Reja: pisa dasturi va vazifalari


PISA dasturida 12 mingdan ko‘proq 15 yoshli o‘quvchi ishtirok etadi


Download 36.01 Kb.
bet4/8
Sana11.11.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1766007
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja pisa dasturi va vazifalari-fayllar.org

PISA dasturida 12 mingdan ko‘proq 15 yoshli o‘quvchi ishtirok etadi
– PISA dasturi imtihoni uchun turlicha imkoniyatga ega maktablardan teng ravishda tasodifiy saralash orqali ishtirokchilar tanlab olinadi. Va mana shu o‘quvchilar butun mamlakat vakili sifatida ishtirok etishadi.
2021 yilda O‘zbekistondan taxminan 300ga yaqin maktab va taxminan 12 mingdan ortiq o‘quvchi sinovda ishtirok etadi.
O‘zbekiston kompyuter yordamida sinov testini bajarish usulini tanladi
– PISA sinovi 2 xil usulda: kompyuter yordamida va qog‘oz usulida test topshirig‘ini bajarishadi. Lekin respublika bo‘yicha hali infrastruktura va kompyuter ta'minoti bilan bog‘liq muammolarimiz ham yo‘q emas. Bizda hammasi tayyor, hamma maktablarimizda kompterlar yetarli desak, xato bo‘ladi. Yaqin oradagi o‘rganishlarimiz natijasida hali ko‘plab maktablarimizda kompyuterlar yo‘qligi yoki zamonaviy talablarga javob bermasligiga guvoh bo‘ldik.
«Faqat xotirani sinash usulidan voz kechishimiz kerak»
– O‘zbekiston ta'lim tizimi ko‘p yillar davomida bolalar xotirasini sinashga urg‘u berib kelgan, PISA esa buning butunlay teskarisi: olingan bilimning amaliyotda qay darajada qo‘llay olinishini tekshiradi. Bu – muammo bo‘lishi mumkin. Biroq biz ko‘p yillar davomida yodlashga o‘rganib kelgan bolalarga: «Bugundan yodlashdan to‘xtanglar, endi ijodiy fikrlashingiz kerak yoki bilimingizni hayotiy vaziyatda sinashingiz kerak», deb birdaniga ayta olmaymiz. Biroq bu kabi o‘zgarishlarga bosqichma-bosqich o‘tib borishimiz zarur.Masalan, xuddi shu masalada Singapur davlatida «Agar biz bolalarimizga yodlashni o‘rgatsak, ular xuddi biz o‘rgangan narsani o‘rganadi, agar fikrlashni o‘rgatsak, ko‘proq narsa o‘rganishadi», degan qarash bor. Ayni paytda O‘zbekistonda o‘quvchining kompetensiyasini baholaydigan tizim shakllanib bo‘lgani yo‘q. Real vaziyatda testlar ham o‘quv dasturidagi mavjud ma'lumotdan foydalanib tuzishga asoslangan.
Lekin endi bundan asta-sekinlik bilan voz kechishimiz kerak. Xotirani emas, ularning haqiqiy bilimini sinovdan o‘tkazish usulini topishimiz kerak.


Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling