Reja: Protokol tushunchasi
Ochiq tizimlarning o’zaro ishlashining tayanch namunaviy modeli
Download 41.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5-маъруза (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standartlar bo’yicha Xalqaro Tashkilot
- 4. Model pog’onalarining asosiy vazifalari. Amaliy.
- Taqdim etish.
- Transport.
3.Ochiq tizimlarning o’zaro ishlashining tayanch namunaviy modeli.
Ochiq tizimlarning xususiyatlari va vositalarini belgilab beruvchi kontseptual asos. Model, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan axborot tizimlarini yagona tarmoqda ishlashini ta’minlovchi Ochiq Tizimlarning o’zaro munosabatini aniqlab beradi. Shu sababli u, axborot tizimlari uchun amaliy jarayonlarni, ma’lumotlarni ifodalash usullari, ma’lumotlarni yagona ko’rinishda saqlashga, tarmoq resurslarini boshqarish, ma’lumotlarni xavfsizligi va axborotni muhofazalash, dasturlarni va texnik vositalarni tashhis qilish bo’yicha o’zaro ta’sirini muvofiqlashtiruvchi amallarni bajaradi. Model, Standartlar bo’yicha Xalqaro Tashkilot (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan va axborot tizimlari, hamda ularning uyushmalari uchun tamoyillar asosi sifatida butun dunyoda keng qo’llaniladi. Modelning asosiy elementlari bo’lib, pog’onalar, ob’ektlar, ulanishlar, ulanishning fizik vositalari hisoblanadi. Bu model barcha tarmoq funktsiyalari 7-ta pog’onaga bo’lingan tarmoq arxitekturasini belgilovchi model hisoblanadi. Har bir pog’onaga tarmoqda bajarilishi kerak bo’lgan tarmoq operatsiyasi, protokoli va tarmoqning maxsus qurilmasini boshqarish topshirilgan bo’ladi. Amaliy pag’ona Taqdimot pag’ona Seans pag’ona Transport pag’ona Tarmoq pag’ona Kanal pag’ona Fizik pag’ona 4. Model pog’onalarining asosiy vazifalari. Amaliy. U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlarning o’zaro aloqasini ta’minlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o’rtasida interfeysni ta’minlagan holda). Bu pog’onada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllarni uzatish, olislashgan holda terminalga kirish, elektron pochta va hokazo. Taqdim etish. Bunda ma’lumotlarni uzatishda kodirovkani bir hillashtirish ta’minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlar o’rtasida ma’lumotlar almashuvi uchun foydalaniladigan shaklni belgilaydi. Ma’lumotlarni uzatuvchi kompyuterda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma’lumotlarni oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi. Seans. U ikkita turli kompyuterlarni dasturlar yordamida seans olib borishini ta’minlab beradi. Bu darajada kuyidagilar amalga oshiriladi: • xavfsizlik vositalarini boshkarish; • ma’lumotlar almashuvini sinxronlash; • uzilish (to’xtab qolish) natijasida seansni ushlab turish. Transport. Ushbu pog’onada ma’lumotlarni tug’ri tashish ta’minlanadi, xatolar imkon darajasida to’g’irlanadi. Tashish bo’yicha servis hizmati ko’rsatiladi. Tarmoq. Ikkita mashina o’rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni manzillarga jo’natishga va mantiqiy manzilgohlar va nomlarning fizik manzillarga o’zgarishiga javob beradi; jo’natuvchi kompyuterdan qabul qiluvchi kompyutergacha bo’lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog’lik holda ma’lumotlarning o’tish yo’lini belgilaydi. Download 41.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling