Reja: Qadimgi Hindiston dinlari haqida


Download 21.3 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1143843
1   2   3
Bog'liq
refara4

1. Birinchi haqiqat – «azob-uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday dunyoviy hayot – qiynoq, azob-uqubatdir. Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, har qanday narsa yoki hodisa u xoh moddiy, xoh ma’naviy bo‘lsin, dharma (element)lardan tashkil topgan. Ular, o‘z xususiyatiga ko‘ra harakatsiz bo‘lib, dharmalarni qo‘zg‘atuvchi kuch insonning xayol va so‘zlaridir. Ob’yektiv haqiqat bu doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi dharmalar oqimidir. Harakatdagi dharmalar o‘z mavjudligining besh shakli – tana, sezgi, his-tuyg‘u, harakat, anglashni yaratadi. Mazkur besh shakl insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi, borliq bilan aloqada bo‘ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Besh elementning o‘zaro mavjudligi insonning o‘limi bilan barham topadi. Insonni tashkil qiluvchi besh shakl (skandx) o‘z navbatida qayta tug‘iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo‘luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va me’yor. Bu jarayon «hayot g‘ildiragi»ni tashkil qiladi. «Hayot g‘ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo‘ladi.
2. Ikkinchi haqiqat – «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi hamda doimo ularga ega bo‘lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karmahozirlaydi. Demak, qayta tug‘ilish, qaytadan qiynoqlarga duchor bo‘lish davom etadi. Ko‘pchilik buddaviylarning fikricha, Buddadan keyin hech kim nirvanaholatiga erisha olmagan.
3. Uchinchi haqiqat – «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki yomon niyatlardan, intilishlardan butunlay uzilish nirvana holatiga olib boradi. Bu holatda inson qayta tug‘ilishdan to‘xtaydi. Buddaviylarning fikricha, nirvanaholati «hayot g‘ildiragidan» tashqariga chiqish, «men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg‘ularini to‘la tugatishdir.
4. To‘rtinchi haqiqat – «qiynoqlardan qutulish yo‘li mavjuddir». Bu yo‘l sakkizta narsaga amal qilish, to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri harakat qilish, to‘g‘ri muomalada bo‘lish, fikrni to‘g‘ri jamlashdir. Bu yo‘ldan borgan inson Budda yo‘lini tutadi.
Buddaviylik ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat bo‘lib, bular axloq, meditatsiya va donolikdan iboratdir.
Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling