Reja: Pedagogika inson tarbiyasi to'g'risidagi fan


Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni


Download 24.71 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi24.71 Kb.
#1012189
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17 Umumiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

1.5. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida maʼlumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslanadi va o'zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.
Avvalo har bir o'quvchi, o'qituvchi-murabbiy o'z ona yurti tarixini vishi yatangaivar bo'lishi zarur. Ta'lim-tarbiya tarixi, bilishi, uni sevishi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo'lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o'tmishdagi taraqqiysini bilmoq kerak.
Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy shariatda uning taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilish zarur.Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o'z rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy yo'nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi.
ma'lumotli qilish, O'qituvchi-tarbiyachiyoshlargabilim berish, tarbiyalashmaqsadidaungatizimlita'sirko'rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya'ni, ko'rsatilayotgan ta'siming samarasini bilish uchun o'quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta'sir ko'rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy bog'langandir.
Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo'lib xizmat qiladi. Chunki, hozirgi ta'lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo'ladi.
Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalami hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ta’lim nazariyasi (didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta’lim jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati birligi, o‘qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi.
Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta’lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb ta’limi (kasbiy ta’lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning muhim bo‘lagi sanaladi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya – barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi.
Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor vazifani hal etadi.


Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling