Reja: pisa dasturi va vazifalari


PISA unga qatnashayotgan davlatlarga nimani isbotladi?


Download 36.01 Kb.
bet3/8
Sana11.11.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1766007
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja pisa dasturi va vazifalari-fayllar.org

PISA unga qatnashayotgan davlatlarga nimani isbotladi?
– PISA dasturida ilk marta qatnashguncha Germaniya o‘z ta'lim tizimini ilg‘or va kamchiligi yo‘q, deya baholab kelgan. Biroq bu davlat uchun natija kutilganday bo‘lmagandan so‘ng xatolar tahlil qilina boshlangan. O‘shanda Germaniya ta'lim tizimining nisbatan yopiqligi, tajriba almashish dasturlariga yetarli e'tibor qaratilmayotgani ma'lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Germaniyada ta'lim bilan bog‘liq butun tizim qaytadan ko‘rib chiqilgan va alohida «PISA-shock» nomli dastur ishlab chiqilgan. Oradan 9 yil o‘tgandan so‘nggina Germaniya PISA reytingida yuqorilay boshlaydi. Bugun ta'lim tizimi dunyo bo‘yicha eng oldingi ko‘rsatkichlarni band qiladigan Finlandiyaning ham dastavval PISA`da natijalari juda yaxshi chiqmagan. Shundan so‘ng Finlandiya faqat ko‘rsatkichi yuqori maktablarga va o‘quvchilariga emas, balki markazdan uzoqda joylashgan ta'lim muassasalariga ham alohida e'tibor berishni boshlagan.
Yaponiya esa 2006 yilda PISA dasturida birinchi marta qatnashganida ta'lim tizimida O‘zbekistonnikiga o‘xshash tarzda bolalardan, asosan, o‘quv dasturida berilgan ma'lumotni yaxshi o‘zlashtirishga ko‘p e'tibor qaratayotgani ma'lum bo‘lgan. O‘shanda Yaponiya o‘quvchilari fikrlashga va o‘ylashga majbur qiladigan savollarga javob topishda qiynalayotgani kuzatilgan. Va mana shu kamchilikni to‘g‘rilashga harakat qilingan.
O‘zbekistonning PISA dasturidagi ishtiroki uchun budjet va xalqaro tashkilotlardan mablag‘ ajratilmoqda
– O‘zbekiston PISAda birinchi marta ishtirok etayotgani uchun ham davlat budjetidan, ham xalqaro moliyalashtirish institutlaridan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Masalan, davlat budjetidan alohida markaz tashkil etilgan bo‘lib, unda ishlayotgan xodimlar va boshqa xarajatlar davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bu yiliga taxminan 3 milliard so‘mni tashkil qiladi.
Aslida ham, PISA sinovida ishtirok etish – yirik moliyaviy xarajat talab qiladigan narsa. Uning bitta davriyligida qatnashish uchun 654 ming yevro to‘lash talab etiladi.
Bundan tashqari, tajriba o‘rganish, treninglarda ishtirok etish va ularni tashkil qilish, o‘quv qo‘llanmalar yaratish kabi tayyorgarlik ishlari ham talab etiladi. Bu taraflama yordam berish uchun Jahon banki tomonidan «Erta bolalikdagi rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash» nomli yangi loyiha qabul qilindi. Asosiy koordinatori Maktabgacha ta'lim vazirligi bo‘lgan mazkur loyihada PISA dasturida ishtirok etish uchun ham mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. PISA dasturi biz uchun butunlay yangilik bo‘lgani uchun, targ‘ibot va tayyorgarlik ishlari ham oson bo‘lmayapti. Ayni paytda respublika bo‘yicha 15 yoshli o‘quvchilar soni taxminan 600 ming nafarni tashkil etadi. Dastur bo‘yicha o‘qituvchilarda ham savollar ko‘p: nega biz unda ishtirok etishimiz kerak, bizga dastur nima beradi, ta'lim tizimimizda o‘zgarish bo‘lishiga sabab bo‘ladimi va hokazo. Ularga turli seminarlar va turli maxsus to‘plamlar orqali javob berishga harakat qilib kelyapmiz.
Eng ko‘p duch kelayotgan savollarimizdan biri PISA dasturi bizning ta'lim standartiga to‘g‘ri kelmasligi haqida bo‘ladi.
O‘qituvchilar «Dasturga tayyorgarlik ko‘rish uchun bizga soat kerak, biz qaysi paytda tayyorgarlik ko‘ramiz? Bundan tashqari, o‘quv dasturimizda bu kabi yondashuv yo‘q, biz qanaqa qilib o‘quvchilarni tayyorlaymiz?» – deya murojaat qilishmoqda.
Biz imkon qadar PISA haqida tushuntirish berishga va dastur faqat o‘zimizni sinab ko‘rishimiz va xalqaro miqyosda obro‘yimizni oshirish uchun yaxshi imkon ekanini tushuntiramiz.O‘qituvchilarning ham topshiriqlari va yuklamasi oz emas, shuning uchun o‘qituvchilarga PISA dasturi bilan darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda shug‘ullanishni tavsiya qilyapmiz. Shuningdek, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil qilinayotgan malaka oshirish kurslarida ham o‘qituvchilarga dastur haqida ma'lumot berilyapti.

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling