10-rasm. Slaydlar rangli chizmasining Standart holatidagi
(Standartnaya) ko`rinishi.
Bu darcha ikkita menyudagi iborat bo`lib, ular Standart holatdagi («Standartnaya») (10-rasm) va Maxsus ko`rinishlardir («Spetsialnaya») (11-rasm).
11-rasm. Slaydlar rangli chizmasining Maxsus («Spetsialьnaya») ko`rinishi.
Maxsus fon.
POWER POINT butun ko`rgazma yoki alohida slaydlar uchun maxsus fon o`rnatish imkonini beradi. Bu fonga o`tish yuqoridagi gorizontal menyudagi quyidagi buyruqlar orqali amalga oshiriladi.
«Format»-«Fon»
Ekranda quyidagi ko`rinishdagi muloqot darchasi hosil bo`ladi.
Annimatsion effektlar
Annimatsion effektlarni qo`llash uchun formatlash uskunalari panelidagi animatsiya tugmachasini bosilsa, «Animatsiya effektlari» («Effektы annimatsii») uskunalar paneli hosil bo`ladi.
1.Sarlavha animatsiya. Bunda animatsiya nomi yoziladi.
Matnli slaydlar annimatsiyasi. Matn yozilgan barcha slaydlarni ekranda namoyish etadi.
Kirish effekti. Bu piktogramaga sichqoncha ko`rsatkichi keltirib bosilgandan so`ng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari hosil bo`ladi. Ya’ni belgilar ketma-ket tartibda chiqishi ta’minlanadi.
Uchish effekti. Belgilarning namoyish ekranida ketma-ket uchib tushishini ta’minlaydi.
Kamera effekti. Namoyish slaydining tasvirini ta’minlaydi.
Yonib o`chish effekti. Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda bir marta hosil bo`lib, yo`qolish holati ta’minlanadi.
Lazerli effekt. Slaydlardagi yozuvlarning uchish tezligini va turli tomonlardan uchib tushish parametrlarni o`zgartirish imkoniyatini beradigan piktogrammadir.
Yozuv mashinasi annimatsiyasi. Bunda kiritilgan belgilar endi yozilayotgan yozuv mashinasidagi kabi hosil bo`ladi.
Olib tashlash effekti. Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma bosilgungacha yashirinib turadi.
Animatsiyalarni sozlash. Bu piktogramma annimatsiyalar parametrlarini o`zgartirish uchun xizmat qiladi.
Eslatma: Annimatsion effektda ishlash uchun:
- animatsion effekt qo`llanilishi kerak bo`lgan ob’ekt belgilanadi; - tanlangan annimatsion effekt tugma (piktogramma) sini bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |