Reja: Pul tizimi va uning mazmuni
Download 174.5 Kb.
|
Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari
Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari Reja: 1.Pul tizimi va uning mazmuni 2.pul tizimi shakllar va ularning evolyutsiyasi, bimetalizm, monometalizm 3.Oltinga almashdigan kredit pullar tizimi 4.Pul tizimi elementlari 5.Bazai xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari 6.O’zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’minlash yo’llari XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi. Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari; 2.pul birligi; 3. baho masshtabi; 4. pulning turlari; 5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari; 6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul tizimini tashkil etish tamoyillari –pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib vaqoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan. Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi. Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining pul birliklarining nomlari keltirilgan). Pul tizimining turlari Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan: – metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funktsiyalari namoyon bo‘ladi; – qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi. Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi. Bimetallizm– bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi. O‘z navbatida bimetllizm tizimi uchta shaklda amal qildi: – birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda o‘rnatildi; – ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush tangalar zarb qilindi; – uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi. Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama – qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga yetarli darajada javob bermas edi. Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 15,5:1nisbatda o‘rnatildi. XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik o‘rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi. Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi. Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi. Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi. Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o‘z ichiga olar edi. Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funktsiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada qo‘shimcha to‘lov vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo‘lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: – oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish; – o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash; – oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi; – oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi. Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qog‘oz pullarni emissiya qildi. Bu o‘z navbatida birinchi jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni qog‘oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqilab qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy etildi. Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi. Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo‘lgan AQSh, Angliya, Frantsiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 ming franka baholanar edi. Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi vujudga keldi. 1929 – 1933 yillarda yuz bergan butunjahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSh dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi. Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: – oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi, banknotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi; – banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul belgilari chiqarildi; – pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay boshladi; – davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi. Qog‘oz – kredit pullar tizimi. Qog‘oz – kredit pullar tizimining evolyutsion rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy jihatdan yanada tejamliroq bo‘lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini ta’minlamoqda. Agar dastlabki qog‘oz pullar taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlarida muomalaga chiqarila boshlangan bo‘lsa, 1930 yillarning oxiriga kelib ular qatorida kredit pullari to‘lov hisob – kitob va pul aylanmalarini amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda pul – kredit siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari banklarning kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron–plastik kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi. Muomalaga pullarni emissiya qilish Markaziy bankka yuklatilgan. Markaziy bank «banklarning banki» sifatida kredit resurslarini shakllantirish va ushbu resurslarni naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida muomalaga chiqarishi mumkin. Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar uning majburiyati bo‘lib, tijorat banklari ushbu pullarni muomalada aylanishini ta’minlaydi. Tijorat banklari qog‘oz – kredit pullarni Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida ishlatishi mumkin. Pulning metallik nazariyasi Pulning metallik nazariyasi XVI– XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Agar, kapitalizm natural – feodal tuzum sharoitida rivojlanib uning asosini bozor munosabatlari tashkil etishini e’tiborga olsak, pulning metallilik nazariyasi kishilik jamiyatining natural – feodal tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi, metall tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo‘llab – quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‘oz pul nazariyasini inkor etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta’limotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallarni, ya’ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar. Ularning ta’limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo‘lib, ular o‘z qiymatlarini yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyatsiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta’kidlaydilar. Dastlab pulning metallik nazariyasi angliya iqtisodiy nazariyachilarining ta’limotlarida paydo bo‘lgan. pul nazariyasi tarafdorlari sifatida U.Stafford(1554 – 1642) T.Men (1571 – 1641), D.Nors (1641 – 1691)larni ta’kidlash mumkin. Ularning pul nazariyasi asosida metall pullar ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tabiiy ravishda vujudga keladigan jarayon sifatida emas, balki metall pullarni vujudga kelishini kishilik jamiyatining ma’lum davrida shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida qarashgan. Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari sifatida Fransua Kene va Adam Smitlar ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiq. Klassik maktabining fiziokratlar yo‘nalishining asoschisi Fransua Kene o‘zining ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish munosabatlariga bag‘ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha e’tibor qaratadi. Xususan, u takror ishlab chiqarish qo‘shimcha xarajat (investitsiya)lar hisobiga uzluksiz yangilanib turadi. Qo‘shimcha xarajatlar metall ko‘rinishida pullar hisobiga amalga oshirilib, metall pullar ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok etadi, iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so‘ng ushbu jaryonni tark etadi va iste’mol qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash jarayonida takror va takror ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullarning metall tangalardan iborat bo‘lishi, birinchidan ular o‘zining dastlabki xossasini yo‘qotmaydi, ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati o‘z aksini topgan ta’limot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi. Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit bozorda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar «ko‘rinmas qo‘l» qoidalari va «tabiiy tartiblash» tizimi yordamida amalga oshiriladi, aynan shu munosabatlarda metall tangalar ushbu jarayonni amalga oshirishda muhim moliyaviy mexanizm sifatida ishtirok etadilar, degan ta’limotni ilgari suradi. Ularning nazdida “ko‘rinmas qo‘l” talab va taklif bo‘lib, ishlab chiqaruvchi o‘zi yaratgan moddiy ne’matlari bilan bozordagi taklifni shakllantiradi, iste’molchi esa ma’lum darajadagi ehtiyojini qondirish uchun qilgan harakati natijasida talabni vujudga keltiradi. Aynan mana shu jarayonda tomonlarning manfaatlari bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar massasi va ularni sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul massasi o‘rtasidagi bog‘liqlik natijasida o‘zining yechimini topadi. Agar iste’mol uchun taklif etilayotgan tovar massasi pul massasiga nisbatan ko‘p bo‘lsa ularning bahosi pasayadi va iste’molchining tanlov imkoniyatlari ortadi va aksincha. Adam Smitt va boshqa metall pul nazariyasi tarafdorlari aynan mana shu jarayonda muomalada metall tangalarning ishtirok etishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarning haqiqiy qiymatini xolisona baholashda qo‘l kelishi asosida metall pul nazariyasini ilgari suradilar, chunki to‘lov vositasi sifatida metall tangalar amal qilgan sharoitda bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar hajmi pul hajmidan kam bo‘lganda, metall tangalarning ortiqcha qismi pul sohibi tomonidan moddiy boylik sifatida jamg‘armaga yo‘naltiriladi, ya’ni metall tangalar (asosan oltin, kumush tangalar nazarda tutilayapti) kam miqdorda taklif etilayotgan tovar va moddiy ne’matlar qiymati (bahosi)ni sun’iy ravishda ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi metall pullar haqiqiy qiymatga ega bo‘lib, kelgusida ham ular o‘zining qiymatini yo‘qotmasligi pul sohibiga katta ishonch bag‘ishlaydi va avtomatik ravishda bozordagi talab va taklifga qarab ma’lum davrda to‘lov vositasi sifatida, ma’lum davrda esa moddiy boylik sifatida namoyon bo‘ladi. Bizning nazarimizda, metall pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy yutuqlari ham shunda bo‘lib, muomalada metall pullar to‘lov vositasi vazifasini bajargan paytda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi vujudga kelmagan, shu bilan birga davlat tomonidan pul – kredit siyosatini amalga oshirish va tartibga solish kabi masalalariga ehtiyoj tug‘ilmagan. Shu bilan birga, pulning metallilik nazariyasi tarafdorlarining ayrim kamchiliklari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilarda ko‘rinadi. Birinchidan, pulning metallik nazariyasi tarafdorlari pulning barcha funktsiyalarini bajaruvchi haqiqiy pullarni keyinchalik ularning o‘rinbosarlari hisoblangan qog‘oz pullar bilan almashtirilishini inkor etdilar. Ular haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan metall pullarni qog‘oz pullarga almashtirish mumkinligini va uning tabiatini tasavvur qila olmadilar. Biroq, o‘sha davrlarda ham qog‘oz pullar Xitoyda juda keng miqyosda to‘lov vositasini bajarar edi. Ikkinchidan, metall pul nazariyachilari pullarni tovar ayirboshlash munosabatlari ta’sirida vujudga kelganligini, shuningdek, pulning tarixiy – iqtisodiy kategoriya ekanligini tushunib yetmadilar. Uchinchidan, metallik pul nazariyachilari ta’limotida boylikning asosini savdo tashkil etadi, boylikning asosini oltin va boshqa qimmatbaho metallarni jamg‘arishda degan noto‘g‘ri tasavvur mavjud edi. Bu jamiyatda har qanday boylikning asosida oltin yoki qimmatbaho metallar emas, balki boylik kishilarning moddiy va ma’naviy jihatdan yetukligi hamda har qanday boylikning asosida mehnat yotishini inkor etishdi. XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida metallik pul nazariyasi bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari talablarini to‘liq qondirmay qoldi, bu ushbu nazariyaning o‘z o‘rini yo‘qotishiga olib keldi. Biroq bu jarayon juda uzoq muddat davomida qiyinchiliklar bilan yuz berdi, chunki metallik pul nazariyasini yoqlab nemis (K.Knis, 1821 – 1898 yy.), ikkinchi jahon urushidan keyin amerkalik (M.Xalpern), frantsuz (Sh.Rist, A.Tulemon, J.Ryueff, M.Debre), angliyalik (R.Xarrod) iqtisodchilar shular jumlasidandir. Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning taboro rivojlanib borishi, shu bilan birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar bilan ko‘payishi muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog‘oz pullar ham to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyutsion tarzda ma’lum ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z o‘rnini qog‘oz pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining vujudga kelishiga zamin yaratdi. Pulning nominallik nazariyasi Nominal pul nazariyasi xususidagi natijasida ushbu nazariyani turlicha nomlanishining guvohi bo‘ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida yozilgan adabiyotlarda “nominallisticheskaya teorii deneg”, “metallicheskaya teorii deneg” tarzida, o‘zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning nominalistik nazariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bo‘lmagan pul nazariyasi” tarzidagi so‘z birikmalarini uchratish mumkin. Shu bois, dastlab pulning “metall bo‘lmagan nazariyasi” haqida ayrim mulohazali holatlarni oydinlashtirib olish maqsadga muvofiq degan fikrga keldik. Metall bo‘lmagan pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sabablaridan biri, pul nazariyasi to‘g‘risida yaratilgan iqtisodiy asarlarning deyarli barchasi xorijiy tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga undan so‘ng esa o‘zbek tiliga o‘girilganligida bo‘lsa kerak. Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi. Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi. Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi. Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab asosida o‘zgarib turadi. Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi. Nominal pul nazaryachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ularni muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari suradilar. Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyatsiya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida inflyatsiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o‘zining qiymatini yo‘qotar edi. Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo’llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir. Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag’lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pulmablag’larining ikki turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi. Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo’lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funktsiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o’tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko’rsatiladi: 1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o’rtasidagi o’zaro nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 2) qo’shaloq valyuta tizimi – ikki metall o’rtasidagi o’zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo’lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo’ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo’lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi. Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o’zgarishlar yuz berdi: 1) oltin tangali standart – to’laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi; 2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi; 3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi. Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi. Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ktlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. 2.Pul tizimining shakllari va ularning evolutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari, emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida kabul kilingan metallga va pul muomalasi bazasiga karab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala ikkala metalldan xam shgalarning erkin muomalaga chikarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal kilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall kiymati stixiyali, metallning bozor baxosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar erasidagi mutanosiblikni urnatib kuygan. Oltin va kumush tangalarning chikarilishi va ularning axoli tomonidan kabul kilinishi ana shu mutanosiblikka muvofik amalga oshirilgan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarkalgan bulib Garbiy Yevropaning kator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalkaro sulx - Lotin tanga Ittifoki yordamida saklab kolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan xam 5 frank va undan yukori kiymatli tangalarni chikarish, oltin va kumush urtasida 1:15,5 kiymat mutanosibligini urnatish shartlari kuzda tutilgan. Biroq, bimetallik pul tizimining kullanilishi rivojlangan kapitalistik xujalik extiyojlariga mos kelmasdi, chunki kiymat ulchovi sifatida bir vaktning uzida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bulib fakat birgina tovar xizmat kilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’kotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning konuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amalqilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallar almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847- 1875 yy. da mavjud bulgan. Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul isloxati natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Krim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va natijada ular qog’oz pulga aylanib qoldi. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada - 1897 yilda, AKSh da - 1900 yilda. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chikarish, kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. 3. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi. Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir. Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi. Pul tizimining ikkita jihati mavjud: 1. Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir. 2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi. Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi 1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi. 2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976- 1978- yillarda bo’lib o’tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to’lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi. 3. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi. 4. Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. 1. Metall pul muomalasi tizimlari.2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. 4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari. Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati. Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublikamizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003- yilni 15-oktyabradn joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul junatmalari, xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar va boshqa to’lovlar kiradi. Pul tizimining tarkibiy qkismi milliy valyuta tizimidir. Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bo’lib, barcha tovarlar baxosini uzaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat kiladi. Ko’pincha pul biriligi mayda bo’linuvchi qismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AKSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 sentga teng va x.k) Rasman baxolar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi. Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20,15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashkari ; kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 sentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pensli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’prok xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi. Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo’shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo’lgan yangi tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Mazkur choratadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo’lib xizmat qildi. Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’rsatilgan variantlari tahlili asosida dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 1993-yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so’m-kupon» 1 so’m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi. 1994-yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishibank tizimi rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotdaamalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangibosqich boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorliknita’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi. Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch vavositalari mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqish vauni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, samarali to’lov tizimini yo’lgaqo’yishga erishishga yo’naltirildi. Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi takomillashtirildi. 1995-yili «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni va 1996-yili O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilabberdi. 5. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanishi. O’zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so’ng shakllandi. Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. Kurs Respublika valyuta birjasida aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risida qonuniga ko’ra so’mning kurs rejimi erkin suzish rejimidir, ya’ni so’mning nominal almashuv kursini AQSh dollariga bo’lgan talab va taklifga qarab aniqlanishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevralidagi 63-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o’sishini nazorat qiladi. Bunda M2 pul agregati nazorat obekti sifatida olingan. O’zbekistonda Markaziy bank pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy organ hisoblanadi. O’zbekistonda pul tizimi to’g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me’yoriy huquqiy asoslari bo’lib, quyidagi qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. 1. O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi 2. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonun 3. O’zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun 4. O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonuni(1-marta bu qonun 1993-yil 7-mayda qabul qilingan, 2003-yil 11-dekabrda esa Valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi) O’zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Pul tizimining tarixiy turlari – metal pullar tizimi, kredit va qog’oz pullar tizimi. Naqd pullarga bo’lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastik kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor yo’nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas. «Milliy valyuta – milliyiftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir»1 Har bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi iqtisodiy va ijtimoiy o’sishni rag’batlantiradi, pul qadrining tushishi esa tartibsizlikka, jamiyat rivojlanishida bosh-qa to’qinliklar bo’lishiga olib kelishi mumkin. Pulning barqarorligi deganda, pulning sotib olish qiymati-ning o’zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich 1992 yilni 15-noyabridan so’m kuponlarni joriy etilishi va II bosqich 1994 yilni 1- iyulidan milliy valyuta so’mni muomalaga kiritilishi. Rivojlanayotgan mamlakatlar pul tizimining elementlari – pul birligi; valyuta kursini belgilovchi omillar; baho masshtabi; pul ko’rinishidagi kredit biletlari; qog’oz pul va tanga emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to’g’ri keluv-chi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pul-ning sotib olish qobiliyatini ifodalovchi «ko’rsatkich» tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va xizmatlar bahosi bar-qaror bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo’ladi. Agar pul o’zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo’lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini ko’rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi. Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi. Pul tovar bo’lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullarning yig’indisi bo’lib, u talabdan ortiq yoki kam bo’lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish tezligiga qarab ham o’zgarib turishi mumkin. Pulga bo’lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi. Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanma uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar . o’rtasida bo’ladigan pullik jarayonlarning ko’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni qo’llash yo’li bilan bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga bo’ladigan talab shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa, pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi demak, muomalaga kam pul chiqarish kerak bo’ladi. Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha bo’lsa, pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib qo’yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo’lib qoladi. Pulningbarqarorliginita’minlashningasosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet taqchilligining bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki uning salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak. Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltinva valyuta zaxiralarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul shuncha barqaror bo’lishi mumkin. Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti – inflyattsiyaga qarshi puxta o’ylangan siyosat yuritishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so’m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki bozorimizni tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish ham milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. Ma’lumki, har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’ladi. O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo’lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so’mkupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O’zbekiston pul tizimini qurishning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so’m»ning muomalaga chiqarilishi bo’lib, u O’zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega. Har bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlardan tashkil topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari quyidagilar hisoblanadi: – pul birligining nomi; – pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar; – ularni muomalaga chiqarish qoidalari; – pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari; – naqd pulsiz to’lov aylanmasi va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar; – milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoi-dalari; – xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari; – milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan o’rnatilgan valyuta kursi. Alohida olingan davlatning pul tizimi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, uning elementlari u yoki bu tomonga o’zgarishi mumkin. Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko’zgusi hisoblanadi, desak xato bo’lmasa kerak. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pultizimini ob’ektiv talablar, ya’ni pul tizimining yagona bo’lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul muomalasining talabga qarab o’zgarib turishi kerakligini qo’yadi. Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markazlashgan pul tizimining ham tugashiga olib keladi. Natijada ba’zi respublikalar rublni milliy valyutasi sifatida ishlatib turgani holda, o’z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva, Ukraina birinchi bo’lib rubl zonasidan chiqib o’z milliy valyutasini qabul qilishdi. Keyinchalik, Ozarbayjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari bu yo’nalishni davom ettirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul–rubl zonasining tugashiga, uning har xil kursga ega bo’lishiga olib keladi. 1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o’sishi 25-30 foizgacha ko’tarildi. Moskva valyuta birjasida rubl-ning nominal qiymati bir dollarga 125 rubldan, 1992 yil dekabrda 485 rublgacha, 1993 yil martda 1 dollar 660 rublgacha tenglashdi. Pul qadrining tushishi, naqd pul yetishmovchiligiga, oxiri esa ish xaqi, nafaqalarni to’lashda qiyinchiliklar bo’lishiga olib keldi. SSSR davridagi oxirgi banklar to’g’risidagi qonunga asosan davlat banki o’rniga Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi. O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit siyosatini olib boorish, davlat qarzini boshqarish, soliq siyosatini amalga oshirish, moliya bazasini shakllantirish, monetary siyosatni amalga oshirishda pul massasi ustidan nazoratni ta’minlash. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari, naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar, milliy valyutani cheklash va chetdan sotib olish qoidalari, xalqaro hisob kitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy banklarining pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklagan edi. Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 1992 yil iyunga kelib emissiyaning77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga yo’naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan, Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha mustaqil davlatlar oldida ikki muiobil yo’l turardi. – Yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib borish; – O’z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o’z pul tizimiga ega bo’lish va qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish. Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan, O’zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi. Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanlaganini ko’rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin emas. Foydalanilgan adabiyotlar “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 104 б. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 56 б. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 48 б. Каралиев Т. Саттаров О. ва бошқалар “Тижорат банклари фаолияти таҳлили”. Ўқув қўлланма. 2013-йил. 192 бет. Деньги, кредит, банки. Учебник. Болвачев А.И., Богачева М.Ю., ИНФРА-М 2012 г.-591с. Абрамова М.А. Деньги, кредит, банки. – М.:КНОРУС,2014. – 312 с. Лаврушина О.И. Деньги. Кредит. Банки. Учебник. – М.: КНОРУС. 2013. 448 с. Glosary 1. Pul tizimi - deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi. 2. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari, emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi. 3. Pul tizimining tarixiy turlari – metal pullar tizimi, kredit va qog’oz pullar tizimi. 4. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich 1992 yilni 15-noyabridan so’m kuponlarni joriy etilishi va II bosqich 1994 yilni 1- iyulidan milliy valyuta so’mni muomalaga kiritilishi. 5. Rivojlanayotgan mamlakatlar pul tizimining elementlari – pul birligi; valyuta kursini belgilovchi omillar; baho masshtabi; pul ko’rinishidagi kredit biletlari; qog’oz pul va tanga emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati. 6. O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit siyosatini olib boorish, davlat qarzini boshqarish, soliq siyosatini amalga oshirish, moliya bazasini shakllantirish, monetary siyosatni amalga oshirishda pul massasi ustidan nazoratni ta’minlash. 7. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqa ruvini amalga oshiruvchi davlat organlari, naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar, milliy valyutani cheklash va chetdan sotib olish qoidalari, xalqaro hisobkitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. 8. Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublika-mizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003- yilni 15-oktyabradn joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul junatmalari, xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar va boshqa to’lovlar kiradi. 9. Pul nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalar. 10. Pul haqidagi asosiy nazariyalar – metallic, nominallik, miqdoriylik, monetarizm va boshqalar. 11. Metallik nazariyasi – XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Angliyada paydo bo’lgan. Uning asosiy g’oyasi faqat qimmatbaho metallar pul vazifasini bajarishi, jamiyatning boyligi qimmatli metallar zaxirasi bilan bog’ligi hamda boylikning manbai savdo ekanligida. 12. Nominallik nazariyasi – XVII-XVIII asrlarda Angliyada paydo bo’lgan va uning asosiy g’oyasi pulni davlat chiqaradi va uni qiymati unda ko’rsatilgan nominal bilan belgilanadi. 13. Miqdoriylik nazariyasi – XVI-XVIII asrlarda Fransiyada paydo bo’lib uning g’oyasi pulni xarid qobiliyati bozorda o’rnatiladi, muomalada barcha emissiya qilingan pullar yuradi, baholar darajasi pul miqdoriga to’g’ri proporsional. 14. Monetarizm nazariyasi – hozirgi zamon pul nazariyalaridan biri bo’lib 1950 yilda AQSh da paydo bo’lgan va u miqdoriylik nazariyasining bir ko’rinishi bo’lib, ushbu nazariyadagi g’oyalarga pul miqdoriga bank foizi va inflyatsiyani ta’sir etishi qo’shimcha ta’kidlangan. 15. Pul to’g’risida oqimlar – oltin tanga standarti, quyma oltin standarti,oltin deviz standarti. Mavzu yuzasidan nazorat savollar: 1.Pul tizimi mohiyati nima? 2.Pul tizimi qanday elementlarni o'z Ichiga oladi? 3.Metall pullar tizimi necha va qanday turlarga bo'linadi? 4.Pul tizimining nechta jihati mavjud? 5.O'zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi qachon shakllana boshladi? 6.Nominal pul nazariyasini qaysi iqtisodiy nazariya vakillari ilgari surishgan? 7.Monometalizm deganda nimani tushunasiz? TEST SAVOLLARI: 1.O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich so’m kuponlarni joriy etilishi qachon edi.
2. Qaysi nazarya XVI– XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. A) Nominal C)Miqdoriy B) Metallik D)Klassik 3. Metall pullar tizimi nechta turga bo`linadi. A)2 B)5 C)3 D)4 4.1920 yillarda qator mamlakatlarda qanday standart joriy etildi. A) Oltin deviz C)Qog`oz-pul B) Oltin quyma D) Oltin-kumush 5. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida qayerda XVIII asr oxirida qaror topgan. A) Fransiya C) Germaniya B)AQSH D) Buyuk Britaniya 6.Pul tizimining ikkita jihati mavjud. A) 3 B)2 C)4 D)5 7. "O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida" qonun qachon qabul qilingan. A) 1995-yil 15-dekabr B)1996-yil 11-sentabr B) 1997-yil 3-avgust D) 1995-yil 21-dekabr 8. Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari. A)A.Smit va D.Rikardo C) Dj.Berkli va Dj.Styuart B)J.Bond va T.Kruz D) Knapp va Kenne 9. Ozarbayjon pul birligi. A) Manat B) Lira C) Sum D) Dirham 10. Barcha pul tizimlariga xos bo’lgan elementlar. A) Baho masshtabi, valyuta kursi, emissiya, pul muomalasi, pul birligi. B) Pul birligi, baho masshtabi, pulni turlari, emissiya, muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi. C) Pul birligi, valyuta kursi, pulni konvertirlanganligi, pulni turlari, emissiya tizimi. D) Baho masshtabi, valyuta pariteti, pul birligi, pulni almashtirish shartlari, emissiya tizimi. 11. Pul tizimining tarixiy turlari A) Metal pullar tizimi, kredit va qog’oz pullar tizimi B) Haqiqiy pullar, haqiqiy pullar o’rnioni bosuvchi pullar C) Bimetallizm, Monometalizm D) Qimmatli metallar tizimi, kredit pullar tizimi 12. Dastlabki pul tizimi qachon paydo bo’lgan? A) XVI asrda B) XVII asrda C) XII asrda D) XVI-XVII asrlarda 13. Hozirgi zamon pul nazariyasi. A) Metallik B) Monetarizm C) Nominallik D) Miqdoriylik 14. J.Boden qaysi pul nazariyasining asoschisi hisoblanadi A) Miqdoriylik B) Metallik C) Mehnat D) Monetarizm 15. Qaysi pul oqimi metallic nazariyasining bir yo’nalishi hisoblanadi A) quyma oltin standarti B) oltin deviz standarti C) oltin tanga standarti D) mehnat nazariyasi
SWOT tahlili. 1. STRONG Pulning paydo bo`lishi kuchli tomoni shundaki,Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi. 3.Weakness Kuchsiz tomoni shundaki, dastlabki pullar; Metall pullar vaqt o`tishi
3.Opportunity Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov aylanmasining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan. 4.Threatings Xatarli tomoni,pulning paydo bo`lishi insoniyat yutug`i bilan birga , Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi,ishlab chiqarish vujudga kelishi tabiiy resurslarning kamayishi,tabiatga ,ob havoga,insoniylik munosabatlariga salbiyta`sir qildi. FUNCTIONS OF MONEY Money is often defined in terms of the three functions or services that it provides. Money serves as a medium of exchange, as a store of value, and as a unit of account. Medium of exchange. Money's most important function is as a medium of exchange to facilitate transactions. Without money, all transactions would have to be conducted by barter, which involves direct exchange of one good or service for another. The difficulty with a barter system is that in order to obtain a particular good or service from a supplier, one has to possess a good or service of equal value, which the supplier also desires. In other words, in a barter system, exchange can take place only if there is a double coincidence of wants between two transacting parties. The likelihood of a double coincidence of wants, however, is small and makes the exchange of goods and services rather difficult. Money effectively eliminates the double coincidence of wants problem by serving as a medium of exchange that is accepted in all transactions, by all parties, regardless of whether they desire each others' goods and services. Store of value. In order to be a medium of exchange, money must hold its value over time; that is, it must be a store of value. If money could not be stored for some period of time and still remain valuable in exchange, it would not solve the double coincidence of wants problem and therefore would not be adopted as a medium of exchange. As a store of value, money is not unique; many other stores of value exist, such as land, works of art, and even baseball cards and stamps. Money may not even be the best store of value because it depreciates with inflation. However, money is more liquid than most other stores of value because as a medium of exchange, it is readily accepted everywhere. Furthermore, money is an easily transported store of value that is available in a number of convenient denominations. Unit of account. Money also functions as a unit of account, providing a common measure of the value of goods and services being exchanged. Knowing the value or price of a good, in terms of money, enables both the supplier and the purchaser of the good to make decisions about how much of the good to supply and how much of the good to purchase. Pulning funktsiyalari Pul ko'pincha uch nuqtai nazaridan belgilangan vazifalar yoki xizmatlar u beradi. Pul sifatida xizmat qiladi: almashinuvining o'rta sifatida, qiymati do'kon va bir deb hisob birligi. Almashinuv vositasi. Pulning eng muhim funktsiyasi – bitimlarni osonlashtirish uchun almashinuv vositasi. Pul bo'lmasa, barcha operatsiyalar barter bilan amalga oshirilishi kerak edi ,bu to'g'ridan-to'g'ri bitta tovarni yoki xizmatni boshqasiga almashtirishni o'z ichiga oladi. Barter tizimidagi qiyinchilik shundan iboratki, etkazib beruvchidan ma'lum bir tovar yoki xizmatni olish uchun, etkazib beruvchi ham istagan teng qiymatdagi tovar yoki xizmatga ega bo'lishi kerak. Boshqa so'z bilan aytganda, bir barter tizimida, birja bo'lib olishi mumkin faqat bir bor, agar talab qilmoqda ikki tasodif ikki harakat qiluvchi tomonlar o'rtasida. Biroq, ehtiyojning ikki baravar ko'payishi ehtimoli kichik va tovarlar va xizmatlar almashinuvini ancha qiyinlashtiradi. Pul, bir-birlarining tovarlari va xizmatlaridan foydalanishni xohlashlaridan qat'iy nazar, barcha bitimlarda, barcha tomonlar tomonidan qabul qilinadigan almashinuv vositasi sifatida xizmat qilish orqali istalgan muammoning ikki barobarini samarali ravishda yo'q qiladi. Qiymatlar ombori. Pul ayirboshlash vositasi bo'lishi uchun vaqt o'tishi bilan pul o'z qiymatini ushlab turishi kerak. Agar pul birmuncha vaqt saqlanib qololmasa va almashinishda qimmatbaho bo'lib qolsa, bu muammoning ikkiyoqlik tasodifini hal etolmaydi va shuning uchun almashtirish vositasi sifatida qabul qilinmaydi. Qiymatlar ombori sifatida pul noyob emas; Er, san'at asarlari va hatto beysbol kartalari va shtamplar kabi ko'plab boshqa qimmatbaho do'konlar mavjud. Pul hatto eng yaxshi qiymat ombori ham bo'lmasligi mumkin, chunki u inflyatsiyani pasaytiradi. Biroq, pul ko'proq likvid boshqa qimmatbaho do'konlarga qaraganda, chunki u almashish vositasi sifatida hamma joyda osongina qabul qilinadi. Bundan tashqari, pul osonlikcha tashiladigan qiymat do'kon bo'lib, u bir qator qulay nominatsiyalarda mavjud. Hisob birligi. Pul, shuningdek, almashinadigan tovarlar va xizmatlar qiymatining umumiy o'lchovini ta'minlovchi hisob birligi vazifasini ham bajaradi. Tovarning qiymati yoki narxini, pul nuqtai nazaridan bilish, etkazib beruvchiga ham, sotib oluvchiga ham qancha mahsulotni etkazib berish va qanchasini sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. Download 174.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling