Reja: Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha


Adaptatsiya yoxud moslashuv


Download 43.51 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi43.51 Kb.
#1513136
1   2   3   4   5   6   7
Adaptatsiya yoxud moslashuv-sezgi organlari sezgirligining qo'zg'atuvchi ta'siri ostida o'zgarishi demakdir. Adaptatsiya xodisasining 3 turini alohida ko'rsatish mumkin:
1. Qo'zg'atuvchining uzoq muddat davomida ta'sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo'qolib qolishiga o'xshaydigan turi. Masalan, terining ustiga qo'yilgan engilgina yuk tezdayoq sezilmay qoladi. Xid bilish sezgilari atrof muhitga yoqimsiz xid yoyilganidan ko'p o'tmay batamom yo'qolib qolishi ham oddiy bir xodisadir (qorong'udan yorug'likka va aksincha).
2. Adaptatsiya deb shuningdek, yuqorida bayon etilgan xodisalarga yaqinroq bo'lgan kuchli qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgining zaiflashib qolishiga ifodalanadigan yana bitta xodisaga ham aytiladi. Masalan, sovuq qo'zg'atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo'lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong'u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda oldiniga ko'zlarimiz qamashadi va tevarak atrofdagi biror narsaning farqiga eta olmaydigan bo'lib qolamiz. Adaptatsiya-bu analizatorning sezuvchanligi susayib ketishi hamdir.
3. Nihoyat kuchsiz qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptatsiya deb aytiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo'lgan adaptatsiyaning bu turini pozitiv adaptatsiya deb ta'riflash mumkin. Masalan, qorong'ulikda uzoq vaqt bo'lganlik ta'siri ostida ko'zning sezuvchanlik ta'siri ortadi. Eshitish ko'nikmasining shunga o'xshaydigan shakli sokinlik adaptatsiyasi hisoblanadi. Masalan, shovqin sexda ishlaydiganlar bir birlari bilan bemalol gaplashaveradilar.
Typ^u aHa^H3aTop^apga agam^ua Typauna cogup Gbiaagu.
Sezgilarning o'zaro munosabati. Sezgilarning jadalligi faqat qo'zg'atuvchining kuchi va retseptorning adaptatsiyalanish darajasiga emas, balki muayyan paytda boshqa sezgi
a'zolariga ta'sir ko'rsatadigan ko'zg'alishlarga ham bog'liq bo'ladi. Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a'zolarining qo'zg'alishi ta'siri ostida o'zgarishi sezgilarning o'zaro munosabati deb ataladi. Buning ta'sirida uning sezuvchanligi ozgaradi. Jumladan kurish analizatorining sezuvchanligi eshitish kuzatuvchisining ta'sirida o'zgaradi. S. V. Kravkov (1893-1951) bu o'zgarishni eshitish qo'zg'atuvchilarining balandligiga bog'liq ekanligini ko'rsatib bergan edi. Yoki ko'rish sezuvchanligi xid qo'zg'atuvchilari ta'sirida ham oshadi.
Sensibilizatsiya. Analizatorlarning o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizatsiya deb ataladi. Ko'zg'alish jarayonining tarqalishi (irriradiatsiyalashuvi) natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli qo'zg'atuvchi ta'sir qilganda qo'zg'alishning aksincha to'planish xususiyatiga ega bo'lgan jarayoni yuzaga keladi. O'zaro induktsiya qonuniga binoan bu markaziy bo'lmalarda boshqa analizatorning tormozlanishiga va ular sezuvchanligining susayib qolishiga olib keladi.
Analizatorlarning sezuvchanligi ikkinchi sezgilarga mansub qo'zg'atuvchilar ta'siri ostida ham o'zgarishi mumkin. Jumladan sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi nordon» degan so'zlarga javoban kuzlarning elektr sezuvchanligini o'zgartirib yuborgani kuzatiladi.
Sezgi a'zolari sezuvchanligining o'zgarishi qonuniyatlarini bilgan xolda maxsus tanlangan qo'shimcha qo'zg'atuvchilarni qo'llanish yo'li bilan u yoki bu retseptorni sensibillashtirish, ya'ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin.
Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. Masalan, Musiqa bilan shug'ullanadigan bolalarga past baland oxanglarni eshitish qobiliyati qanday rivojlana borishini bilamiz.
Sinesteziya. Sezgilarning o'zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir xodisada namoyon bo'ladi. Sinesteziya-bir analizatorning qo'zg'alishi ta'siri ostida boshqa analizatorga xos sezgini hosil bo'lishidir. Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi. Tovush qo'zg'atuvchilari ta'sir qilganda sub'ektda ko'rish obrazlari paydo bo'lganida ko'pincha ko'rish-eshitish sinesteziyasi uchraydi. N. A. Rimskiy-Korsakov, A.N. Skryabin va boshqalar «Rangni eshitish qobiliyatiga ega edilar».
Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan rang-musiqaviy (tsvetomuzika) sozlarining yaratilayotganligi va rang-musiqaning jadal tadqiq qilinayotganligi sinesteziya xodisasiga asoslangandir. Sinesteziya xodisalari kishi organizmidagi analizator sistemalarga o'zaro doimiy bog'langanligidan, ob'ektiv olamni xissiy aks ettirishning yaxlitligidan yana bir dalolatdir.
Sezuvchanlik va mashqlar. Sezgi a'zolari birgina qo'shimcha qo'zg'atuvchilarni qo'llanish yo'li bilangina emas, balki mashqlar qilish yo'li bilan ham sensibillashuvi mumkin. Sezgi a'zolari sezuvchanligining oshishiga olib boradigan 2 sohani ajratib ko'rsatish mumkin:
1)sensor nuqsonlar (ko'rlik, qarlik)ning o'rnini to'ldirish zaruratidan stixiyali tarzda kelib chiqadigan sensibilizatsiya; 2) sub'ekt faoliyati tufayli kasbiga xos talablardan kelib chiqadigan sensibilizatsiya (tokar sezgirligi, sinovchi-degustator sezgirligi va xokazo).
Ko'rish va eshitish sezgisining yo'qotilishi ma'lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to'ldiriladi. (Ko'rlarda tuyish sezgisi rivojlanishi, barmoqlari bilan o'qishi, pulni ajrata olishi, xaykaltaroshlikka moyilligi; karlar xavo tebranishidan ma'no anglay olishlari; Olga Skoroxodova (ko'r va qar) qo'lini hamsuhbati tomog'iga yaqin keltirib, gapni «eshitishi» va xokazo).
Idrok. Idrokning ta'rifi va uning xususiyatlari. Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa va xodisalarning kishi ongida butunligicha aks etishi idrok deyiladi. Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan xolda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir.

Download 43.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling