Reja: Pul haqida tushuncha. Beruniy pul haqida
Download 34 Kb.
|
1 2
Bog'liqPul muomalasi
Pul muomalasi Reja: 1. Pul haqida tushuncha. Beruniy pul haqida. 2. Ibn Xaldunning pul va pul nazariyasi haqidagi ta’limoti. 3. Ibn Xaldun pulning funksiyalari haqida. 4. Sharqda pul muomalasini tashkil etish masalalari. Pul haqida tushuncha. Beruniy pul haqida. Bozorni me’yordagidek rivojlanishining asosiy shartlaridan biri muomalada to‘laqonli pullarning bo‘lishidir. Pul - qimmatbaho metallar - iste’mol qiymati bilan ekvivalent qiymat chatishib ketgan alohida tovar ko‘rinishidagi umumiy ekvivalentning tugallangan shaklidir. Pul haqidagi ta’limotning rivojlanishiga yirik qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) katta hissa qo‘shgan. U Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib pulning kelib chiqishi va ahamiyatini o‘rgangan. «Pulning kelib chiqishi oziq-ovqat mahsulotlari ko‘payishi va ularga hamda ishlab chiqaruvchilarning bir-birlari mehnatiga bir vaqtda paydo bo‘lmasligi bilan bog‘liqdir. Bu o‘z navbatida ular o‘rtasida almashuvni keltirib chiqaradi. Ammo almashuv baholar va ekvivaletlikni aniqlash uchun umumiy o‘lcham belgilashni taqozo etadi. Oltin ana shunday o‘lcham bo‘ldi, chunki u kam uchraydi, uzoq saqlanadi, ko‘rinishi bilan odamlarni quvontiradi, uni yiriklash va maydalash mumkin, ashyosi va mohiyatini o‘zgarmay turli xil buyumlar yasashda ishlatiladi» 46 - deb hisoblagan edi Beruniy. U pulning quyidagi funksiyalarini belgilab bergan: sarflangan mehnat va tayyorlangan mahsulot o‘rtasidagi munosabatni ifodalash; xazinaga aylanish ; davlatning funksiyalarini bajarishda ishlatilish. Shunday qilib, u o‘zining qarashlari bilan mehnat va qiymat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rmay, pulning funksiyalari faqat qiymat o‘lchovi va muomala vositasi bo‘lishdir, deb hisoblagan Arastu (Aristotel)dan o‘zib ketdi. Pulning xazinaga aynalishi Beruniy, «xomilani ona qorniga qaytishi kabi uning yer qarida dastlabki holatiga qaytishi »47 bilan tenglashtirgan. Pulning savdo va hunarmandchilikni rivojlanishidagi ahamiyatini Yusuf Xos Xojib ham ta’kidlab o‘tgan. Xonga murojaat qilib u: «pulda kumushni ko‘paytir, pulda oltin va kumush sofligini oshir va uni kuzatib tur»-deb yozgan. Bu bilan u xonni muomalada to‘laqonli pullar bo‘lishini ta’minlashga, mamlakatda pul muomalasini to‘g‘ri tashkil etishga chaqirgan. Beruniydan farqli o‘laroq, Yusuf Xos Xojib pulning quyidagi funksiyalarini belgilab bergan: qiymat o‘lchovi; muomala vositasi; jamg‘arish vositasi. Uning fikricha, davlatning qudrati faqat qo‘shin soni bilan emas, balki xazina imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ibn Xaldunning pul va pul nazariyasi haqidagi ta’limoti. Pul haqidagi ta’limotni rivojlanishiga Ibn Xaldun salmoqli hissa qo‘shgan. U faqat pulning mohiyati, funksiyalarini emas, balki pul muomalasiga doir masalalarni ham chuqur o‘rgangan. Yuqorida biz Sharq mutafakkirlarining odam o‘zini yashash vositalari bilan ta’minlash uchun mehnat qilishi lozim degan aqidalarni keltirgan edik. Ibn Xaldun ana shu mehnat mahsulini vazifasiga ko‘ra ikki qismga bo‘ladi: «Mehnat daromadlari, agar ularning hajmi yashash uchun zarur harajatlardan ortiq bo‘lmasa, inson uchun yashash vositasidir. Agar bu hajmdan ortiq bo‘lsa, unda boylikdir»48 Ibn Xaldun mayda tovar ishlab chiqarish xo‘jaligi davrini o‘rgangan, binobarin, tayyorlangan mahsulotni almashtirish uchun vosita zarurligini yaxshi tushungan. Shuning uchun u pulning vazifasini ifodalab: «qimmat baho metallar shunday asbobdirlarki, ular yordamida zarur narsalar sotib olinadi va ularning kamayishi yoki ko‘payishi ijtimoiy hayotning ahvoliga bog‘liqdir»49 - deb yozgan. Har bir odamga zarur bo‘lgan yashash vositalariga oldi-sotdi orqali erishiladi. Uni amalga oshirish uchun odam muomalaga kirishi lozim. Shunday qilib, Ibn Xaldun fikricha, pul eng avvalo muomala asbobidir. Musulmon qonunlariga ko‘ra «hayotni ta’minlashga yaraydigan hamma narsa ma’lum buyum uchun to‘lov bo‘lishi mumkin».50 Ana shularning ichidan pul sifatida Ibn Xaldun ikkitasini ajratib oladi: «Olloh har qanday boylikning qiymat o‘lchovi sifatida ikkita metal-oltin va kumushni yaratdi. Yer aholisining ko‘pchilik qismi uchun ular xazina va saqlash predmetidir; agar ba’zan bu maqsadlar uchun ana shu ikkita metall emas boshqa nimadir olinsa, bu bozorlarda baholarning o‘zgarishi ta’sir qilmaydigan oltin va kumush sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qilinadi. Ularning mohiyati daromadlar, jamg‘armalar, xazinalar asosi bo‘lishdir».51 Ibn Xaldun pulning funksiyalari haqida. Ko‘rinib turibdiki, Ibn Xaldun oltin va kumushning pul funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan alohida hususiyatlarini ta’kidlab, ularning vazifasini quyidagicha belgilaydi: 1.Daromadlar asosi. Almashuvga mo‘ljallab ishlab chiqarilgan yashash vositalarining puldagi ifodasi. 2.Qiymat o‘lchovi. Modomiki Ibn Xaldun daromadlarni asosi yashash vositalarida gavdalangan mehnatdir-deb hisoblagan ekan, demak u pulni qiymat o‘lchovi deb bilgan. 3.Jamg‘arma asosi. Jamg‘armalar doimiy ortiqcha daromadga ega bo‘lganlaridagina hosil bo‘ladi. Ular odatda biron-bir maqsadga qaratildi. Daromadlar kabi jamg‘armalar ham faqat o‘zini yashash vositalari bilan ta’minlanganlaridagina hosil bo‘lar ekan, demak ular mulk yoki ishlab chiqarishda foydalanishga mo‘ljallangan boshqa boylik vazifasini o‘taydi. Shunday qilib, Ibn Xaldun kapitalning dastlabki jamg‘arilishi tushunchasiga yaqinlashgan va pulning vazifalaridan birini ana shu tushuncha bilan bog‘lagan. 4.Xazina asosi. Xazina-bu nodir qimmatbaho metallar, toshlardan iborat boylikdir. Ular ham olinadi va sotiladi. Ularga erishish uchun to‘lov vositasi sifatida pulga ega bo‘lish zarur. Demak pul har qanday tovar, shu jumladan xazina qiymatini to‘lash vositasidir. Ibn Xaldunni pulning funksiyalari haqidagi mulohazalarini mag‘zini chaqish shunday xulosaga olib keladiki, u o‘zi bilmagan holda pulning eng asosiy vazifasi-mehnat o‘lchovi funksiyasini tushunib yetgan. Shu bilan birga Ibn Xaldun u yoki bu tovar uchun hamma vaqt ham pul ishlatilmasligi mumkiligini ta’kidlaydi: «obro‘ga ega bo‘lgan odam ko‘p daromad oladi, bu uni qisqa vaqt ichida boy qiladi va u har kuni o‘zining boyligi va farovonligini oshiradi. Xuddi shuningdek mansabdorlik ham yashash ne’matlariga erishish vositasidir. Hech qanday ta’sirga ega bo‘lmaganlarning farovonligi hatto ular boylikka ega bo‘lganlarida ham ularning pullari va mehnati miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Savdogarlarning ko‘pchilik qismi shunday ahvoldadir. Shuning uchun biz ta’sirga ega bo‘lgan kishilar ular ichida boshqalardan ko‘ra mustaqilroq ekanini ko‘ramiz.»52 Bu fikrlarni mag‘zini chaqib Ibn Xaldun bir necha asrlar avval yuqori martabali ayrim shaxslarning imtiyozlarini bashorat qilganligini ko‘ramiz. Masalan, sotsialistik jamiyatda mansabdorlar mehnatkashlar qo‘li bilan yaratilgan, ammo o‘zlari erisha olmaydigan ijtimoiy ne’matlardan bepul yoki arzimagan xaq to‘lab foydalanganlar. Ibn Xaldun obro‘ni unga ega bo‘lgan shaxsning boyish manbalaridan biri deb hisoblagan. «Bu daromadlar yoki pullar yordamida ular mansabga intiladilar va ularni mansabning ta’siri bilan oladigan narsalarni evaziga to‘laydilar shunday qilib bu daromadlar ular oladigan narsaning qiymatiga qo‘shiladi; ularning qiymati mulk va boylikdan iborat bo‘ladi, va u qisqa vaqt ichida yuksak farovonlikka erishadi» U pullarni faqat turg‘un holatini emas, balki harakatini, ya’ni pulning jamiyatini turli qatlamlari xukumdor va aholi o‘rtasidagi aylanishini ham o‘rgangan. «Hukmdor aholiga mulk va pul ulashganda ular pullarni sarflaydilar va pullar xukumdorga qaytadi, keyin undan yana aholiga qaytadi; aholidan ular soliqlar va yig‘imlar shaklida ketadi. Unga esa maosh shaklida qaytadi»54 Baholarning o‘zgarishini kuzatib, Ibn Xaldun pullarning to‘xtovsiz aynalishi masalalari bilan to‘qnashadi. Shunday qilib bu pullar fuqorolardan sulola xizmatchilarga o‘tadi, keyin ular bilan bog‘liq shaharlarning aholisiga o‘tadi» 55 Ibn Xaldun bir mamlakat doirasida emas, balki uning tashqarisida ham pul muomalasini o‘rganadi. «Oltin va kumush, savdo va ijtimoiy turmish ehtiyojiga mos almashuv tufayli bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‘tadi. Agar ularning miqdori Mag‘rib va Ifrakiyada kamaysa, slovyanlar va franklar mamlakatlarida ko‘payadi, agar u Misr va Suriyada kamaysa, Hindiston va Xitoyda ko‘payadi»56 Shunday qilib Ibn Xaldun, birinchidan, pulning xalqaro funksiyasini, ikkinchidan, pul muomalasi va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning birligini ochib berdi. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling