Reja: Protokol tushunchasi
Interfeys ( fizik va mantikiy ) tushunchasi
Download 41.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5-маъруза (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfeyslar ikki turga fizik va mantiqiy turlarga ajratiladi. Fizik interfeys
- Mantiqiy interfeys
- Kompyuter-kompyuter interfeysi
2.Interfeys ( fizik va mantikiy ) tushunchasi
Interfeys – keng ma’noda – o’zaro aloqadagi mustaqil ob’ektlar orasidagi rasman aniqlangan mantiqiy va/ yoki jismoniy chegara. Interfeys ob’ektlar o’zaro ta’siri jarayonlari va xarakteristikalarini parametrlarini beradi. Interfeyslar ikki turga fizik va mantiqiy turlarga ajratiladi. Fizik interfeys (port deb nomlanuvchi) — elektrik aloqa va signallar xarakteristikalarni to’plami bilan aniqlanadi. Odatda u har biri ma’lum vazifaga ega kontaktlar yig’indisidan iborat, masalan ma’lumotlar uzatish uchun ajraladigan kontaktlar guruhi, ma’lumotlarni sinxronizatsiyalash kontakti va boshqalar. Juft ajraladiganlar har biri ma’lum kontaktlarni bog’lovchi simlar to’plamidan iborat kabellar bilan bog’lanadi. Bunday vaziyatda kanallar yoki liniyalarni yaratish, ikki uskuna orasidagi aloqa haqida gapiriladi. Mantiqiy interfeys (shuningdek protokol deb yuritiladi) — ikki qurilma yoki ikki dastur almashuvchi ma’lum formatdagi axborot xabarlari yig’indisi, shuningdek ushbu xabarlar almashish mantiqini aniqlab beruvchi qoidalar yig’indisidir. Kompyuter-kompyuter interfeysi ikki kompyuterga ma’lumot almashinish imkonini beradi. Har bir tomondan u juft bo’lib amalga oshiriladi: tarmoq adapteri deb nomlanuvchi apparat moduli, yoki tarmoq interfeys kartasi (Network Interface Card, NIC); tarmoq interfeys kartasi drayveri — tarmoq interfeys kartasi ishini boshqaruvchi maxsus dastur. Tarmoq adapteri (Network Interface Card, NIC) – ona (materinskaya) plata slotlaridan birining tizim bloki ichiga o’rnatiluvchi maxsus plata. Asosiy funktsiyasi – tarmoqda axborotlarni qabul qilish va uzatish. 8.1 –rasmda tarmoq adapterining Internetga ulangandagi funktsiyasi, tarmoq adapterining xostning boshqa komponentlari bilan aloqasi va TCP/IP protokollari o’tish funktsionalligi misolida keltirilgan. 5.4-rasm. Internetga ulanganda tarmoq adapteri funktsiyalari. Interfeys kompyuter-periferiya qurilmasi (masalan, interfeys kompyuter- printer) kompyuterga periferiya qurilmasi ishini boshqarish imkonini beradi. Bu interfeys quyidagilarni amalga oshiradi: kompyuter tomonidan – interfeys kartasi va tarmoq interfeys kartasi va uning drayverlariga xos periferiya qurilmasi drayveri(printer); periferiya qurilmasi tomonidan – periferiya qurilmasi tomonidan(printer), odatda ma’lumotlar sifatida kompyuterdan qabul qiluvchi apparat qurilma ko’rinishida, masalan qog’ozda bosmadan chiqarish uchun axborot baytlari, shuningdek periferiya qurilmalari elektromexanik qismlarini boshqarib ishlab chiquvchi komandalar, masalan printerdan qog’ozni itarib chiqarib yoki diskning magnit golovkasini o’rnini o’zgartirib. Download 41.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling