqli hajmi bo’libgina qolmay, balki, ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o ’zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ulardan foydalana olish demakdir. Kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
- har qanday muayyan vaziyatda, uning turli xil jihatlarini hisobga olgan holda bilimlami o ’z o ’rnida va tezkorlik bilan to’g ’ri qo’llay bilish;
- qarorlami qabui qila bilishga qodirlik va tayyorlik, shu bilan birga, mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantini tanlay olish;
- ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlami ishga sola bilish;
- faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o ’zaro munosabatlami aniq maqsadlami ko’zlagan holda va maqsadga muvofiq, maqbul tarzda o’rnata olish imkonini beradigan kommunikativ ko’nikmalar;
- muayyan ma’naviy qadriyatlarga, dunyoqarashga, umumma-daniy va axloqiy sifatlarga egalik, faoliyatga intilish hissining mavjudligi;
- o’zining ijodiy imkoniyatiarini rivojlantirishga, faoliyatning yangi usullarini egallashga intilish.
Pedagogika kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega. Shaxs shakllanishini boshqarish kompetentlikni talab qiladi. Bu o’zida o’qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uning kasbiy mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo’nalishi bo’yicha o'qituvchining malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli me’yorlari bilan o ’lchanadi1.
V.S.Elegina va S.M.Poxlebaevlar o’zlarining ilmiy maqolasida quyidagi fikrlarni bildiradilar: “Kompetensiyaga yo’naltirilgan ta’iim sharoitida talaba o ’z faoliyatidan ijodiy natija oladi va shu bilan birgalikda, muvaffaqiyat qozonishning usullari, yo’llari, metodlari, yondoshuvlari va uslublarini o ’zlashtirib oladi. Aynan talaba tomonidan yaratilgan ijodiy natija talaba bilan o’qituvchining hamkorlikdagi ijodiy natijasi hisoblanadi. Talabaning o ’zlashtirishiga baho berishdan maqsad, berilgan ta’limning qanchalar samarador bo’lganligi darajasini aniqlash, bu birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari darajasini bilish, ikkinchidan undagi kompetensiya shakllanishi, amaliyot paytidagi muvaffaqiyatli faoliyati yanada tezlashadi”.
Pedagog o ’z ixtisosligi bo’yicha ta’lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas’uldir. U muntazam ravishda o ’z kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish bilan birgalikda o ’qituvchi, muallim, ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo’lishi, aniqrog’i, kasbiy kompetensiya egasi bo’lishi lozim. Endilikda o ’qituvchi uchun o ’zi tanlagan kasb, fan, mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlami puxta egallash kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta’lim-tarbiyani yangi-yangi usul va metodlarini o ’z faoliyatida qo’llay olishi, bir so’z bilan aytganda, kompetensiya egasi bo’lishi lozim.
Buning uchun oliy ta ’lim tizimida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlarida belgilangan tartib qoidalar, vazifaiar va talablami o ’z vaqtida bajarish lozim.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasiga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublikada idoraviy bo’ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta ’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo’lgan davlat ta'lim standartlari (DTS) belgilanadi. DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta ’lim mazmuniga nisbatan qo’yiladigan talablami, ta ’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta ’lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo’yiladigan malaka talablarini, o ’quv yuklamasining zarur hajmini; ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.
DTS ta’lim jarayonini va ta ’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlami yaratish uchun asos hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
- ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
- mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
-ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta ’lim oluvchilaming huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta ’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
- sifatli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish, ta ’lim va kadrlar tayyorlash
sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini
va tartibini belgilash;
- ta ’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini
ta ’minlash, ta ’limning barcha turlari va bosqichlarida o ’quv-tarbiya
jarayonini maqbullashtirishning vakolatli organlari tomonidan davlat
talablari belgilanadi

Download 152.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling