Reja: Power Point dasturi xaqida tushuncha


Bir ko`rgazmada slaydlarni qayta takrorlash


Download 1.4 Mb.
bet11/15
Sana23.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1224851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Bir ko`rgazmada slaydlarni qayta takrorlash

    1. Qayta takrorlanadigan slaydni belgilang.

    2. «Vstavka» menyusidagi «Dublirovatь slayd» («Slayd ko`chirilsin») buyrug`ini tanlang.

Boshqa ko`rgazmaga slaydlarni ko`chirish

    1. Mavjud hamda boshqa ko`rgazmalarni oching va «Slaydlarni saralash» rejimiga o`ting.

    2. Ikkala slaydni bir oynada yonma-yon aks ettirish uchun «Okno» menyusida «Uporyadochitь vse» («Barchasi tartiblansin») buyrug`ini tanlang.

    3. Tanlangan slaydni bir ko`rgazmadan ikkinchisiga olib o`ting.

Boshqa ko`rgazma uchun slaydlardan nusxa olish

    1. Boshqa ko`rgazmaga nusxasi o`tkaziladigan slaydlardan oldin turuvchi slaydni belgilang.

    2. «Vstavka» menyusidagi «Slaydы iz faylov» («fayllardan slaydlar») buyrug`ini tanlang.

    3. Nusxasi o`tkaziladigan slaydlar turgan ko`rgazmani toping va uni belgilang.

    4. Nusxasi o`tkaziladigan slaydlarni belgilang va «Vstavitь» («Kiritilsin») tugmachasini bosing.

Slaydlarni o`chirish

      1. Јchirilishi kerak bo`lgan slaydlarni belgilang.

      2. «Pravka» menyusidagi «Udalitь slayd» («Slayd o`chirilsin») buyrug`ini tanlang.

Power Point dan chiqish
«Fayl» menyusidan «Vыxod» («Chiqish») buyrug`ini tanlang.
MS PowerPoint ning yuqorida ko`rsatilgan imkoniyatlarini qo`llab, quyidagi namunaviy laboratoriya ishining bajarilishini ko`rib chiqamiz.


REJА

  1. Kompyuter tarmoqlarining tavsifi va tasnifi.

  2. Ma’lumot uzatish jarayonining tashkil etilishi.

  3. Lokal hisoblash tarmoqlari ularning asosiy turlari hamda tarmoq topologiyasi



Kompyuter tarmoqlarining tavsifi va tasnifi.
Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari ma’lumotlarni katta tezlik bilan ishlab chiqarishni, uni qulay usullarda saqlashni va uzatishni talab qiladi. Undan tashqari ma’lumotlarni tezda qidirib topish, ularni matematik va mantiqiy qayta ishlash talab qilinadiki, buning uchun ko’pchilikning ishtiroki hamda birgalikda ishlashi talab qilinadi. Boshqaruv qarori qabul qilish jarayoni ham ushbu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha tomonlarning bevosita ishtirokini talab qiladi. Hisoblash texnikasini markazlashgan usulda ishlatish davrida undan foydalanuvchilar barcha turdagi masalalarni ham bir xil samaradorlik bilan echib bera oladigan kompyuterlarga ega bo’lishni afzal ko’rardilar. Lekin echiladigan masalalarning ko’payishi hamda ularning murakkabligi oshishi bilan bunday kompyuterlar quvvatining samarasiz ishlatilishiga hamda sarf-harajatlarning ancha oshishiga olib keldi. Bu xildagi universal kompyuterlarning resurslaridan foydalanish ularning markazlashgan usulda ishlashi tufayli juda ham murakkablashib ketdi. Chunki har bir alohida olingan resurslarga bir qancha foydalanuvchilarning bir vaqtda murojat qilishi ular orasida konfliktlar keltirib chiqarar edi. Markazlashgan usulda ma’lumot ishlab chiqarish informatsiya ishlab chiqarish jarayoniga qo’yiladigan yuqori ishonchlilik darajasini ta’minlash singari talablarga to’la javob bera olmadi, sistemaning rivojlanishiga bir qancha qiyinchiliklar tug’dirdi hamda dialogli ma’lumot ishlab chiqarishni qulay usulda tashkil etishga monelik qildi. Masalan, markaziy kompyuterning qisqa muddatli ishdan chiqishi sistema uchun katta noqulayliklar keltirib chiqarar edi, chunki buning natijasida ushbu sistemaga ulangan ko’pchilik kompyuterlarning ishi izdan chiqarilar edi. Bu axvolni tuzatish esa katta kuch va mehnat talab qilardi. Markazlashgan usulda ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish quyidagi tasvir orqali ifodalanishi mumkin:

Xususiy va kichik kompyuterlarning paydo bo’lishi hamda ularning imkoniyatlari beqiyos darajada o’sishi ma’lumot ishlab chiqarish sistemalarini tuzishning yangi yo’nalishini vujudga keltirdi va buning asosida yangicha turdagi informatsion texnologiyalar paydo bo’ldi. Bunday turdagi yangi informatsion texnologiyalarda ma’lumotlarni markazlashgan usulda ishlab chiqarishdan ularni tarqoq holda jaylashtirib, ma’lumot ishlab chiqarish amalga oshirildi. Ya’ni, ma’lumotlar qanday turga mansub va qaerda hosil bo’lganiga qarab, xilma-xil joylarda va turli xil kompyuterlarda qayta ishlanilishi amalga oshirildi. Bu esa o’z navbatida ma’lumot ishlab chiqarishning ishonchliligini, tezkorligini, aniqligini oshirib, foydalanuvchilarga ham talay qulayliklar yaratdi. Endi ma’lumot ishlab chiqaradigan kompyuterlar bir necha o’nlab yoki yo`zlab bo’lib, ulardan birining ishdan chiqishi barcha sistemaning ishini izdan chiqara olmas edi. Demak, ma’lumotlarni tarqoq holda ishlab chiqarish usuli ushbu jarayonni alohida, ammo bir-biri bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshirish deb tushunilishi mumkin. Tarqoq usulda ma’lumot ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ko’p mashinali sistemalar tashkil qilingan bo’lib ular ikki xil turga mansub bo’lishi mumkin:
 ko’p mashinali hisoblash komplekslari;  kompyuter tarmoqlari.
Ko’p mashinali hisoblash komplekslari deganda bir joyda o’rnatilgan bir qancha kompyuterlar guruxiga tushunilib, ular o’zaro ulangan hamda birgalikda qandaydir informatsion-hisoblash jarayonini amalga oshiradi. Ko’p mashinali hisoblash komplekslari quyidagi ikki turga mansub bo’lishi mumkin:
Lokal – agarda barcha kompyuterlar bitta xonada joylashgan hamda ularni ulanishi uchun maxsus uskuna va aloqa kanallari zarur bo’lmasa.
Masofaviy (distantsion) – agarda hisoblash kompleksining ba’zi bir kompyuterlari markaziy kompyuterdan o`zoq masofalarda joylashgan bo’lsa hamda ma’lumotlar uzatish uchun aloqa kanallaridan foydalanilsa. Bulardan farqli ravishda kompyuter tarmog’i deb aloqa kanallari va qo’shimcha maxsus qurilmalar orqali o’zaro birbiri bilan ulangan kompyuterlar hamda terminallar tizimi yoki majmuasiga aytilib, ular tarqoq usulda ma’lumot ishlab chiqarish talablariga moslashtirilgan bo’lishi kerak.
Bu erda tizim yoki majmua deb kompyuterlar, ularning tashqi qurilmalari, programmaviy ta’minot, tegishli texnik ta’minot va tizimni boshqaruvchi inson resurslari tushunilib, ular birgalikda ma’lumot ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishi hamda boshqa tizimlar bilan operativ muloqotni ta’minlab berishi loxim.


Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nushalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag`’ni asraydi.


Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nushalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha; - o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha; - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) o`zoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling