Reja: Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha


Analiz-masalani fikran qismlarga ajratish, masala shartini tasavvur qilishdir. Sintez


Download 43.51 Kb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi43.51 Kb.
#1513136
1   2   3   4   5   6   7
Analiz-masalani fikran qismlarga ajratish, masala shartini tasavvur qilishdir.
Sintez-buning aksi, qismlarni birlashtirish.
Taqqoslash-o'xshash va farqlarini aniqlash. Masalan, biror texnikani dvigatel kuchiga, yonilg'i turiga, bajaradigan ishiga qarab taqqoslash, afzalligini aniqlash mumkin.
Umumlashtirish-umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirish.
Abstraktsiyalash-mazkur vaziyatdagi eng muhim bo'magan xususiyatlarini e'tiborga olmay, eng asosiy vazifani nazarda tutib fikr yuritish.
Konkretlashtirish-faqat aynan shu narsa va xodisaga taalluqli sifatlarni topa olish, yuqoridagi operatsiya turlarini yakuniy qismi, ko'rinishi va boshqalarni oydinlashtirish. Bulardan tashqari odam fikr yuritishi tushunish, izohlay olish, muhimini ajrata olish singari mantiqiy operatsiyalarga ham suyanadi.
Tafakkur jarayoni tushuncha, xukm, xulosa chiqarish shaklida ham davom etadi.
Tushuncha - umumiy, yakka, tur, juz'iy bo'ladi.
Xukm - umumiy, juz'iy, yakka bo'ladi.
Muxokama yuritish natijasida bir necha xukmdan yangi xukmni keltirib chiqarish xulosa chiqarish deyiladi. Bu ikki usulda induktiv va deduktiv xulosa chiqarish shakliga ega.
Insonning bilish jarayonlarida xayol yoki fantaziya katta ahamiyatga ega. Xayol sezgi, idrok, tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, borliqni yangi buyoqlarda, o'z xoxishi, istagi, tasavvuri shaklida aks ettirishidir. Ko'rgan, eshitgan, qisqasi o'z tajribasidan o'tkazgan narsa xodisalarni ko'z oldiga keltirish - qayta tiklovchi, o'z istagi xoxishi asosida yangi obrazlar yaratib tasavvur qilish - ijodiy xayol shaklida bo'ladi. Ijodiy xayol - fantaziya deb ham aytiladi. (Shoir, yozuvchi, ixtirochi- konstruktor uchun zarur sifatlar).
Yangi obraz yaratishning bir necha usullari bor: 1) aglyutinatsiya-elimlash, bir necha obrazdan yangi obraz yaratish. Masalan: suv parisi, kentavr, uchar ot va xokazo. 2) giperbolizatsiya-bo'rttirish yoki kichraytirish (Gulliver), 3) qayd etish-narsa va xodisalarning eng muhim belgilariga diqqatni jalb qilish. (O'rtoqlik xazili, sharj). Bulardan tashqari tipiklashtirish, orzu xayol (uchar gilam-samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaklida ham bo'ladi.
Bolalar o'yini, konstruktor tasavvuri ijodiy xayol, lekin mazmuni va operatsiyalari bir-biridan farq qiladi. Inson bilish jarayonlari xotira jarayonida mustahkamlanadi. Xotira esga olish, saqlash va qayta tiklash jarayonidir. Xotira kishining bilim, kasb-hunar egallashida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, odamlarni xotira sifati va turiga qarab ham farqlash mumkin. Masalan, obraz xotirasi, so'z-mantik xotirasi, xis-hayajonga taalluqli emotsional xotirasiga qarab farqlash mumkin. Odamlarning esga olish va unutish tezligiga qarab to'rt tipga ajratish mumkin. Tez esga olib sekin unutadigan, sekin esga olib sekin unutadigan, tez esga olib tez unutadigan va sekin esga olib tez unutadiganlar.
Tayanch so'z va iboralar:
Olamni aks ettirish. Psixik jarayonlar. Sezgi. Idrok. Tafakkur. Tafakkur turlari. Xotira. Xayol. Ijodiy xayol (fantaziya) va uning ahamiyati.
Adabiyotlar:
1. Umumiy psixologiya. A. V. Petrovskiy taxr. T.1992.
2. GrimakL. P. Rezervo' chelovecheskoypsixiki. M.1989.
3. Kazakov V.G. Psixologiya. M.1989.
Download 43.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling