Reja: Pedagogika inson tarbiyasi to'g'risidagi fan
Pedagogika fanlari tizimi
Download 24.71 Kb.
|
17 Umumiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
1. 4. Pedagogika fanlari tizimi.
Pedagogika yosh avlod tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi maʼlumotlar muhimdir. Shunga ko'ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan. Pedagogika fani ob'ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimlari deb ataladi. Hozirgi vaqtda pedagogika bir necha tarmoqlarga bo'lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o'quvchilarni tarbiyalash va (o'qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya haqida/bahs) pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug'ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma'rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o'rganadi), hunar-texnika ta'limi pedagogikasi, harbiy pedagogika kabi tizim tarmoqlari mavjud. Pedagogika fanini ulkan katta daraxtga qiyoslash mumkin. Har bir fan o'z rivojlanishida, o'z nazariyalarini boyitadi, o'zining ichki amally yo'nalashlariga tayanib takomillashib boradi. Hozirgi vaqtda pedagogika fani o'z fanlari tizimiga ega. Ular: Umumiy pedagogika (insonga, shaxsga ta'lim tarbiya, ma'lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo'llashga o'rgatadigan); Yoshlar pedagogikasi (turli yoshdagi kishilarga ta'lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o'ziga xos tomonlarini o'rganadi); Maktab pedagogikasi (maktab yoshdagi o'quvchilar ta'lim tarbiya sohasining o'ziga xos tomonlarini o'rganadi); Maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish, tarbiyalashning o'ziga xos tomonlarini); Pedagogika tarixi (turli tarixiy davrlarda maktablar ta'lim tarbiyasi, pedagogik g'oyalaring mazmuni, rivojlanish masalalarini); Metodika (ta'limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ya'ni ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari, usullarini tadqiqi qiluvchi sohasi); Oila pedagogikasi (oila muhiti, a'zolari, sharoiti, ta'lim tarbiyasining umumiy masalalarini); Kasb pedagogikasi (ishlab chiqarish), (turli kasblarning o'rganishning umumiy masalalarini); Qiyosiy pedagogika (G'oyalami taqqoslab xulosa chiqarish masalalari); Xalq pedagogikasi (mazkur xalqi ta'lim tarbiyasi, maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma'naviyati, ahloq odobi singarilarni); Ijtimoiy pedagogika (barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zama'naviy imkoniyatlari, vositalari va manbalarini); Tibbiyot pedagogikasi; Harbiy pedagogika; Rahbarlik pedagogikasi; Mehnat pedagogikasi singari tarmoqlari mavjud. Maxsus pedagogika (Defektologiya) Pedagogika faqat sog'lom o'quvchilaming ta'lim-tarbiyasi bilangina emas, balki kamolotda qusuri bor bolalar ta'lim-tarbiyasini ham o'rganadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika deb yuritiladi. Maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish), lagapediya (tili yassi, tili chuchuk bolalarni o'qitib tarbiyalaydigan pedagogika), tiflo pedagogika (ko'r va yaxshi ko'rmaydigan bolalarni tarbiyalash), surdo pedagogika (kar va go'ng bolalarni o'qitish va tarbiyalash) kabi fanlar kiradi. Download 24.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling