Reja: Pul tizimi va uning mazmuni. Pul tizimining shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish
Download 51.96 Kb.
|
Bekzod pul va bank
Nominal pul nazariyasi xususidagi natijasida ushbu nazariyani turlicha nomlanishining guvohi bo‘ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida yozilgan adabiyotlarda “nominallisticheskaya teorii deneg”, “metallicheskaya teorii deneg” tarzida, o‘zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning nominalistik nazariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bo‘lmagan pul nazariyasi” tarzidagi so‘z birikmalarini uchratish mumkin. Shu bois, dastlab pulning “metall bo‘lmagan nazariyasi” haqida ayrim mulohazali holatlarni oydinlashtirib olish maqsadga muvofiq degan fikrga keldik. Metall bo‘lmagan pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sabablaridan biri, pul nazariyasi to‘g‘risida yaratilgan iqtisodiy asarlarning deyarli barchasi xorijiy tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga undan so‘ng esa o‘zbek tiliga o‘girilganligida bo‘lsa kerak. Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi. Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi. Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi. Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab asosida o‘zgarib turadi. Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi. Nominal pul nazaryachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ularni muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari suradilar. Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyatsiya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida inflyatsiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o‘zining qiymatini yo‘qotar edi. Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo’llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir. Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag’lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pulmablag’larining ikki turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi. Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo’lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funktsiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o’tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko’rsatiladi: 1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o’rtasidagi o’zaro nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 2) qo’shaloq valyuta tizimi – ikki metall o’rtasidagi o’zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo’lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo’ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo’lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi. Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o’zgarishlar yuz berdi: 1) oltin tangali standart – to’laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi; 2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi; 3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi. Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi. Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ktlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. 2.Pul tizimining shakllari va ularning evolutsiyasi: bimetallizm; Download 51.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling