Reja: Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha


Sezgilarning tasniflanishi


Download 43.51 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi43.51 Kb.
#1513136
1   2   3   4   5   6   7
Sezgilarning tasniflanishi. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o'rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Tashqi muhitdan narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda retseptorlari tananing yuzasida joylashgan ekstrotseptiv sezgilar; 2. Tananing ichki a'zolarida va to'qimalarida joylashgan hamda ichki a'zolarining xolatini aks ettiradigan interotseptiv sezgilar; 3.Retseptorlari mushaklarda va paylarda o'rnashgan propriotseptiv sezgilar; ular gavdamizning harakati va xolati haqida axborot berib turadi. Harakatni sezadigan propriotseptiv sezgi turi, shuningdek, kinesteziya deb ham atalib, uning retseptorlari kinestezik yoki kinestetik retseptorlar deb ham ataladi.
Ekstrotseptorlarni ikki guruhga: kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Teri orqali paypaslab ko'rishga asoslangan sezgilarni taktil sezgilar deyiladi, bular ham o'z funktsiyasiga ko'ra bir necha xil bo'lishi mumkin, masalan, xaroratni sezish, silliq yoki g'adir budirni, qattiq yoki yumshoqni sezish va xokazo.
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Sezgilar aynan bir xil qo'zg'aluvchilarning aks ettirish shakllaridan iboratdir. Jumladan, elektro magnit nurlanishi ko'rish sezgisining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Bu nurlanish to'lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron doirasida bo'ladi va ko'rish analizatorida nerv jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilari-retseptorlarga tebranish tezligi (chastotasi) 16 dan 20 ming gertsgacha bo'lgan tovush to'lqinlari ta'sirining aks etish natijasidir. Ta'sir kuchi shundan past bo'lsa ham, baland bo'lsa ham sezgi paydo bo'lmaydi. Taktil sezgilar mexaniq qo'zg'atuvchining teri yuzasiga ta'siri natijasida hosil bo'ladi.
Sezgilarning sifat, jadalligi, davomiyligi, joylarda yuz berish kabi xususiyatlari bor.
Sifat-mazkur sezgining asosiy xususiyati bo'lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o'zgartirib turadi. Jumladan eshitish sezgisi past-balandligi, mayinligi, zo'rligi bilan, ko'rish sezgisi boyligi, ranglarning tusi bilan farq qiladi va xokazo.
Sezgining jadalligi-uning miqdorini ifoda etadigan xususiyati bo'lib, ta'sir qilayotgan qo'zg'atuvchining kuchi retseptorning funktsional xolati bilan belgilanadi.
Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. Qo'zg'atuvchi sezgi a'zosiga ta'sir qilishi bilanoq hosil bo'lmaydi, balki, bir oz vaqt o'tgach hosil bo'ladi. Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har xil sezgi turi uchun har xil: masalan, taktil sezgilar uchun 130 millisekund bo'lsa, og'riq sezgisi uchun 370 millisekunddir. Ta'm bilish sezgisi esa tilning ustiga kimyoviy qo'zg'atuvchi surtilgandan keyin 50 millisekund o'tgach hosil bo'ladi.
Sezgi qo'zg'atuvchi ta'sir qila boshlashi bilan bir paytda hosil bo'maganidek, ta'sir to'xtashi bilan birdan yuqolmaydi. Sezgining bu xildagi sustligi oqibat deb atalgan xodisada namoyon bo'ladi.
Kurish sezgisi bir muncha sust bo'lib, uni qo'zg'algan qo'zg'atuvchi ta'sir qilishni to'xtatishi bilanoq darxol yo'qolib ketmaydi.(Kinematograf shunga asoslangan).
Nihoyat, sezgilar qo'zg'atuvchining muayyan joylarda yuz berishi xususiyatiga egadir. Distant retseptorlar tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy tahlil qo'zg'atuvchining muayyan joyda yuz berishi haqida axborot beradi. Taktil sezgilar tananing qo'zg'atuvchi ta'sir qiladigan qismi bilan munosabatga kirishadi.
Sezuvchanlik va uning o'lchovi. Sezgi a'zolarining sezuvchanligi muayyan sharoitlarda sezgini hosil qilishga layoqatli bo'lgan eng kuchsiz qo'zg'atuvchi yordamida aniqlanadi. Bilinar bilinmas sezgi hosil qiladigan qo'zg'atuvchining eng kam kuchi sezuvchanlikning quyi absolyut chegarasi deb ataladi.
Eng kam kuchga ega bo'lgan va kuyi chegaradagi qo'zg'atuvchilar sezgi hosil qilmaydi va ular haqidagi signallarni bosh miya qobig'iga o'tkazmaydi.
Sezgilarning quyi chegarasi mutlaq sezuvchanligi darajasini belgilaydi. Mutlaq (absolyut) sezuvchanlik bilan quyi chegara o'lchami o'rtasida teskari bog'lanish mavjud: quyi chegara o'lchami qanchalik kichik bo'lsa, muayyan analizatorning sezuvchanligi shunchalik yuqori
bo'ladi. E
1 P ’
E-sezuvchanlik, P
qo'zg'atuvchining ta'sir chegarasi me'yori. Bizning
analizatorlarimiz har xil sezuvchanlikka egadir. Kishining birgina xid bilish xujayrasining chegarasi tegishli xid tarqatuvchi moddalar uchun 8 molekuladan oshmaydi. Ta'm sezgisini hosil qilish uchun xid bilish sezgisini hosil qilishga sarflanadiganiga qaraganda kamida 25 ming marta kop molekula talab qilinadi.
Ko'rish va eshitish analizatorlarining sezuvchanligi juda yuksakdir. S. I. Vavilov (18911951) ning tajribalari ko'rsatganidek, kishining ko'zlari to'rpardaga bor-yo'g'i 2-8 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug'likni seza oladi. Buning ma'nosi shuki, biz tim qorong'uda 27 km masofada yonib turgan shamni ko'rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda biz
badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko'rish va eshitish sezgilari hosil bo'lishiga sarflanadiganiga nisbatan 100-xatto 10 mln baravar ziyod quvvat talab qiladi.
Sezgining mutlaq yuqori sezuvchanligi deb, qo'zg'atuvchining eng ko'p kuch bilan ta'sir qilishiga aytiladi. Bunda ta'sir ko'rsatayotgan qo'zg'atuvchiga aynan o'xshaydigan sezgi hosil bo'ladi. (Masalan, qattiq tovush, kuchli yorug'lik og'riq paydo qiladi).
Sezgilar o'rtasida bilinar bilinmas farqni hosil qiluvchi 2 ta qo'zg'atuvchi o'rtasida mavjud bo'lgan minimal farq-farq ajratish chegarasi deb ataladi. Ajratish chegara sezuvchanligi yoxud farq ajratish sezuvchanligi ham farqlanish chegarasining o'lchamiga nisbatan teskari bog'lanishda bo'ladi: farqlanish chegarasi qanchalik katta bo'lsa, ayirma sezuvchanlik shunchalik kam bo'ladi. (Yuk 100 gr bo'lganda farq 3,4 gr, 1000 gr bo'lganda 33,3 gr bo'ladi).
Adaptatsiya. Sezgi chegarasining absolyut me'yori bilan belgilanadigan analizatorlarning sezgirligi barqaror bo'lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta'siri ostida o'zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptatsiya (moslashish) xodisasi alohida rol o'ynaydi.

Download 43.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling