Reja: Qadimgi Hindiston dinlari haqida


Buddaviylik dinining asoschisi Siddxartxa Gautama


Download 21.3 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1143843
1   2   3
Bog'liq
refara4

Buddaviylik dinining asoschisi Siddxartxa Gautama Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o‘g‘li edi. Podshoh Shuddxodana o‘g‘lini orzu-havaslar bilan tarbiyalaydi, unga hayotning ijobiy, yaxshi tomonlarini ko‘rsatib, jamiyat hayotining salbiy tomonlarini ko‘rsatmaslikka harakat qiladi. Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan bola Siddxartxa bir kuni ittifoqo bir keksa chol, bir bemor hamda og‘ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo‘ladi. Bu hodisalar Siddxartxaning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuboradi. U yer yuzida yashovchi jonzotlarning muqarrar azob chekishini bilib oladi. Endi uning xayolini hayotning mohiyati, mazmuni, mashaqqatlari haqidagi fikrlar egallab, u bu hayot behuda degan xulosaga keladi va bir kuni hech kimga bildirmay saroyni tashlab ketadi. Siddxartxa Gautama bu dunyo lazzatlaridan voz kechib, o‘zining tarkidunyochilik hayotini boshlaydi. U odamlarni hayot azob-uqubatlaridan qutqarish yo‘llarini izlab, 7 yil davomida mavjud muqaddas kitoblarni o‘rganadi. Siddxartxa Gautama o‘qigan muqaddas kitoblari asosida mushohada yuritib, nihoyat najot yo‘lini topadi va bu yo‘lni “hayot haqiqati” deb ataydi. Saroyni tashlab ketgan vaqtda Siddxartxa Gautama 29 yoshda bo‘ladi. U beshta rohib bilan shahar hamda qishloqlarni kezib “hayot haqiqati” yo‘lining mohiyatini targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi. Siddxartxa Gautama o‘z ta’limotining asosiy qoidalarini “To‘rt oliy haqiqat” degan nom bilan bayon etadi. U Hindistonda birinchi monaxlik jamoasini tashkil etadi. Bu jamoa yangi din buddaviylik ta’limotini targ‘ib etishda juda katta rol o‘ynaydi.
Siddxartxa o‘z ta’limotini yaratish jarayonida avval rohiblar bilan targ‘ibot olib borishga harakat qiladi. Keyinchalik bu yo‘l uni o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad, ya’ni insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish sari olib bormasligini bilib, u rohiblar jamoasidan ajraladi. Siddxartxa Gautama birmuncha vaqt changalzor o‘rmonlarda kezib yuradi, horib charchaganidan so‘ng bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi. Siddxartxa Gautama to haqiqatni topmagunicha bu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Siddxartxa Gautamaning ushbu o‘tirishi 49 kunida uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi va uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko‘radi, hech bir joyda osudalik yo‘q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketaveradi va sodir bo‘layotgan voqealarni inson aqli idrok qila olmaydi. Trishna – yashash, mavjud bo‘lish umidi barchaning tinchini buzib, halok qiladi va yana qayta yaratadi. Oliy haqiqatni bilgan Budda nimaga qarshi kurashish kerakligini anglaydi. Mana shu vaqtdan boshlab u Budda – ya’ni nurlangan deb, u tagida o‘tirgan daraxt esa – nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshlanadi. Budda 40 yil mobaynida Hindistonning turli joylarida bo‘lib, odamlarga o‘z g‘oyalarini yetkazadi, singdiradi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o‘tadi. Uning jasadi, hind udumiga ko‘ra, kuydirilib, xoki 8 ta buddaviy jamoalariga bo‘lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona (stupa) barpo etadi. Buddaviylik ta’limotida Buddaning ko‘p yillar davomida yer yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida 550 marta qayta tug‘ilishi e’tirof etiladi. Bu qayta tug‘ilishlar davomida Budda 84 marta ruhoniy, 58 marta shoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil, bundan tashqari baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofalarida qayta tug‘ilgan deb hisoblanadi. SHu bilan birgalikda diniy ta’limotda Budda keyingi qayta tug‘ilishini qaerda, qanday qiyofada bo‘lishini o‘zi belgilaganligi aytib o‘tiladi. Buddaviylik ta’limotida so‘nggi marta Buddani xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganliklari ko‘rsatiladi. Buddaviylikka tegishli afsonalarga ko‘ra, yer yuzida Gautamagacha 6 ta budda o‘tgan bo‘lib, shuning uchun buddaviylik tarqalgan hududlardagi muqaddas joylarda 7 ta ibodatxona barpo etilgani, 7 ta Bodxa daraxti o‘tqazilgani aytiladi.
Buddaviylik ta’limoti qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan bo‘lib, u o‘ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bo‘lgan diniy tizimni tashkil etadi. Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlarni ishlab chiqmaydi, balki har bir inson tug‘ilish va o‘lim mashaqqatlaridan qutulishi uchun amal qilishi lozim bo‘lgan bir necha ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi. Uning ta’limoti insonning xayolida, ishlarida va o‘zini tutishida samimiy oliyjanoblik g‘oyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoraladi, varna(kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi. Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildirgan. Uning fikricha, engmuhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir.
Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob-uqubat» va «najot yo‘li mavjud» degan g‘oyalar yotadi. Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib, tug‘iladi, o‘zini-o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk da’vatida ta’birlangan to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan.

Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling