Reja: Power Point dasturi xaqida tushuncha


-rasm. Slaydlar tuzish darchasining umumiy ko`rinishi


Download 1.4 Mb.
bet3/15
Sana23.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1224851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word

3-rasm. Slaydlar tuzish darchasining umumiy ko`rinishi.
Bu yerdagi har bir slaydning ko`rinishini mos ravishda tanlab olish kerak bo`ladi. Buning uchun yo`nalish tugmalari yoki sichqonchadan foydalanish mumkin.
Muloqot darchasidan kerakli holat, masalan: «Bo`sh slayd» («Pustoy slayd») ko`rinishi tanlanadi va «OK» tugmachasi bosiladi.
Bu amallar bajarilgandan so`ng Power Point dasturining umumiy ko`rinishi hosil bo`ladi.
3.Power Point dasturi menyulari va ular bajaradigan ishlar;
Power Point dasturining umumiy ko`rinishi va uning tuzilishi.
Power Point dasturining umumiy ko`rinishi: Sarlavhalar qatori, gorizontal menyu, uskunalar paneli («standart», «formatlash» va rasmlar bilan ishlash), rejim tugmachalari (slaydlar rejimi, strukturalar rejimi, saralash rejimi, namoyishlar rejimi) va ishchi maydonni o`z ichiga oladi. (4-rasm)

4-rasm. Power Point dasturi muloqot oynasining umumiy ko`rinishi
Power Point ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan. Power Point dasturidagi bu tugmalar vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Tugmacha Rejim bu rejim tanlanganda ekranda faqat bitta slayd slaydlar
tasvirlanadi. Slaydlar rejimi har bir slaydni ketmaketlik bilan jihozlab, unga kerakli
matnlarni kiritishda juda qulay.

Strukturalar rejimida har bir slayd belgi bilan ifodalanadi. Slayd belgisidan keyin tartib raqami va slayd matni ko`rinadi. Struktura rejimini ko`rgazma strukturasini o`zgartirganda, sarlavha va matnlarni
Strukturalar qayta ishlashda qo`llash tavsiya etiladi. Matn slaydini

Slaydlarni saralash
Belgilar

strukturaning beshta darajasiga joylashtirish mumkin. Bu rejimda hamma slaydlarining sarlavhasini va matnini ko`rib chiqishga chalg`imasdan tekshirib chiqish mumkin.
Slaydlarni saralash rejimida hamma slaydlar ekranda kichiklashtirilgan holatda ko`rinadi. Bu rejim slaydlarning o`rnini almashtirish uslubini o`rnatishda va namoyish vaqtini belgilashda qo`llaniladi. Bundan tashqari bu rejimda slaydlarning o`rnini almashtirish va slaydlarni kerakli joyga ko`chirish imkoniyati mavjud.
Varaq belgilari rejimi ma’ruza uchun kerak bo`lgan belgilarni tayyorlashda va ko`rib chiqishda qo`llaniladi. Ko`rgazma yaratilayotganda har bir varaqani boshqariluvchi matnlar bilan to`ldirish mumkin.
Namoyish etish rejimi ko`rgazmaning oxirgi ko`rinishini qurish uchun mo`ljallangan. Bu rejimda slaydlar ekranga ketma-ket chiqariladi. Namoyish etish tartibi ko`zlanayotgan maqsadga qarab o`rnatiladi. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi namoyishdan avval tayyorlab qo`yiladi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling