Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya


Download 100 Kb.
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi100 Kb.
#1017976
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogik psixologiya predmeti

Anketa. Savollar yordamida psixologik axborot to‘plashning metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi bolalar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun material to‘playdi.
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funksiyasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.
Mazmun bo‘yicha anketa:
1.Faktlar (“Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting”, “Uy joy sharoitingni ta’rifla”) ;
2.Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini (“O‘quv- ishlab chiqarish korxonasida ish formasi boshqacha bo‘lishi kerak deb hisoblaysanmi?”, “Ko‘pchilik bolalar o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nimada deb o‘ylaysan?”).
3.Bolaning niyatlarini ifodalashi mumkin
(“Oliy o‘quv yurtiga kirasanmi?”, “Yozgi oromgohga borasanmi?”).
Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a)Filtrlovchi-savollar. M.: agar o‘qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: “Sening yoqtiradigan predmeting?”. Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan bolalargina javob beradilar.
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funksiyasi – ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.
Shakli bo‘yicha anketalar:
a) Ochiq – bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin.
b) Yopiq – bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, bola ulardan birini tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1.Саволлар аниқ, тушунарли, содда ва қонкрет бўлиши лозим.
2.Анкетанинг бошида осон саволлар, кейин қийин, ундан кейин энг мураккаблари, ниҳоясида яна осон саволлар берилиши лозим.
3. Битта хусусиятни аниқлашга бир неча саволлар, назорат қилувчи саволлар берилиши лозим.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
ommaviy o‘rganish imkoniyati;
informatsiya to‘plash tezligi;
ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish imkoniyati;
og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imkoni;
bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;
natijalarni qayd etishning qulay usuli.
Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining barcha sohalarini to‘la o‘rganish imkonini bermaydi, bolalar turlicha javob berganlari tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyektivligi yuqori emas, chunki bolalar bunga vijdonan yondoshmasliklari mumkin.
Suhbat metodi. Suhbat – bevosita muloqot jarayonida bolalar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xattiharakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling