Reja: Populyatsiya evolyutsiyaning boshlang`ich birligi


Download 303.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.03.2023
Hajmi303.48 Kb.
#1257897
  1   2
Bog'liq
3-evolyutsiya amaliy-1



Mavzu: Populyatsiyaning genetik va ekologik birligi. Populyatsiyadagi genetik jarayonlar
Reja: 
1. Populyatsiya – evolyutsiyaning boshlang`ich birligi. 
2. Populyatsiya areali. 
3. Geografik populyatsiyalar 
Populyatsiya 
– 
evolyutsiyaning 
boshlang`ich 
birligi. 
Populyatsiya 
organizmlardan 
tashkil 
topgan. 
Populyatsiya 
deyilganda, 
izolyatsiya 
— 
alohidalanishning har xil darajadagi bosimi tufayli qo`shni organizmlar guruhidan 
ajralgan, qiyinchiliksiz u yoki bu darajada urchiy oladigan (panmiksiya), uzoq vaqt 
ichida ma’lum makonda tarqalgan, bir turga mansub individlar yig`indisi tushuniladi. 
Ayrim hollardagina tur yagona populyatsiyadan tashkil topgan bo`ladi. Ko`p hollarda 
esa u yuzlab, hatto minglab mahalliy populyatsiyalarni o`z ichiga oladi. Populyatsiyaga 
berilgan ta’rifda «uzoq vaqt» tushunchasi mazkur turga qiruvchi organizmlar bo`g`inini 
ifodalaydi. U yoki bu darajada urchiy oladigan (panmiksiya) deganda, populyatsiyadagi 
organizmlarning qo`shni populyatsiya organizmlariga nisbatan urchish "darajasining 
yuqoriligi tushuniladi. Bu ta’rif ikki jinsli, chetdan urug`lanadigan organizmlarga 
ko`proq mos keladi, Vaholanki, tabiatda bo`linish, kurtaklanish, spora hosil qilish» 
partenogenetik yo`l bilan urchiydigan individlar mavjud. Bunday formalarda ham 
populyatsiyalarga o`xshash bo`lgan individlar majmuasi — klon mavjud. Ular bir klon 
(kelib chiqishi tomondan sof liniyalarning aralashmasiga) mansub bo`lib, ma’lum 
arealni egallaydi hamda biogeosenozning boshqa komponentlari bilan munosabatda 
bo`ladi. Tabiiy ravishda, tur, kenja tur, populyatsiyalar guruhi evolyutsiya birligi 
hisoblanadi. Biroq ularni evolyutsiyaning boshlang`ich birligi deb atab bo`lmaydi.
Chunki ularning har biri o`zidan oddiyroq bo`lgan evolyutsiya birliklariga bo`linadi. 
Populyatsiya esa bunday birliklarga bo`linmaydi. Shu sababli ham populyatsiya 
evolyutsiyaning boshlang`ich birligi hisoblanadi. Bir individ yoki qarindoshligi 
jihatidan yaqin individlar, masalan, populyatsiya tarkibiga kiruvchi oila, vaqtincha 
to`da, gala turg`un guruh emasligi sababli evolyutsiyaning boshlang`ich birligi bo`la 
olmaydi. Har qanday tasodifiy organizmlar to`plamidan populyatsiyaning farqi, 
tashkiliy turg`unligi, ko`payishi va rivojlanishga qodirligidir. Populyatsiya ichida 
evolyutsion o`zgaruvchanlik sodir bo`lishi uchun, u yoki bu o`zgarishiga ega 
organizmlar shu turga mansub boshqa organizmlar bilan o`zaro munosabatda bo`lishi 
shart. Shunday bo`lgan taqdirdagina individual o`zgarishlar gruppali, so`ngra 
evolyutsion o`zgarishga aylana boradi. Evolyutsiya ayrim organizmlarga emas, balki 
populyatsiyalarga taalluqlidir. Ma’lum territoriyada joylashgan individlar soni
tarqalish zichligi, yoshini, populyatsiyaning xarakterli belgilari qatoriga kiritish 
mumkin. Populyatsiya turg`unligi tarixiy jarayonda tarkib topgan, ko`payish usuli, 
organizmlarning ma’lum muddatda almashib turishi mutatsiya va kombinativ 
o`zgaruvchanlik tufayli strukturasining o`z-o`zidan boshqarilishi orqali amalga oshadi. 


Klonal populyatsiyalar bo`linish yoki vegetativ usulda ko`payish orqali bunday 
turg`unlikka erishadi. Qayd etilgan usulda ko`payish yoki o`zini-o`zi otalantirish 
natijasida hosil bo`lgan organizmlar turning umumiy ko`payish qobiliyati, bir 
butunligiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Klon populyatsiyalarda sof, ya’ni ayrim belgilari 
bo`yicha gomozigota liniyalarning vujudga kelishi irsiy o`zgaruvchanlik rezervi, 
populyatsiyaning genetik tarkibi zaiflashuviga sababchi bo`ladi. Aksincha, chetdan 
otalanadigan panmiktik populyatsiyalar genotip va fenotip jihatdan o`zaro farq qiluvchi 
organizmlarni keltirib chiqaradi. Bunday organizmlar genotip jihatdan gen va 
xromosomada uchraydigan mutatsiyalar, shuningdek, kombinatsion o`zgaruvchanlik 
bilan farq qilishi tabiiy bir holdir. Fenotip jihatdan ular ba’zi bir tashqi belgilari, shu 
jumladan, yuksak hayvonlarda ikkinchi darajali jinsiy belgilar borligi, xatti-harakati dir 
necha hujayradan tashkil topgan. Volvokslarda ko`p hujayrali organizmlarning ba’zi 
bir xossalari namoyon bo`ladi. Koloniyadagi hujayralarning protoplazma iplari bilan 
bir-biriga bog`lanishi, hujayralar harakatining o`zaro moslashganligi, hujayralarda bir 
qator differensiyalanish ro`y berishi, ya’ni somatik va jinsiy hujayralarga ajralish shular 
jumlasidandir. Binobarin, hozirgi vaqtda ham tabiatda tarqalgan sodda organizmlarning 
shunday vakillari borki, ularning tuzilishi ko`p hujayrali organizmlar ontogenezining 
muayyan ilk bosqichlariga to`g`ri keladi. Biogenetik qonunga ko`ra, ontogenezda 
filogenez qisqacha takrorlanadi. Panmiktik populyatsiyalarda xromosomaning diploid 
to’plami retsessiv mutatsiyalar geterozigota holatda saqlanishiga imkon bersa, 
krossingover hodisasi yangi -yangi genlar kombinatsiyasini hosil qiladi. Panmiktik 
populyatsiyada ro`y beradigan mutatsion va kombinativ o`zgaruvchanlik tufayli ular 
klonal populyatsiyalarga qaraganda boy irsiy o`zgaruvchanlikka ega bo`lib, katta 
evolyutsion ahamiyat kasb etadi. Binobarin, populyatsiyada evolyutsiya jarayonining 
yuz berishiga asosiy sabab, uning o`z tabiatiga ko`ra, geterogen sistema ekanligi, ya’ni 
genetik jihatdan bir-biridan birmuncha farq qiluvchi organizmlar yig`indisidan tashkil 
topganligi muhit sharoitiga moslanish imkoniyatining har xilligi bilan ifodalanadi. 
Tabiiy tanlanish populyatsiya genotip va fenotip jihatdan xilma-xil bo`lgan 
taqdirdagina o`z ta’sirini ko`rsatadi Populyatsiya areali. Populyatsiyalarga ekologik 
jihatdan harakteristika berilganda, ularning makonda joylashish hajmi, individlar soni
yosh va jins strukturasi va dinamikasi diqqat markazida turadi. Populyatsiya egallagan 
makon boshqa turlarda va bir turning o`zida har xildir. Masalan, Yevropaning o`rta 
mintaqasida nisbatan bir xil joydagi aralash o`rmonning ma’lum bir territoriyasida son 
jihatdan uncha ko`p bo`lmagan daraxtlar, butalar, ko`p yillik o`tlar chetdan changlanish 
uchun shu turning boshqa individlar gruppasidan unchalik uzoq bo`lmagan masofada 
o`sadi. Bunday individlar guruhi nisbatan katta bo`lmagan arealga ega bo`lgan alohida 
populyatsiyani tashkil etadi. Holbuki, boshqa joyda, masalan o`tloqda qandaydir mayda 
o`tlar yoki o`rmonda qora qarag`ay, archa populyatsiyasi juda katta (yuz gektarlab) arealni 
egallaydi. Populyatsiya arealining kengligi ko`p tomondan individlarning aktivlik 
darajasiga bog`liq. Agar organizmlarning individual aktivlik radiusi tor bo`lsa, 
populyatsiya egallagan areal ham keng bo`lmaydi. O`simliklarda individual aktivlik 


radiusi yangi nasl hosil qilish uchun chang, urug` yoki vegetativ qismlarning tarqalish 
masofasiga bog`liq. Hayvonlar bilan o`simliklar individual aktivlik radiusining kengligi 
(A. V. Yablokov va A . G. Yusufov bo`yicha) Tur Aktivlik radiusi tok shilliqqurti (Helis 
pomacea) Seld balig`i (Clypea harengus) Shimol tulkisi(Alapex logopus) Shimol bug`usi 
(Rangifer farandus) Ondatra (Ondatra zibetica) Tishsiz kitlar(Mustis ceti) Dub (changi) 
(Quercus petraea) bir necha o`n metr bir necha yuz kilometr bir necha yuz kilometr bir 
necha metr bir necha yuz kilometrdan ortiq bir necha ming kilometr bir necha yuz metr 
ko`p hollarda organizmlarning oziqlanish areali bilan urchish areali o`rtasida katta farq 
bo`ladi. Masalan, yozda Yevropada, qishda Afrikada yashaydigan oq laylakning oziqlanish 
areali juda keng bo`lsada, har bir juft qush urchish uchun o`zining eski uyasi bo`lgan joyga 
qaytadi. Oq laylaklar populyatsiyasi qishlash joylarida aralashib ketsa ham, lekin urchish 
davrida uncha keng bo`lmagan territoriyani egallaydi. Populyatsiya areali doimiy emas. 
Haddan tashqari ko`p urchish vaqtida populyatsiya o`z arealidan ancha yiroq joylarga ham 
tarqaladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni. Areal hajmiga qarab, populyatsiyadagi 
organizmlar soni turlicha bo`ladi. Ochiq yerlarda tarqalgan hasharotlar, o`simliklar ba’zi 
bir populyatsiyalarda 100 ming va millionlab, aksincha, ba’zi populyatsiyalarda esa juda 
oz bo`ladi. Bir ko`lda tarqalgan ninachi populyatsiyasi 30000 individlarga yaqin 
individdan iborat bo`lgani holda, tez kaltakesakning populyatsiyalarida organizmlar bir 
necha yuzdan bir necha minggacha yetadi. Yerda tarqalgan shilliq qurtning bitta 
populyatsiyasida atigi mingta individ bo`lgan, xolos. Shunga qaramay, umuman olganda 
har bir turga mansub populyatsiyalarda organizmlar bir necha yuzdan kam bo`lmaydi. 
Populyatsiyadagi organizmlar arealda bir tekis tarqalmaydi. Odatda, areal markazida 
organizmlar zich, chetlarida esa siyrak joylashgan bo`ladi. Agar u yoki bu populyatsiyaga 
mansub organizmlar ko`plab qirib yuborilsa, u holda populyatsiya avtomatik ravishda 
yo`qolib ketadi. Masalan, Uzoq Sharqda tarqalgan yo`lbars populyatsiyasi hozirgi vaqtda 
300—400 individdan iborat. Agar o`rmonda yong`in, suv toshqini yuz bergudek bo`lsa, 
yo`lbarslar yanada qirilishi va qolgan urg`ochi, erkak formalar bir-biri bilan uchrasha 
olmasligi oqibatida bir necha bo`g`indan keyin tamoman qirilib, yo`qolib ketishi ehtimoli 
bor. Populyatsiya dinamikasi. Abiotik va biotik faktorlarning ta’siri tufayli ham bir 
populyatsiyaga mansub individlar soni o`zgarib turadi. Angliyaning janubi-g`arbiy 
qirg`oqlaridagi kichik orolda yovvoyi quyon populyatsiyasi yashaydi. Oziq serob yillari 
quyonlarning umumiy soni 10000 dan oshadi. Qish qattiq kelgan, oziq kam yillari esa ular 
ko`plab qirilib ketib, hatto 100 tacha qoladi. Ko`pgina umurtqasiz hayvonlar (pashsha, 
chivinlar) soni faslga qarab 100000, hatto million marta ko`payib-kamayib turadi. Ayrim 
vaqtda populyatsiya ichida yaxshi moslashgan mutant formalar hosil bo`lishi ham 
populyatsiya individlarining soni ortishiga olib keladi.Populyatsiyadagi organizmlar 
sonining o`zgarib turishiga dastlab S.S.Chetverikov e’tibor berdi va bu hodisani «hayot 
to`lqini» deb nomladi. Tabiatda hayot to`lqini barcha populyatsiyalarga xos. Biroq ba’zi 
populyatsiyalarda u birdaniga, boshqalarida esa sekinlik bilan ro`yobga chiqadi. Har bir 
populyatsiya har xil yoshdagi va jinsdagi organizmlardan iborat. Populyatsiyadagi 
organizmlarning yoshi. Har bir tur, populyatsiyada yosh tomondan ma’lum nisbat bor. 
Organizmlarning shaxsiy rivojlanish muddati, jinsiy yetilish vaqti, ko`payish intensivligi 


bu nisbatga ta’sir ko`rsatadi. Sutemizuvchilarning poda bo`lib hayot kechiruvchi yirik 
formalarida populyatsiya yosh tomondan ancha murakkab bo`ladi. Masalan, oq qorinli 
delfinlar populyatsiyasi 1 yoshli, 2 yoshli va jinsiy tomondan voyaga yetgan 2—3 yoshli, 
lekin urchimaydigan formalardan, nihoyat, 4—5 yoshdan, 16—20 yoshgacha bo`lgan 
urchiydigan formalardan tashkil topgan. Binobarin, oq delfinlarda boshqa sut 
emizuvchilarga o`xshash voyaga yetgan har xil yoshdagi organizmlarning jinsiy tomondan 
qo`shila olish imkoniyati mavjud. Populyatsiyaning yosh tomondan murakkabligi ba’zi bir 
daraxt turlariga ham xos. Odatda, dub o`rmoni katta-100 yoshdan ortiq va yosh 
yaqindagina gullagan daraxtlardan tashkil topadi. Shunga ko`ra, ular bir-birini changlatishi 
tabiiy bir hol. Qoraqumda o`suvchi qora saksovul 12—14 yil yashasa ham, unda 7 ta yosh 
guruhi bor. Odatda, har xil yoshdagi organizmlar o`zaro hayotchanligi, ya’ni fiziologik 
holati bilan farq qiladi. Bu holat ko`p jihatdan yashash uchun kurashga bo`lgan 
chidamlilikni ifodalaydi. Ayrim hollarda, qisqa vaqt yashaydigan (mayda sutemizuvchilar, 
qushlar hayotida bir marta urchiydigan hasharotlar va boshqa) umurtqasiz hayvonlar 
populyatsiyasi yosh organizmlardan tashkil topgan bo`ladi. Populyatsiya xillari. 
Populyatsiyalarni N. P. Naumov geografik, ekologik va elementar mahalliy xillarga 
bo`ladi. Ularning har biri ma’lum territoriyani egallaydi. Geografik populyatsiya hayot 
sharoiti geografik jihatdan bir xil territoriyada tarqalgan individlarni o`z ichiga oladi. 
Odatda, bunday geografik populyatsiyalar katta territoriyani ishg`ol qiladi (21-rasm). 
Geografik populyatsiyaga mansub individlar o`zaro chatishgani uchun umumiy 
morfologik-biologik tipga ega bo`ladi va bu bilan alohidalashgan qo`shni geografik 
populyatsiyalardan farq qiladi. Chunonchi, uzun boshli dala sichqon keng territoriyada 
Oltoy, Sibir, Qozog`istondagi va O`rta Osiyoning shimoli-sharqidagi tog`larda tarqalgan. 
Turli rayonlardagi uzun boshli dala sichqonlar har xil geografik populyatsiyalarni tashkil 
qilib, ular fiziologik jihatdan va yirik-maydaligi bilan farq qiladi. Masalan, tundra 
populyatsiyasi cho`l populyatsiyasidan farq qilib, gavdasi yirikroq, erta urchiydigan, ko`p 
nasl beradigan bo`lib, tanasida ko`p yog` to`playdi. 
Geografik populyatsiyalar ekologik populyatsiyalarga bo`linadi. Ekologik 
populyatsiyalar bir xil joyda yashab, bir-biridan kam alohidalashganligi bilan farq qiladi. 
Moskva atrofida kul rang dala sichqonning ikkita ekologik populyatsiyasi bor. Daraxtsiz 
ochiq yerlarda — o`tloqlar, ekinzorlar, dalalarda tarqalgan 128 populyatsiyasi yozda 
yaxshi qiziydigan, g`ovak tuproqda in qazib, tez urchiydi va son jihatdan ko`payadi. Biroq 
kuzga kelib, yerni haydash natijasida ularning ini ko`plab buzilib ketadi, natijada ular 
boshqa yerlardan in qazishga majbur bo`ladi va yirtqichlar tomonidan qirilib, soni kamayib 
ketadi. Daraxtzor va butazorlarda tarqalgan ikkinchi ekologik populyatsiyada yil 
mobaynida bir xil oziq zapasi bo`lganligi va ini kamroq zararlanganligi uchun individlar 
soni nisbatan turg`un saqlanadi. Har qanday ekologik -populyatsiya o`z navbatida yanada 
kichik — mikropopulyatsiya yoki elementar populyatsiyaga bo`linadi. Har bir elementar 
populyatsiya o`ziga xos xatti-harakatga ega bo`lsada, turg`un morfologik-fiziologik 
xossalari bilan farq qilmaydi. Chunonchi, o`rdaklar, g`ozlar kuzda nisbatan turg`un gala 
hosil qiladi. Bunday galalar birga uchadi, bir joyda in quradi va qishlaydi, A. S. 


Malchevskiy kuzatishicha, Leningradda tarqalgan ola qorayaloqning har bir maydonda 
(eski Petergof, Gatchinsk, Oxatinsk, O`rmon texnika akademiyasi va shu singari 
parklarda) tarqalgan erkak individlarining o`ziga xos xonishi borligi ma’lum bo`lgan. 
Shunga o`xshash dalillar hayvonlarning elementar populyatsiyalari ekologik jihatdan bir-
biridan farq qilishini ko`rzsatadi. 

Download 303.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling