Reja: Pul tizimi va uning mazmuni. Pul tizimining shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish
monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi
Download 51.96 Kb.
|
Bekzod pul va bank
monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari, emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida kabul kilingan metallga va pul muomalasi bazasiga karab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala ikkala metalldan xam shgalarning erkin muomalaga chikarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal kilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall kiymati stixiyali, metallning bozor baxosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar erasidagi mutanosiblikni urnatib kuygan. Oltin va kumush tangalarning chikarilishi va ularning axoli tomonidan kabul kilinishi ana shu mutanosiblikka muvofik amalga oshirilgan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarkalgan bulib Garbiy Yevropaning kator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalkaro sulx - Lotin tanga Ittifoki yordamida saklab kolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan xam 5 frank va undan yukori kiymatli tangalarni chikarish, oltin va kumush urtasida 1:15,5 kiymat mutanosibligini urnatish shartlari kuzda tutilgan. Biroq, bimetallik pul tizimining kullanilishi rivojlangan kapitalistik xujalik extiyojlariga mos kelmasdi, chunki kiymat ulchovi sifatida bir vaktning uzida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bulib fakat birgina tovar xizmat kilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’kotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning konuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amalqilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallar almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847- 1875 yy. da mavjud bulgan. Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul isloxati natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Krim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va natijada ular qog’oz pulga aylanib qoldi. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Download 51.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling