Reja: Power Point dasturi xaqida tushuncha


Power Point dasturini ishga tushirish


Download 1.4 Mb.
bet2/15
Sana23.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1224851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Power Point dasturini ishga tushirish
Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi.
«Pusk» - «Programmы» - «Microsoft Power Point» (1-rasm)
Eslatma: Yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Power Point ishga tushgandan so`ng ish ko`rgazma yaratish muloqot darchasi va mavjud prezentatsiyalar bilan boshlanadi. Power Point ishga tushirilgan ekranda 2-rasmda ko`rsatilgan muloqot darchasini ko`rish mumkin.

1-rasm. Ish stolidan Power Point ni ishga tushirish

2-rasm Ko`rgazmalar yaratish muloqot darchasining umumiy ko`rinishi.


2.Power Point dasturi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan ishlar
Yuqoridagi muloqat darchasi orqali ko`rgazmalar yaratish turini tanlab olish mumkin bo`ladi. 2-rasmda quyidagi 4 ta asosiy bo`lim berilgan, ularning har biri haqida to`xtalib o`taylik.

  • «Avtomundarija ustasi» («Master avtosoderjaniya») – ma’ruzachining ismi, familiyasi, mavzu nomi, ko`rgazma turi, uslubi, rangli chizmasi kiritilib, bir necha slayddan iborat bo`lgan tayyor ko`rgazmani olish mumkin.

  • «Taqdim etish qoliplari» («Shablon prezentatsii») – ko`rgazmani jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi.

  • «Bo`sh prezentatsiya» ( «Pustuyu prezentatsiyu») – mustaqil ravishda ko`rgazma tuzish imkonini beradi.

  • «Prezentatsiyalarni ochish» («Otkrыtь prezentatsiyu») – komp’yuter xotirasida diskda mavjud bo`lgan ko`rgazmali fayllarni ochish imkonini beradi.

Har bir foydalanuvchi bu dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bo`limlaridan birini o`z maqsadiga ko`ra tanlashi mumkin. Dastur ishini bo`sh ko`rgazmadan ham boshlash mumkin. Bunda ham rang sxemasi, harf ko`rinishlari, turlari va boshqa parametrlari saqlanib qoladi. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichi «Bo`sh prezentatsiya» ( «Pustuyu prezentatsiyu») bo`limiga olib keladi va «OK» tugmasi bosiladi. Bunda quyidagi muloqot darchasi xosil bo`ladi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling