Reja: Power Point dasturi xaqida tushuncha


Lokal hisoblash tarmoqlari asosiy topologiyalari


Download 1.4 Mb.
bet14/15
Sana23.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1224851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Lokal hisoblash tarmoqlari asosiy topologiyalari
Lokal hisoblash tarmoqlarining topologiyasi deb tarmoqdagi kompyuterlar (yoki tugunlar, o`zellarning) ulanishining geometrik tuzilishiga aytiladi. Tarmoq topologiyalari xilma xil usulda amalga oshirilishi mumkin, lekin ularning ichida uch xili keng miqyosda tarqalgan: aylanma, shinali va yuldo`zsimon. Tugun (o`zel) deb tarmoq ma’lumot uzatish muxitiga ulangan har qanday qurilmaga aytiladi. Topologiya tarmoq tugunlarining bir biri bilan ulanishini o’rtacha ko’rinishda ifodalaydi. Masalan, har qanday yopiq egri yoki siniq chiziq ko’rinishidagi tarmoq aylanmaga, yopiq bo’lmagan siniq chiziq esa shinali tarmoq topologiyasiga misol bo’lishi mumkin.
Aylanma topologiya tarmoq tugunlarini ulash va ma’lumotlar almashinish jarayonini uzatish muxiti kabeli vositasida yopiq chiziq ko’rinishida ulanish orqali tashkil etishni nazarda tutadi. Bunda bir tugunning chiqishi ikkinchi tugunning kirishi bilan ulanadi. Ma’lumot aylana bo’yicha bir tugundan ikkinchisiga uzatiladi va har bir oraliq tugun yuborilgan ma’lumotlarni retranslyatsiya qilishni amalga oshiradi. Qabul qiluvchi tugun faqatgina uning o’ziga jo’natilgan ma’lumotlarnigina taniydi va qabul qilib oladi.

Katta miqyosdagi tarmoqlar uchun aylanma topologiya juda ham mos tushadi, chunki birinchidan unda markaziy tugun yoki markaziy boshqaruvchi qurilma yo’q, bu esa uning ishonchliligini yana ham oshiradi. Ikkinchidan, ma’lumotlarni retranslyatsiya qilish imkoniyati tufayli unda har qanday turdagi kabellarni ishlata olish mumkin.
Aylanma topologiyaning maxsus turiga mantiqiy aylanma tarmoq misol bo’la oladi va u bir qancha yuldo`zsimon topologiyalarning ulanishi orqali amalga oshiriladi. Alohida yuldo`zsimon tarmoqlar serverga maxsus kommutatorlar orqali ulanadilar. Ularni «xab» yoki HUB-kontsentratorlar deb ataladi. Ish stantsiyalari soni va ular orasidagi kabel o`zunligiga mos ravishda aktiv yoki passiv kontsentratorlar ishlatiladi.
Aktiv kontsentratorlar 4 dan 16 tagacha ish stantsiyalarini ulash uchun mo’ljallangan kuchaytirgichga ega bo’ladilar. Passiv kontsentratorlar esa eng ko’pi bilan uchta ish stantsiyalariga mo’ljallangan tarmoqlovchi qurilma bo’lib xizmat qiladilar. Bunday tarmoqdagi tugunlarning ketma-ket ishlashi uning tezligini kamaytiradi va biror bir tugunning ishdan chiqishi umumiy ma’lumot uzatish jarayonini izdan chiqarmasligi uchun maxsus choralar ko’rishni talab qiladi.
Shinali topologiya tarmoq topologiyalari orasidagi eng oddiy topologiyalardan biri bo’lib xizmat qiladi. Unda ma’lumot uzatuvchi muxit sifatida koaksil kabel xizmat qiladi. Ma’lumotlar tarmoqning ma’lumot uzatuvchi tugunidan ikki tomonga qarab tarqalib ketadi. Oraliq tugunchalar kelgan ma’lumotlarni qayta uzatmaydilar. Ma’lumotlar barcha tugunlarga keladi, ammo ma’lumotni ularning barchasi emas, balki uzatilgan ma’lumotda adresi borlarigina qabul qiladilar. Xizmat ko’rsatish usuli esa parallel ravishda amalga oshiriladi.

Bu usul esa lokal hisoblash tarmog’ining katta tezlik bilan ishlashini ta’minlab beradi. Tarmoqni kengaytirish, kattalashtirish, o’zgartirish hamda xilma xil sistemalarga moslashtirish ancha qulay. Undan tashqari shinali topologiya asosida tashkil qilingan tarmoq alohida tugunlarda ruy berishi mumkin bo’lgan nosozliklarga nisbatan ancha chidamli bo’ladi. Bunday turdagi tarmoqlar hozirgi paytda juda keng miqyosda tarqalgan. Shinali tarmoqlarning kamchiliklariga ularning faqatgina qisqa masofalardagina tashkil qilinishi mumkinligini hamda bir tarmoq chegarasida xilma xil turdagi kabellar ishlatilishining mumkin emasligini kiritish mumkin.
Yuldo`zsimon topologiyali tarmoqlar markaziy qurilma yoki tugun (o`zel) kontseptsiyasiga asoslangan bo’lib, unda barcha tarmoq periferiya (tashqi) vositalarining ulanishi amalga oshiriladi. Har bir periferiya vositasi markaziy qurilmaga o’zining alohida aloqa kanali orqali ulangan bo’ladi. Barcha ma’lumotlar markaziy qurilma orqali uzatiladi. Markaziy qurilma esa tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini qaytadan uzatishni, marshrutlashtirishni va ularni qaytadan retranslyatsiya qilishni amalga oshiradi. Yuldo`zsimon topologiya lokal hisoblash tarmog’i tugunlarining o’zaro muloqotini ancha osonlashtiradi va oddiyroq tarmoq adapterlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Lekin shuning bilan bir vaqtda yuldo`zsimon topologiyali kompyuter tarmog’ining ishonchliligi va ishlash imkoniyatlari to’liq ravishda markaziy qurilmaga bog’liq bo’ladi va u orqali aniqlanadi. Bunday turdagi tarmoqlarning topologiyasini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:

Real kompyuter tarmoqlarida yuqorida ko’rib chiqilganlardan murakkabroq topologiyalar ishlatiladi va bunday topologiyalar taxlil etib chiqilgan tarmoq topologiyalarining xilma xil ko’rinishdagi kombinatsiyalaridan iborat bo’ladi.
Kiskacha qilib aytganda Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:

  1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.

  2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.

  3. Yuldo`zcha. Yuldo`zcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugo`nga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugo`nga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.


Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Kabellar asosan uchga bo’linadi:
-koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.

-juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100
Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi
.
-optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling