Reja: Qadimgi Hindiston dinlari haqida


Download 21.3 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1143843
  1   2   3
Bog'liq
refara4


Mavzu: Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar
Reja:

  1. Qadimgi Hindiston dinlari haqida

  2. Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar vujudga kelishi

  3. Buddaviylikning asosiy yo’nalishlari

Buddaviylik mil. av. VI – V asrlarda Hindistonda vujudga kelib, bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan jahon dinlari ichida buddaviylik xristianlik va islom dinidan keyingi o‘rinni egallaydi. Buddaviylikka 500 mln. inson e’tiqod qilib, ular jahondagi 86 mamlakatda yashaydilar. Buddaviylikka e’tiqod qiluvchilardan 1millionga yaqinini rohiblar tashkil etadi.


Buddaviylik bundan salkam 2600 yil avval shimoli-sharqiy Hindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab diniy manbalar va diniy yo‘nalishlar vujudga kelgan. 1956 yilda buddaviylikning 2500 yilligi nishonlangan. Buddaviylik turli milliy va diniy an’analar bilan kelishuvchanligi sababli ko‘p millatlar tomonidan keng qabul qilinib, u hayotning barcha sohalariga, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayot sohalariga kirib bordi. Buddaviylikni din va falsafa, mafkura va madaniyat qoidalari to‘plami deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda buddaviylik diniga e’tiqod qilib kelayotgan Sharq mamlakatlaridagi ushbu diniy ta’limotni o‘rganish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatni tushunishning asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Buddaviylik bu mamlakatlarda turmush tarzi, urf-odat va an’analar hamda oilaviy munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.
Buddaviylik ta’limotining asoschisi hind shahzodasi Siddxartxa Gautama bo‘lib, u vafot etganidan so‘ng Budda, ya’ni “nurlangan”, “oliy haqiqatga erishgan”, “haqiqat najotkori” deb nomlangan. Buddaviylik adabiyotlarida buddaviylik dinining asoschisi Siddxartxa Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan nomlangan. Bu ismlardan har biri o‘zining ma’nosiga ega bo‘lib, Siddxartxa – shaxsiy ism, Gautama – urug‘ nomi, Shakyamuni – «Shakya qabilasidan chiqqan donishmand», Budda – «nurlangan», Tadxagata – «shunday qilib, shunday ketgan», Djina – «g‘olib», Bxagavan – «tantana qiluvchi», degan ma’nolarni bildiradi. Ular ichida eng mashhuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddaviylik degan nom berilgan.
Buddaviylik bu najot dini bo‘lib, Siddxartxa Gautama yashagan davrda Hindistonda kastachilik tartibi nihoyatda kuchli edi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo‘lgan. Ana shunday sharoitda jamiyat hayotida buddaviylik dini paydo bo‘lib, u o‘zining najot haqidagi ta’limotini ilgari surgan. Siddxartxa Gautama va uning shogirdlari yangi dinning ta’limoti mazmunini hammaga tushunarli qilib bayon etganlar. Buddaviylik Braxmanizmdan ajralib chiqib, o‘zining diniy najot yo‘lini taklif qilgan. Buddaning ta’lim berishicha, har qanday borliq, barcha ko‘rinish va shakllardagi har qanday borliq, barcha ko‘rinish va shakllardagi har qanday hayot – barcha mavjudotga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob uqubatlarning sababi – insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga – qayta tug‘ilish dunyosi (sansara)ga bog‘langanligi, ko‘ngil qo‘yganligidir. Har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob uqubatni chuqurlashtiradi, yanada dahshatliroq tarzda qayta tug‘ilishga olib keladi. “Borliq girdobi”dan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, turmush ko‘ngilxushliklariga, lazzatlariga, hokimiyatga, boylikka intilishdan voz kechish lozim, yerdagi barcha hodisalarning beqaror va o‘tkinchi ekanligini fahmlamoq darkor. Faqat shundagina “najot topish yo‘liga” kirish mumkin. Najotning o‘zi esa sansaradan nirvanaga, yo‘qlikka o‘tishdan iborat. Ilk Buddaviylikda bunday najotga faqat zohid yoki monaxgina umid qilishi mumkin edi. Oddiy odamlar esa, faqat yaxshiroq bo‘lib qayta tug‘ilishni umid qilishi, buning uchun esa u monaxlarga mo‘l-ko‘l xayr-sadaqa berishi hamda 5 ta axloqiy talab (pancha-shila)ga amal qilishi kerak edi. Buddaviylik qadimiy hind dinidan qayta tug‘ilish zanjiri g‘oyasini o‘zlashtirib olgan. Bir qayta tug‘ilishdan ikkinchi qayta tug‘ilishga o‘tish yo‘li insonni azob-uqubatga mahkum qiladi, faqat nirvanaga erishgandan so‘nggina inson undan qutiladi. Inson vositachisiz, o‘z kuchi bilan, sahovatli hayoti bilan donishmandlikning to‘rt bosqichini o‘tib (arxat bo‘lib) qayta tug‘ilish zanjirini uzib tashlaydi va nirvanaga qarab ketadi.
Buddaviylik ta’limotining asosiy mazmuni – barcha jonli narsalarga (falsafada - santana) muhabbat bilan qarashni targ‘ib qilish va aql farmoniga qat’iy bo‘ysunishdir. Bilimlar xudojo‘ylikka xizmat qilish uchun zarur bo‘lib, ular azob-uqubatdan qutilishga yordam beradi.
Buddaviylik dini o‘ziga e’tiqod qiluvchi dindorlardan og‘ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosimlarni bajarishni talab etmaganligi uchun ham qulay edi.

Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling